Mavzu: O`zbekiston mustaqilligi va ma`naviy-axloqiy tarbiya
Vatanparvarlik tarbiyasini mazmuni, maqzadi va inson tarbiyasidagi ahamiyati
Download 356 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu O`zbekiston mustaqilligi va ma`naviy-axloqiy tarbiya
Vatanparvarlik tarbiyasini mazmuni, maqzadi va inson tarbiyasidagi ahamiyati.
Vatanparvarlik – deganda avvalo, ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va ravnaqi uchun g’amho’rlik qilish tushuniladi. Vatanparvarlik jamiyatimizdagi barcha kishilarni millat elatlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligi hammamizga ma’lum.”Vatan” – arabcha so’zdan olingan bo’lib, “Ona yurt” degan ma’noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan, avlod va ajdodlari tug’ilgan joyi, ijtimoiy muhiti va inson, uning hayoti va ma’naviy tushunchalarni anglatadi. Vatanparvarlik4 – deganda Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ma’naviy – axloqiy fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik – ota – bobolarimizdan meros qolgan zaminni sevish, yurtning o’tmishi va kelajagi, xalq urf-odatlarini, kuy-qo’shiqlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish demakdir. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish oila, bog’cha, maktabdan boshlanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ona mehri, ota ibrati, ustozlar na’munasi orqali amalga oshadi. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar qalbi va ongiga singdirishda adabiyot, tasviriy san’at, tarix, musiqa madaniyati fanlarining ahamiyati katta, chunki musiqa insonni tarbiyalash vositasidir. O’quvchilarni Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalashni bog’cha maktabdan boshlash lozim. Chunki bolalar musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan ozuqa ozuqa oladilar. Radio, telvideniya, kino,mumtoz filmlar, musiqiy mashg’ulotlar orqali olinadigan musiqiy axborotlar bolalar uquvini xalq musiqasi va turli-tuman shakldagi musiqa sadolari bilan boyitib boradi. Musiqa madaniyati darslarining asosiy vazifasi yosh avlodni axloqan pok, vijdonli vatanparvar, barkamol inson qilib voyaga yetkazishdan iborat. Musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni ona vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchga ongli munosabatda bo’lish haqida kuy va qo’shiqlarni o’rganadilar. “Vatan osmondan boshlanadi” deb bejizga aytishmagan hadisi sharifda. Bolalar ulg’aygan sari ularni vatan haqida tasavvuri ham kengayib boradi. Shunday ekan, biz musiqa darslarida Vatan haqida qo’shiqlarni xalq musiqalaridan boshlab o’rgatib borishimiz maqsadga muofiqdir. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchi, tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Olib borilayotgan islohatlarning vazifasi Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlodning orzu-istaklariga monand ta’lim tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri hal etishga qaratilgan. Barkamol avlodni tarbiyalash g’oyat nozik san’at bo’lib, unga juda jiddiy yondashish kerak. Yosh avlodni dunyo qarashini shakllantirishda milliy istiqlol mafkurasidan foydalanish maqsadga muofiqdir. Negaki, milliy mafkuraning bosh negizi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillaridan biridir. Farzandlarimizni tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta’lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o’quvchilarda barcha qobilyatni o’sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Ilg’or g’oyalarni davrimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o’g’il va qizlarda g’oyaviy e’tiqodni ma’naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo’lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta’sir ko’rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilar musiqa madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishadilar.Vatanparvarlik tarbiyasining dolzarbligi xalqaro vaziyatning hafsizligi, uning mudofo quvvati, qurolli kuchlarni mustahkamligi, milliy birdamlik, ahllik,hamdardlik kabi ma’naviy omillar bilan belgilanadi. Batanparvarlik deganda, ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi uchun g’amxo’rlik qilish tushuniladi.Vatanparvarlik jamiyatimizdagi barcha insonlarni, millat va elatlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligi hammamizga ma’lum. Vatanparvarlik deganda – Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shish, milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish demakdir. “Vatan” arabcha so’zdan olingan bo’lib, “Ona yurt” degan ma’noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan, ajdodlarimiz tug’ilib o’sgan joyga hurmat, yurt tinchligini asrash va unga xizmat qilish kabi fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilarimiz ongida tarkib toptirish, oila, bog’cha, maktabdan boshlanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, onalar mehri, otalar ibrati, ustozlar namunasi orqali amalga oshiriladi.Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar ongi va qalbiga singdirishda adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, tarix fanlarining ahamiyati katta, chunki, musiqa tarbiyasi vositasida, o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qo’shiqlar va turli-tuman mazmundagi musiqa sadolari bilan amalga oshiriladi. Aql-idrokni o’sib borishi bilan Vatan tuyg’usi kundalik odatdan iymon, e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikni e’tiqodga aylanishi, har bir inson qalbiga ichki ma’naviyatining ifodasini belgilab beradi. Milliy Vatanparvarlik deganda esa biz o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat , axloqiy ma’naviy qadriyatlar yig’indisini tushunamiz. Umumiy ta’lim maktablarida vatanparvarlik tarbiyasi, musiqa ta’limining asosini tashkil etadi. Garchi, musiqa madaniyati fani dasturida o’zbek xalq musiqasi ma’lum tartibda berilgan bo’lsada, har bir ohang mazmunida milliy musiqa vatan haqida kuy va qo’shiqlar tavsiya etiladi. Shunday ekan biz musiqa darslarida Vatan haqida qo’shiqlarni xalq musiqalaridan boshlab o’rgatishimiz lozim. yuksak Uning to’la va to’g’ri shakllanishi musiqa madaniyati darslarida va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda, yuksak na’munalarni ko’rsatish(ya’ni musiqiy asarlarni tinglash, Vatan haqidagi qo’shiqlarni kuylash, tarixiy obidalarni ziyorat qilish) orqali Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantiradi. Vatanparvarlik tuyg’ularini o’quvchilarimiz ongiga singdirish avvalombor oiladan boshlanadi. Bu nihoyatda katta mehnat talab qiluvchi murakkab vazifadir Barcha ota-onalar, bog’cha opalar, maktab o’qituvchilarini hozirgi kunda asosiy vazifalaridan biri, bolalarda Vatanga sadoqat, fidoiylik kabi fazilatlarni adabiyot, musiqa, tasviriy san’at orqali kamol toptirishdir. Musiqa o’qituvchini o’quvchilarni yoshi, sinfi, ovoz diapazoni qiziqishiga qarab, Vatan haqida qo’shiqlarni tinglash uchun asarlar bilan birga, ya’ni pedagogika o’qitish masalalariga ko’plab milliy vahaqida kuy amaliy g’oyalar texnologiyalar, treninglar, turli o’yinlar, ko’rgazmali qurollar, musiqa cholg’u asboblari, tarqatma materiallar yordamida o’quvchilarga yetkazishdir.O’qituvchi musiqa madaniyati darslarida, o’quvchilarga qo’shiq o’rgatish bilan birga, Vatanga muhabbat, uning yutuqlaridan fahrlanish, uning ravnaqi yo’lida halol mehnat qilish, fidoiy, sadoqatli bo’lish kerakligini o’rgatadi.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqa darslarida qo’shiq kuylash bilan birga, sinf va maktab ichida va atrofida mehnat qilish, kompazitor, shoirlar bilan uchrashuvlar o’tkazish, tadbirlarda qatnashib maktab sha’nini himoya qilish, “O’zbekiston Vatanim manim”, “Ilhom chashmalari” “San’at g’unchalari”, “Kelajak ovozi” kabi tanlovlarda qatnashib, maktab obro’sini ko’tarish, Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalaydi. Dars mazmunini esa, hayot bilan bog’lash, musiqa tassurotlarini va tajribalarini boyitib boorish asosida Vatanga muhabbat tuyg’usini tobora shakllantirib boorish, Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, poklik, axloq-odob haqida musiqiy asarlarni o’rgatish. Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta’lim metodikasiga bevosita bog’liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo’lib o’zining mustaqil o’rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o’rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan uzviy bog’liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilarning kuylash holatidagi muammolarni hal qilishda metodika fiziologiya tadqiqotlariga taniladi. Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san’ati hamda madaniyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega. Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san’atini takomillashib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarga ega, bu prinsiplar o’quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgandir. Musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o’quvchilarga musiqiy tajribalarni to’plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi uyg’unlashish ko’payishi orqali tinglanadigan asarni to’g’ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O’quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O’quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko’pgina omillarga bog’liq ekanligini e’tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta’siri ostidagina shakllanmaydi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O’rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq musiqa madaniyati fani to’rtta tarkibiy qismdan iborat”. Musiqa tinglash. Jamoa bo’lib kuylash. Musiqa savodi Musiqa ijodkorligi Albatta har bir darsda bu tarkibiy qismlar bir biri bilan bog’langan ravishda o’tiladi va ular har darsda turli variantlarda o’rin almashib kelishi mumkin. Darsning maqsadi esa o’z navbatida beshta yo’nalishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaviy maqsadi Ilmiy maqsadi Bilimlarni rivojlantiruvchi maqsad Kasbga yo’naltiruvchi maqsad Milliy mafkura g’oyalarni singdirish maqsadi Bu maqsadlar ham albatta bir-biri bilan bog’langan holda amalga oshiriladi. Dars mavzusi maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi har bir jarayonida o’quvchilar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini muntazam ravishda singdirib borishi lozim. Buni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’zining keng dunyo qarashi pedagogik-psixologik bilimi darsga ijodiy yondashish notiqlik qobiliyati va kasbiy mahorotidan unumli foydalangan holda har biri zarur bo’ladi. Bu esa o’qituvchining hozirgi davrda dunyoda sodir bo’layotgan voqealar, ichki va tashqi siyosat siyosiy-ijtimoiy vaziyatni tinmay o’rganib, tahlil qilib, turishni va bilimlarni darsda o’quvchilarni yoshiga mos ravishda tushuntira olishi talab qilinadi. Hozirgi kunda koplab bastakorlarimiz va shoirlarimiz tomonidan zamon bilan hamnafas bo’lgan vatanparvarlik ruhida muhim tarbiyaviy estetik ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqlar yaratilayapti va bu jarayon hukumatimiz tomonidan munosib rag’batlantirilayapti. Musiqa madaniyati faning boshqa aniq fanlardan farqli tomoni shundaki u doimo zamon bilan hatto an’anaviy bayram va milliy qadriyatlarimiz bilan hamohang holda olib borishni o’qituvchidan uzluksiz ijodiy faoliyatni talab etadi. O’qituvchi har bir darsda o’quvchilarga “ Endi esa milliy istiqlol mafkurasi haqida gaplashamiz “-deb 5-6 minut ma’ruza o’qishi kerak emas, aksincha u har bir dars mavzusidan albatta ijodiy foydalanib, dars mavzusining mazmunidan kelib chiqqan holda asta-sekinlik bilan milliy istiqlol gaplarini o’quvchilarga singdirib borishi maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Download 356 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling