Mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi* Reja


YAIMni daromadlar usulida hisoblash


Download 52.57 Kb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi52.57 Kb.
#1287593
1   2   3   4
Bog'liq
Makroiqtisodiy tahlil

YAIMni daromadlar usulida hisoblash. Daromad nuqtai nazaridan YAIM ish bilan bandlikdan daromadlar va barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning-rezidentlarning daromadlaridan tashkil topadi va quyidagilarga bo’linadi:
– faqat uy xo’jaliklariga tarqatilishi mumkin bo’lgan yollanma mehnat evaziga olinadigan daromadlar;
– milliy iqtisodiyotning barcha sektorlariga ta’luqli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va mulkdan olinadigan daromadlar.
Har bir shaxs daromadlarni barcha manbalar hisobidan olishi mumkin. Shu sababli yuqorida qayd etilgan ikki agregat ikki ijtimoiy sinfga ajratishni nazarda tutmaydi. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar tadbirkorlarning daromadlariga tenglashtirilishi mumkin emas.
Ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan kimni ishlga yollagan bo’lsalar, o’shalarga to’lanadi. Ushbu moddaga, shuningdek tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy sug’urta va xususiy pensiya, meditsina hizmati va yordami, ishsizlik va boshqa fondlarga to’lanadigan badallar ham kiradi. Qayd qilingan ish haqiga qo’shimchalar tadbirkorlarni ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarining bir qismi bo’lgani sababli, firmalarning ish haqini to’lash bo’yicha xarajatlari elementi bo’lib hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda yollanma mehnat bilan shug’ullanuvchilar ulushi muntazam kamayib bormoqda.
Foyda tushunchasi, haqiqatda mulkdan daromad (nokorporativ tadbirkorlikdan daromad) va korporatsiyalar foydasiga bo’linadi. Birinchi holatda gap, individual mulk xisoblangan korxonalar hamda ularning sheriklari va kooperativlarning sof foydasi, to’g’risida ketadi.
Korporatsiyalarning foydalari uch xil usulda foydalanilishi mumkin:
– davlat tomonidan korporatsiyalarning foydasiga soliq ko’rinishida;
– aktsionerlarning dividendlari ko’rinishida;
– yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni chegirgandan so’ng qolgan barcha summa – korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi ko’rinishida.
YAIM tarkibida ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foydadan tashqari yana mablag’larni ikki turda taqsimlanishi, ya’ni daromadlarni to’lash bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ham mavjud: asosiy kapital iste’moli uchun ajratmalar va ishlab chiqarishga bilvosita soliqlar.
Asosiy kapital iste’moli umuman olganda, hisobot davrida ishlab chiqaruvchida mavjud bo’lgan asosiy kapital joriy qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi hisobiga qisqarishini anglatadi.
Bunga harbiy harakatlar yoki favqulotda holatlar natijasida vayron bo’lgan asosiy kapital kiritilmaydi.
Ijara haqi deganda kapital, tovardan foydalanuvchi tomonidan uning egasiga qisqa muddatli ijara yoki shunga o’xshash ma’lum vaqt davomida shartnoma asosida ishlab chiqarish jarayonida foydalanish huquqi uchun to’lanadigan summa tushuniladi. Ijara haqi nafaqat ushbu davrda tovar qiymati kamayishini, ya’ni asosiy kapital iste’molini, qoplashi, shu bilan birga ushbu davr boshidagi asosiy kapital uchun belgilangan foiz to’lovlari va boshqa kapital egasining xarajatlarini qoplashi zarur.
Daromad to’lash bilan bog’liq bo’lmagan yana bir xarajat turi davlat tomonidan soliq undirilishi bilan bog’liq bo’lgan – biznes uchun bilvosita soliqlar hisoblanadi. Firma va korporatsiyalar uchun ular xarajat bo’lib hisoblanadi va shu sababli ular mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, mulk solig’i, litsenzion to’lovlar va bojxona poshlinalari.
Norezidentlar tomonidan bizning mamlakatda yaratilgan omil daromadlari bizning mamlakat YAIMga qo’shiladi, lekin YAMDga qo’shilmaydi. Omil daromadlariga ish haqi, foyda, dividend, foizlar va boshqalar kiradi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI I. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 1.Mirziyoev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O’zbekiston nashriyoti, 2021. 464 b. 2.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. –T.: “O’zbekiston”. – 2017.– 102 b. II. Normativ-huquqiy hujjatlar 3.O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 11 avgustdagi “Rasmiy statistika to’g’risida”gi O’RQ-707 qonuni. 4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–4796-sonli qarori. 5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710-sonli qarori. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupstiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-son Qonuni. 7. O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupstiyaga qarshi konvenstiyasiga O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida”gi O’RQ-158-sonli Qonuni. 8.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o’rnini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4210-sonli qarori. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ–4273-sonli qarori. 10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 avgustdagi "O’zbekiston Respublikasida milliy hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish to’g’risida”gi 691-sonli qarori. 11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi “2019- 2030 yillar davrida O’zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o’tish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-4477-sonli Qarori. III. Maxsus adabiyotlar 12. Davlat statistika qo’mitaning 2021 yil 16-dekabrdagi 56-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovar va xizmatlar resurslari va ishlatilishi jadvallarini tuzish bo’yicha uslubiy nizom”. 13. Yalpi ichki mahsulotni yakuniy iste’mol usulida hisoblash uslubiyoti (DSQ 30.11.2020 y. № 44-son qarori). 9 14. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash uslubiyoti (DSQ 30.04.21 y. № 15-son qarori). 15. Qoraboyev A.R., G‘oyibnazarov B.K., Rashitova N.X. Milliy hisoblar tizimi. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. – 384 b. 16. “Konsteptualnie osnovi makroekonomicheskoy statistiki strani”. Sbornik nauchnix statey Goskomstata Respubliki Uzbekistan pod obshey redakstiey B.A. Begalova.-T., 2018. 17. Ableeva A.M. Sistema nastionalnix schetov i ekonomicheskie balansi: uchebnoe posobie. – Ufa, 2012. – 158 s. 18. Bulatov A.S. Ekonomika: uchebnik. Sistema nastionalnix schetov i ee pokazateli.- M.:Ekonomika, 2013. – 256 s. 19. Sistema nastionalnix schetov - 2008. Evropeyskie soobщestva, Mejdunarodniy valyutniy fond, Organizastiya ekonomicheskogo sotrudnichestva i razvitiya, Organizastiya Ob’edinennix Nastiy i Vsemirniy bank, 2009 g. 20. Siddiqov A.J. Sopostavitelniy analiz konechnogo sprosa i konechnogo predlojeniya v ekonomike Uzbekistana Elektronniy jurnal, “Ekonomika” № 2. 2018 https://e-journal.uz. 21. G’oyibnazarov B.K. Milliy hisoblar tizimi - o’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2007. – 98 bet. 22. Soatov N. Statistika. –T:. Abu Ali Ibn Sino, 2003. 23. Sharaev Yu.V. Teoriya ekonomicheskogo rosta. -M.: Izdatelskiy dom GU VShE, 2006. 24. Milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlarning tizimli tahlili. B.Begalov umumiy tahriri ostida. Monografiya, 2018. 25. Chepel S.V. Sistemniy podxod k razrabotke strategii dolgosrochnogo razvitiya nastionalnoy ekonomiki: akstent na resursosberejenie i innovastii. Jurnal Rinok Dengi Kredit, №5, Tashkent, 2018. 26. Siddikov A.J. The problem of balancing of aggregate demand and aggregate supply. Malaga University 2007, p.40-44. Internet saytlar 27. www.stat.uz 28. www.instat.uz 29. www.my.gov.uz. 30. www.gov.uz 31. www.norma.uz 32. www.pravo.eup.ru

** Statistics for Managers: Using Microsoft Excel, Seventh Edition David M. Levine, David F. Stephan, Kathryn A., Szabat, 2013 757 р.(15-67p)

Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling