Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari Mundarija: I bob. Respublika aholisining kelib chiqishi va aholi sonining o’sishi hamda joylanishi


Download 380.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi380.66 Kb.
#1471731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari

O’zbekistonda aholi migratsiyasi 
 
(kishi) 
1-jadval 
T/R 
 
2017y 
2018y 

Ko’chib kelganlar soni
157149 
160103 

Ko’chib ketganlar soni
175748 
174832 

Migratsiya 
qoldig’i(saldosi) 
-18599 
-14729 
Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 
asosida tuzilgan. 
Yuqoridagi 
jadval 
ma’lumotlaridan 
ma’lumki 
2017-2018yillarda
respublikamizda migratsiya saldosi manfiy ko’rsatkichni tashkil etgan. Ya’ni 
ko’chib ketganlar soni ko’chib kelganlar sonidan ko’p hisoblanadi.
O’zbekiston ko’p millatli mamlakat, bu yerda 100 dan ortiq teng xuquqli 
millat va elat vakillari yashaydilar. 1989-yil aholi ruyxatiga muvofiq, o’zbeklar jami 
aholining 71,4 foizini tashkil etadi. 90-yillarda bir vaqtlar ko’chib kelgan boshqa 
millat vakillarining reemigratsiya qilishi tufayli o’zbeklarning ulushi ko’paymoqda.
 
 


16 
1.4.Aholining milliy tarkibi. 
 Mamlakatimizning barcha hududlari ko’p millatli. Nisbatan sanoatlashgan 
viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat vakillari ham ko’p 
(Toshkent, Navoiy viloyatlari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Zarafshon, 
Farg’ona va boshqa shaharlar). Shu bilan birga, Xorazm viloyati aholisi asosan bir 
millatli - 97,5 foiz aholi o’zbeklardan iborat. O’zbeklarning hissasi Toshkent shahri 
va viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida kamroq.
O’zbekistonda 662 ming qoraqalpoq millatiga mansub kishilar yashaydi 
Ularning aksariyati (94,2 %) Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan. 
Mamlakatimizda qadimdan tojiklar ham juda ko’p (1,5 mln ga yaqin) yashab kelgan. 
Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Namangan va Farg’ona 
viloyatlarida yashaydi. Tojiklar, shuningdek, qisman Toshkent, Buxoro, 
Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar ko’proq Qoraqalpog’istonda 
hamda Navoiy va Toshkent viloyatlarida, qirg’izlar Jizzax Farg’ona va Andijon 
viloyatlarida, turkmanlar – Surxondaryo va Qashqadaryo,Qoraqalpog’istonda 
istiqomat qiladi. Bulardan tashqari, respublikamizda ukrain, tatar, koreys, boshqird, 
arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko’pchiligi shahar 
joylarida istiqomat qiladi. 
Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda; shaharliklar orasida ayollar 
ko’proq (50,2 foiz), qishloqlarda esa jinslar o’rtasidagi farq deyarli sezilmaydi. 
O’zbekistonda tug’ilish nisbatan yuqoriligi sababli aholi tarkibida yoshlar ulushi 
katta. Respublika aholisining taxminan 16 foizini 8 yoshgacha bo’lgan bolalar 
tashkil etadi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy siyosatida sog’lom, barkamol avlod 
tarbiyasiga, yoshlarga katta ahamiyat berilmokda. 

Download 380.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling