Birinchi Prezident Islom Karimovning oila va oila tarbiyasi haqida. - Muxtaram Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir nomli asarida shunday deydi: ,,Odamzod dunyoda juda ko’p kasbu hunarning egasi bo’lishi mumkin. Quruvchi, dehqon, bog’bon, shoir, olim bo’lib nom qozonish, mol – mulk orttirish mumkin. Lekin, Alloh taolo insonga ato etgan eng katta boylik, eng ulug’ burch borki, uni dunyodagi hech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Bu farzand ko’rib, ota bo’lish, ona bo’lish baxtidir. Bu faqatgina baxtu saodat emas, balki yaratganning oldida, elu yurt oldida juda katta mas’uliyat ham demakdir. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota – onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir.
ISLOM KARIMOVNING “O‘ZBEKISTONDA ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHNING MILLIY MODELI SOG‘LOM ONA – SOG‘LOM BOLA MAVZUIDAGI XALQARO SIMPOZIUMDA SO`ZLAGAN NUTQI - Umume’tirof etilgan shior – «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» tamoyili mohiyatiga ko‘ra, aholini jipslashtiruvchi va safarbar etuvchi murojaat bo‘lib, davlat hamda jamiyat darajasiga ko‘tarilgan ustuvor vazifaga aylandi.
- Albatta, odamlar salomatligini muhofaza qilishning butun tizimini chuqur isloh etish va modernizatsiya qilish asosidagina oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish mumkinligini teran anglab yetganmiz.
Mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratildi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor. - Mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratildi, deyish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
- Birinchidan, eng yuqori talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan viloyat shifoxonalari va ularning shahar hamda tumanlardagi bo‘limlari, tez tibbiy yordam xizmatlaridan iborat aholiga bepul, yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutlaqo yangi va noyob yagona tizim shakllantirildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ularga rahbarlik va faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |