Mavzu: Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi ish faoliyati tarixi Reja


Download 147.88 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1536857
Bog'liq
Dilshodbek


Mavzu: Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi  ish faoliyati tarixi
Reja:

  1. Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi tarixi

  2. Yurtboshimizning bu soha bo’yicha kiritgan islohatlari

  3. Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasining 50 yilligi haqida

  4. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining 1-qurultoyi


Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi — respublikada bastakor, kompozitor va musiqashunoslarni birlashtiruvchi ijodiy jamoat tashkiloti. 1938-yil Oʻzbekiston kompozitorlar uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan, birinchi raisi T.Sodiqov. 1995-yildan hozirgi nomda. Asosiy vazifalari: Oʻzbekiston musiqa sanʼatini keng koʻlamda boyitish va yuksaltirish, milliy musiqa anʼanalarini asrabavaylash, uyushma aʼzolarining kasbiy, ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning ijodiy shartsharoitlari, professional mahoratining oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ijodini respublika va xorijiy davlatlarda targʻib etish. Oliy rahbar organi — qurultoy, qurultoylar orasidagi davrda — Kengash (1995-yildan Kengash raisi R. Abdullayev). Uyushmada 110 aʼzo bor, 7 shoʻʼba (anʼanaviy ijodkorlik, estrada va harbiy musiqa, simfonik musiqa, kamer musiqa, sahna musiqasi, bolalar musiqasi, musiqashunoslik) faoliyat koʻrsatadi (2005).

Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasiu. Oʻzbekiston musiqa madaniyatini rivojlantirish jarayonida faol qatnashib, respublikada oʻtkaziladigan koʻpgina musiqa festivali, tanlov, anjumanlar tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri: "Oʻrta Osiyo va Qo’ zogʻiston simfonik musiqa festivali" (1960—80 yillar), "Oʻzbekiston — Vatanim manim" qoʻshiq tanlovi (1997-yildan), "Xalqaro simfonik musiqa festivali" (1998-yildan), "Davr sadolari" musiqa festivali (2003-yildan), Nazira Ahmedova nomidagi xonandalar tanlovi va boshqalar Uyushma rahnamoligi va ishtirokida turli konsert, atoqli bastakor va kompozitorlarning yubiley kechalari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda, maxsus radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar tayyorlanmoqda, Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga bagʻishlangan monografiya va toʻplamlar nashrdan chiqarilmoqda.
Yurtboshimiz takidlaganlaridek Xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Mana shunday muhim vazifani ado etish borasida O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatida zamon talablaridan orqada qolish, ijodiy sustkashlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda. Uyushmaning moliyaviy ahvoli va moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq muammolar ham uning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Boy musiqa merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy tashkilot va jamoalar, kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar, yosh ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning iste’dod va mahoratini ro‘yobga chiqarish, zarur moddiy va ma’naviy yordam berish, soha vakillari o‘rtasida samarali ijodiy muhit tashkil etish bo‘yicha ko‘pgina muhim vazifalar o‘z yechimini kutmoqda.
Yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni hal qilish hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faollar kengashining O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasini O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi sifatida qayta tashkil qilish haqidagi qarori ma’qullansin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda — Uyushma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin:
xalqimizning estetik talab va ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda, zamonaviy ruhdagi badiiy yuksak asarlar yaratish, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlar rivojiga alohida e’tibor qaratish;
yosh kompozitorlar, bastakorlar va musiqashunoslar, barcha ijrochilarning ijod bilan samarali shug‘ullanishlari uchun imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish;
mamlakatimizning madaniy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda musiqa san’ati sohasida ijod qilayotgan barcha ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, musiqiy ta’lim-tarbiya sohasini takomillashtirish, mumtoz va zamonaviy musiqa san’atini targ‘ib qilish jarayonlarida faol ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, turli ijodiy tanlovlar o‘tkazish, bastakorlar ijodini rag‘batlantirishga qaratilgan konsertlar, festivallar, ijodiy kechalar va boshqa madaniy-ma’rifiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
xalqaro madaniy va musiqiy hamkorlik doirasini kengaytirish, yosh kompozitor, bastakor va musiqashunoslarni zamon talablari darajasida tayyorlash, chet davlatlardagi taniqli kompozitorlar va musiqashunoslar bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida soha vakillari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Nizom talablari asosida Uyushma a’zolari safini yosh iste’dodli kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslar bilan to‘ldirib borish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. Uyushma va uning hududiy bo‘limlarining faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Fond deb yuritiladi) mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Bu borada Uyushma va uning hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Fondga ajratiladigan budjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma hududiy bo‘limlarining aniq manzillar bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uyushma a’zosi bo‘lgan faol kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
7. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Do‘stlar klubi”ga rahbarlik qilish yuzasidan bildirgan tashabbusi ma’qullansin. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 69-uyda joylashgan Uyushma binosini ta’mirlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha atoqli namoyandalarining elektron arxivini va maxsus fonoteka, ovoz yozish studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini tashkil etishda homiylik yordami ko‘rsatish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
8. Uyushma o‘z faoliyatini takomillashtirish maqsadida dunyodagi rivojlangan davlatlarning musiqa san’ati sohasidagi ijodiy uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb etish choralari belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Uyushma tavsiyasi bilan uning faol a’zolarini xorij davlatlariga malaka va tajriba almashish uchun Fond hisobidan xizmat safarlariga yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining tashkil topganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan 1988 yilning 27 noyabridan 8 dekabrigacha yubiley Plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum konsertlari va ijodiy uchrashuvlar haqiqiy musiqa bayramiga aylanib ketdi. Plenum ishini tugallash arafasida 24 - 26 ioyabr kunlari dunyodan ko‘z yumgan kompozitorlar va musiqashunoslarga bag‘ishlangan «Xotira kechalari» o‘tkazildi va qabrlari ziyorat qilindi. Marhum kompozitorlarning musiqiy asarlari uchta konsert dasturida jarangladi. N. Zokirovning «Gamlet» S. YUdakovning «Maysaraning ishi» operalari, R. Abdullaevniig «Quyoshga ta’zim» balet - oratoriyasi M. Ashrafiyning «Sevgi tumori» baleti, U. Musaevning «To‘maris» hamda Samarqand opera va balet teatrida D. Qodirovaning «Sayyora» baleti,
M. Bafoevning «Prometey» musiqali dramasi, E. Solihovning «Xo‘ja Nasriddin» operettasi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
SHuni aytib o‘tish joizki, XX asrning 60 – 70 – 80 - yillarida O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tashabbusi bilan Toshkentda har yili O‘rta Osiyo va Qozogiston kompozitorlarining asarlaridan «Simfonik musiqa festivali» o‘tkazildi. Mazkur festivalni o‘tkazishda O‘zbekiston xalq artisti, professor dirijyor Z.Haqnazarov rahbarligidagi simfonik orkestrning faoliyati muhim ro’l o‘ynadi.
«Musiqa fondi» jangovar shtabga aylandi. Ayrim sanьatkorlar qo‘llariga qurol olib jang maydonlariga otlandilar, qolganlari esa adabiyot va sanьatning rivojlanish jarayonida faol mehnat va ijod qildilar. Bastakor va kompozitorlar, shoir va dramaturglar bilan hamkorlikda musiqaning barcha shakl va janrlarida ijod qilib, yangi - yangi musiqiy va saxna asarlar yaratdilar. Bu jarayonda, yukorida tilga olingan hay’at a’zolari bilan birgalikda K. Jabborov, F. Sodiqov, S. Kalonov, N. Xasanov, P. Raximov, M. Niyozov, Nishonov, M. Salimov, O. Toshmatov (Orif garmon), K. Mansurov, M. Murtazaev, A. Allaberganov kabi bastakorlar, 1941 yilniing iyunь oyida Toshkent davlat konservatoriyasining ilk bitiruvchilari I. Akbarov, B. Gienko, V. Meyen, I. Hamzin (urushda xalok bo‘lgan) hamda konservatoriya pedagoglaridan G. Mushelь, B. Nadejdin, YAn Pekker va yukori kurs kompozitor - talabalari urush mavzusiga bagishlangan asarlar yarata boshlashdi. Bu ijodiy jarayonga Moskva va Leningrad, shuningdek, Belorusiyadan vaqtincha ko‘chib kelgan taniqli kompozitorlardan B. Arapov, S. Vasilenko, V. Voloshinov, L. Revutskiy, O. CHishko, YU. Tyulin, M. SHteynberg, N. Boguslavskiy, G. Taranov va Leningrad konservatoriyasining professor, pedagog va talabalari ham qo‘shildilar. Sobiq ittifoq hukumati qaroriga asosan 1939 yili «Kompozitorlar uyushmasi» va «Musiqa fondi» ta’sis komiteti tashkil etilgan edi. Hay’at raisi vazifasiga atoqli kompozitor va musiqashunos, akademik Boris Vladimirovich Asafьev (adabiy taxallusi Igor’ Glebov (1884 - 1949) tayinlandi. Uyushmaning birinchi tashkiliy qurultoyini o‘tkazish 1941 yil noyabr oyiga belgilandi. Mazkur tashkilot tarkibiga boshqa respublikalar uyushmalari qatori O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi ham kiritildi va «O‘zbekiston musiqa fondi bo‘limi» tashkil topdi.ssinsadze – direktor, Kolesnichenko bosh hisobchi etib tayinlandilar. 1941 yil 22 iyunida boshlangan Ikkinchi Jahon urushi mazkur ijodiy uyushma qurul-toylarini o‘tkazishga imkoniyat bermadi. Urush yillari O‘zbekistoi kompozitorlar uyushmasi va uning «Musiqa fondi» jangovar shtabga aylandi. Ayrim sanьatkorlar qo‘llariga qurol olib jang maydonlariga otlandilar, qolganlari esa adabiyot va sanьatning rivojlanish jarayonida faol mehnat va ijod qildilar. Bastakor va kompozitorlar, shoir va dramaturglar bilan hamkorlikda musiqaning barcha shakl va janrlarida ijod qilib, yangi - yangi musiqiy va saxna asarlar yaratdilar. Bu jarayonda, yukorida tilga olingan hay’at a’zolari bilan birgalikda K. Jabborov, F. Sodiqov, S. Kalonov, N. Xasanov, P. Raximov, M. Niyozov, Nishonov, M. Salimov, O. Toshmatov (Orif garmon), K. Mansurov, M. Murtazaev, A. Allaberganov kabi bastakorlar, 1941 yilniing iyunь oyida Toshkent davlat konservatoriyasining ilk bitiruvchilari I. Akbarov, B. Gienko, V. Meyen, I. Hamzin (urushda xalok bo‘lgan) hamda konservatoriya pedagoglaridan G. Mushelь, B. Nadejdin, YAn Pekker va yukori kurs kompozitor - talabalari urush mavzusiga bagishlangan asarlar yarata boshlashdi. Bu ijodiy jarayonga Moskva va Leningrad, shuningdek, Belorusiyadan vaqtincha ko‘chib kelgan taniqli kompozitorlardan B. Arapov, S. Vasilenko, V. Voloshinov, L. Revutskiy, O. CHishko, YU. Tyulin, M. SHteynberg, N. Boguslavskiy, G. Taranov va Leningrad konservatoriyasining professor, pedagog va talabalari ham qo‘shildilar.

1948 yil 11 - 14 oktyabrda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining 1 qurultoyi bo‘ldi. T. Sodiqov hisobot ma’ruzasida respublikamiz musiqa madaniyatining rivojlanishidagi yutuq va muammolariga to‘xtab o‘tdi. Qurultoy dasturida kompozitorlarning musiqali spektakllari, turli janrlarda yaratilgan musiqali asarlari yangradi. Qurultoyda uyushmaning hay’at aьzolari, rais lavozimiga kompozitor Sobir Boboev, rais o‘rinbosari lavozimiga B. Gienko, taftish komissiyasi a’zolari va uning raisi etib I. Akbarov, «O‘zbekiston musiqa fondi» hay’at a’zolari, uning raisi etib V. Meyen saylandi. Direktor vazifasiga R. Gisin tasdiqlandi.



SHuni aytib o‘tish joizki, 1945 - 59 yillarda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga konservatoriyani bitirgan 27 nafar yosh kompozitorlardan quyidagilar qabul qilindi: I. Hamroev, G. Kodirov, G. Sobitov, Pak Endin, I. Akbarov, G. Zubatov, V. Knyazev, X. Izomov, D. Zokirov, S. Boboev, D. Soatkulov, S. Abramova, A. Berlin, X. Raximov, S. Varelas, A. Muhamedov, V. Zudov, F. Nazarov, O. Salimov, YU. Nikolaev, A. Malaxov, F. YAnov - YAnovskiy; Konservatoriyani bitirgan 54 nafar yosh musiqashunoslardan I. Dulgarova, YU. Kon, K. Alimbaeva, F. Karomatov, M. Kovbas, A. Asinovskaya, T. Solomonova, T. Adambaeva, T. Golovyans, T. Jumaev, M. Axmedov va N.YAnov-YAnovskayalar qabul qilindi.
Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling