Milliy valyuta tizimining elementlaridan yana biri – bu mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligi hisoblanadi. - Milliy valyuta tizimining elementlaridan yana biri – bu mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligi hisoblanadi.
- Xalqaro valyuta fondining metodikasi bo‘yicha, har bir mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligini aniqlash uchun oltin – valyuta zaxiralari bir yillik tovar importi summasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Agar ushbu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etsa va undan yuqori bo‘lsa, u holda, ushbu mamlakat xalqaro valyutaviy likvidli hisoblanadi.
- Oltin-valyuta zaxiralarining harakati muomaladagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimi uchun element darajasiga ko‘tarila olmaydi. CHunki, oltin – valyuta zaxiralarining harakati bevosita xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Mamlakatning rezidentlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan foydalanish, odatda, taqiqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasiga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish man etiladi.
Tashqi savdoning erkinlashtirilishi jarayonida eksport qilinishi uchun litsenziya talab etiladigan tovarlar soni 1991 yildagi 176 tadan 1993 yilda shuning yarmidan ortiqroq kamaydi. Bu tadbir hukumat qabul qilgan boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, 1993 yilda tashqi savdo aylanishi hajmlarining 1992 yildagiga nisbatan ko’payishiga olib keldi, ammo valyuta bozorini zarur darajada kengaytirish uchun savdo ko’lamlarini yanada oshirish vazifasi turar edi. - Tashqi savdoning erkinlashtirilishi jarayonida eksport qilinishi uchun litsenziya talab etiladigan tovarlar soni 1991 yildagi 176 tadan 1993 yilda shuning yarmidan ortiqroq kamaydi. Bu tadbir hukumat qabul qilgan boshqa chora-tadbirlar bilan bir qatorda, 1993 yilda tashqi savdo aylanishi hajmlarining 1992 yildagiga nisbatan ko’payishiga olib keldi, ammo valyuta bozorini zarur darajada kengaytirish uchun savdo ko’lamlarini yanada oshirish vazifasi turar edi.
- Ushbu 1991-1993 yillardagi yangi sharoitda iqtisodiyotning barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun samarali fiskal va monetar siyosatni ishlab chiqish, yuritish va uni amalga oshirish, bozor infrastrukturasi to’plamini shakllantirish va ayniqsa, milliy valyutani muomalaga kiritish muqobili bo’lmagan zaruratga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |