Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy, uslubiy va meyoriy asoslari. Reja: Kirish
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va elementlarining zarurligi
Download 46.54 Kb.
|
Mavzu O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil
4. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda buxgalteriya usullari va elementlarining zarurligi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyatini kuzatish, boshqarish hamda nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqalar) hamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilarga yetkazib berish bilan band boʻlgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi. Buxgalteriya hisobi oʻz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z usullari asosida oldidagi vazifalarni toʻla-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni oʻz ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida oʻrganiladi. Buxgalteriya hisobi iqtisodiyotdagi har bir korxona, tashkilot, muassasa, uyushmalarda yuritilib, ularning xo'jalik faoliyatini toʻliq yoritib beradi. Jamladan, butun iqtisodiyot bo‘yicha ma'lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan va 2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonuniga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma'lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikkiyoqlama yozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma'lumotlari haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va toʻgʻri hisob ma'lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. Buxgalteriya hisobining usullari haqida bilib olishdan avval, uning predmeti nima ekanligiga to’xtalib o’tishimiz darkor. Buxgalteriya hisobining predmeti - korxonani xo'jalik mablagʻlari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xoʻjalik jarayonlari natijasida oʻzgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda toʻliq, aniq, toʻgʻri aks ettirib borishdir. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablagʻlar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi. Usul (yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma'noni bildiradi: - ayrim voqealarni bilish oʻrganish usuli; - alohida usul, harakat usuli yoki koʻrinishi. Birinchi tushuncha kengroq ma'noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos boʻlgan usullarni quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin(2-jadval): 2-jadval Buxgalteriya hisobi usullari va ularning elementlari
Download 46.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling