Mavzu: O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining manbashunoslik va tarixshunoslikka qo'shgan xissasi Reja: O`zmu tarixi O`zmu tarix fakulteti Tarixshunoslik
Download 1 Mb.
|
O\'zMU haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Milliy Universiteti tarixi Turkiston Musulmon xalq universiteti (1918 – 1919)
- Turkiston Davlat universiteti (1919 – 1923)
Mavzu: O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining manbashunoslik va tarixshunoslikka qo'shgan xissasi Reja:
O`zMU tarixi O`zMU tarix fakulteti Tarixshunoslik va Manbashunoslikka qo’shgan hissasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar O`zbekiston Milliy Universiteti tarixi Turkiston Musulmon xalq universiteti (1918 – 1919) O'zbekiston Milliy universitetining tamal toshi 1918 yil 9 aprelda quyilgan. Shu kuni Turkiston musulmon xalk dorulfununining tashkiliy hay'ati tuzulib, bir oy davomida 9 marotaba yig'ilish o'tkazilgan va 1918 yil 3 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor) etib saylangan. Turkiston Musulmon xalq dorulfununi rasman ochilgan 1918 yil 12 may yangi zamonaviy ta'lim tizimiga asos solingan tarixiy sana bo'lib qoldi. Universitetning tabiiy-matematika, qishloq xo'jaligi, texnika, ijtimoiy iqtisod, adabiyot va falsafa fakultetlariga qisqa muddatda 299 o'qituvchi jalb etilgan. Ular orasida o'nlab taniqli shoir va adiblar, jadid maktablari uchun yozilgan darsliklarning mualliflari, shuningdek, 20 ga yaqin turli fan sohalarining yetakchi vakillari bor edi. Jumladan, Fitrat ona tilidan, Abdulla Avloniy adabiyot, Munavvarqori axloq, Kamol Shamsi matematika, Burhon Habib siyosiy tarix fanlaridan dars bergan. 1918 yil 31 maydan universitet nashri bo'lgan «Xalk dorulfununi» gazetasi chop etila boshladi. Shu yilning o'zida universitet tarkibida Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston xalq muzeyi, konservatoriya, Sharq instituti shakllandi. Turkiston musulmon xalk dorulfununi Turkiston hukumatining 1919 yil dekabrdagi qarori bilan Turkiston Davlat universiteti (TDU) maqomiga ega bo'ldi va yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ydi. Turkiston Davlat universiteti (1919 – 1923) 1920 yildan Turkiston Davlat universitetida oltita (tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy-iqtisod, texnika tarix-filologiya va ishchi) fakultet faoliyat yurita boshladi. Universitet talabalari soni 2671 nafarga yetdi, ular orasida 24 millat vakillari bor edi. 1920 yilning 19 fevral kuni o'nlab yetakchi professor-uqituvchilar, ularning oilalari, o'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar ortilgan eshelon Moskvadan Toshkentga yo'l olgan. 1921 yilda universitet tarixida birinchi bor tibbiyot sohasi bo'yicha 12 nafar mutaxassis tayyorlandi. 1923 yildan yana to'rt - qishloq xo'jaligi, melioratsiya muhandisligi, mahalliy xo'jalik va huquq fakultetlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Shu yili universitetni 79 kishi: 25 vrach, 14 agronom, 8 muhandis va 32 huquqshunos bitirib chiqdi. Ularning ko'pchiligi keyinchalik fan olamida yirik olim va mutaxassis sifatida tanildi. Pedagogika fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan Respublika Maorif Xalq komissarligi qoshidagi Timiryazev nomidagi xalqmaorifi instituti universitet tarkibiga kiritildi. 1923 yil 17 iyulda Turkiston Davlat universitetiga O'rta Osiyo Davlat universiteti maqomi berildi. 1923 yilning noyabridan "O'rta Osiyo Davlat dorulfununi axbori» («Бюллетень Средне-Азиатского государственного университета») chop etila boshladi. Turli mavzudagi ilmiy tadqiqotlar chop etiladigan ushbu nashr, tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. 1925 yilda «O'rta Osiyo davlat dorulfununi axbori" chet ellardagi 278 ta, 1929 yilda esa 438ta oliy maktab va ilmiy markazlarga jo'natilgani buning isbotidir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling