Mavzu: O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining manbashunoslik va tarixshunoslikka qo'shgan xissasi Reja: O`zmu tarixi O`zmu tarix fakulteti Tarixshunoslik
Download 1 Mb.
|
O\'zMU haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent Davlat universiteti (1960 – 2000)
O'rta Osiyo Davlat universiteti
(1923 – 1960) Universitetda tahsil oluvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilm-fan olamida bo'layotgan yangilikdan ularni xabardor qilish maqsadida universitet kutubxonasi yildan yilga yangi o'quv darsliklari bilan boyitib borildi. 1924 yili universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga yetdi. Ularning aksariyati nodir qo'lyozma asarlardan iborat edi. 1940 yilga kelib, kutubxona 376 ming kitob fondiga ega bo'ldi. 1928 yilda fizika fakultetining ilmiy xodimi B.P.Grabovskiy tomonidan dunyoda birinchi bo'lib televizion uzatish moslamasi ("telefot ") yaratildi. 1971 yilda bu kashfiyot YuNESKO tomonidan tasdiqlanib, O'zbekiston televideniya vatani sifatida e'tirof etildi. 1939-1940 yillar davomida universitetda xalq xo'jaligining matematika, mexanika, tuproqshunoslik, geografiya, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tarix, organik va kolloid kimyo, analitik kimyo, vinochilik, yog'lar texnologiyasi kabi sohalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlandi. Ikkinchi jahon urushi mamlakatimiz uchun alohida sinov yillari bo'ldi. Urushning dastlabki kunlaridanoq universitet olimlari va talabalaridan bir qanchasi ko'ngillilar qatorida jangga otlandi. Universitetdagi o'quv-uslubiy va ilmiy faoliyat urush yillarining talablari bo'yicha qayta tashkil etildi. Birinchi navbatda, mamlakat mudofaasi uchun muhim bo'lgan sohalarga e'tibor qaratildi. Besh yillik o'quv tizimi harbiy holatni hisobga olgan holda uch yillik qilib belgilandi, dastur va darsliklar shu asosda qayta ishlab chiqildi. 1943 yilning noyabrida O'zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi munosabati bilan universitet olimlaridan T.A.Sarimsoqov, V.I.Romanovskiy, A.S.Uklonskiy va boshqa professorlar O'zRFA haqiqiy a'zosi, professorlar E.P.Korovin va I.P.Sukervaniklar asa muxbir a'zo etib saylandilar. Toshkent Davlat universiteti (1960 – 2000) 1960 yili O'rta Osiyo Davlat universiteti nomi Toshkent Davlat universiteti deb o'zgartirildi. XX asrning 60-yillarida eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan biriga aylangan Toshkent Davlat universiteti O'zbekiston yoki O'rta Osiyo uchungina emas, balki barcha rivojlanayotgan Sharq mamlakatlari uchun ham kadrlar yetishtirib beruvchi fan va ta'lim markaziga aylandi. 1967 yilda talabalar shaharchasi tashkil etilib, universitetning Kimyo va Fizika fakultetlari, 1970 yildan esa 12 qavatli ma'muriy va 5 qavatli asosiy o'quv binolari ishga tushdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 20dan ortiq mamlakatlaridan kelgan mingdan ortiq talaba uchun tayyorlov fakulteti ish boshladi. Universitetda ko'plab fan sohalari bo'yicha ilmiy yo'nalishlar rivojlandi. Mavjud ilmiy maktablar faoliyati yanada kengaydi. 1967 yildan ToshDU sobiq ittifoqdagi 25 yetakchi oliy o'quv yurtidan biriga aylandi. 1995 yil 14 sentyabrda ta'lim tizimi rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi, kadrlar tayyorlashdagi ulkan yutuqlari, mamlakat jamoatchiligi hamda universitet olimlarining istaklari e'tiborga olinib, Toshkent Davlat universitetiga Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulug'bek nomi berildi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling