Mavzu: O’zbekiston Respublikasida pul islohotlari reja


Pulning funksiyalari va ularga tavsif


Download 56.69 Kb.
bet4/17
Sana15.02.2023
Hajmi56.69 Kb.
#1201663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
M

1.3. Pulning funksiyalari va ularga tavsif.


Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud:
Evropa maktabi.
Amerika maktabi.
Evropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan:
Qiymat o‘lchovi funksiyasi. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo‘lgan pulda o‘lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan qog‘oz va kredit pullari bu funksiyani bajarmoqda.
Qog‘oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo‘lgan kupyuralar AQSH G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo‘q. Bu vazifani AQSH G‘aznachiligi bajaradi.
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi.
O‘zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi.
Muomala vositasi funksiyasi. Bunda tovar-pul yoki pul-tovar operatsiyasi bir vaqtning o‘zida yuz beradi, ya’ni tovarlar nasiyaga sotilmaydi.
To‘lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to‘lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to‘lovlar ham pulning to‘lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to‘lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to‘lovlarini to‘laydilar.
Jamg‘arish vositasi funksiyasi. Bunda naqd va naqd bo‘lmagan pullar jamg‘ariladi. Aholi, korxonalar o‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli yoki jamg‘arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo‘lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ham to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi.
Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog‘liq va ular birbirini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog‘liqligi va birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi.
“Pul-kredit va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur fan “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi uchun 2- kurs bakalavr talabalari uchun 3- 4 va 5 semestrlarda, “Buxgalteriya hisobi va audit” (soliq yo‘nalishi bo‘yicha) 4-5-semestrda va boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 – semestrda o‘qitiladi.Fanning o‘qitishdan maqsad talabalarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rni, nazariy asoslarini, jamiyat hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va boshqalardan iborat. Shuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va uning jamiyat taraqqiyotidaga o‘rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, maqsadi va vazifalarini o‘rgatishdan iborat.
Mazkur fan pulning xarid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini barqarorligiga ta’siri, inflyasiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni chuqurroq o‘rganishdan iborat. Shuning uchun “Pul, kredit va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog‘liq.
Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
– haqiqiy pullar;
– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shakl-da metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash uchun yo‘naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan.
Ushbu jarayonni bir ishlab chiqaruvchidan boshqa ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni shakllanishi deb hisoblanadi. Buning natijasida turli tovarlarning shakli, sifati, ehtiyojni qondirishligiga asosan ularning qiymatini aniqlashlik, ya’ni moslilik talab etila boshladi.
Natural xo‘jalik sharoitida doimiy ravishda ortikcha mahsulot ishlab chiqarish yuzaga chika boshladi. Bunda qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli yuzaga chikadi. CHunki ishlab chiqarishni xali rivojlanmaganligi sababli tovar ayirboshlash cheklangan. Bunda faqat ikki holat hisobga olinadi: ishlab chiqaruvchi va haridorlarni manfaatlarini o‘zaro mos kelishi va ayirboshlayotgan tovarlarning qiymatini to‘g‘ri kelishi:
Bitta 1qo‘y = bir qop bug‘doy
yoki bo‘lmasa:
Bir qop bug‘doy = bitta bolta.
Albatta bu holatda eng avvalo ishlab chiqaruvchi va haridorning manfaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy o‘rinni egallagan. Masalan, qo‘y egasiga bir qop bug‘doy kerak. Lekin bug‘doy egasiga qo‘y kerak emas, unga bitta bolta kerak. Bu erda tovar ayirboshlash yuzaga chiqmaydi. Qo‘y egasi agarda bolta egasi manfaatiga mos kelsa, u holda u o‘z qo‘yini bitta boltaga ayirboshlaydi. Shundan so‘ng u boltani olib boradi va bir qop bug‘doyga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotda juda qiziq holat aks ettirilgan. Afrika qabilasi a’zolaridan biri o‘z ehtiyojini kondirish maqsadida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 28 ta ishlab chiqaruvchiga borishga majbur bo‘lgan.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dexqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayoninig yana rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o‘za’ro muloqatda bo‘lib, tovarning egasi o‘z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan.
K.Mark pulni - bu tovarlarning tovari deb ifodalagan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mexnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mexnat ijtimoiy mexnat sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent xisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsada, tovar xo‘jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u pul bo‘lib qoladi. YUqoridalarga asoslangan holda pulning moxiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mexnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, (boshqa xoxlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mexnat va boshqa xarajatlarini o‘zida ifoda qilishi; to‘rtinchidan, pulning xar bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o‘zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog‘oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o‘zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo‘lib, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Tijorat veksellarning oddiy va o‘tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo‘lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi.
YAna veksellarning o‘rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.

Download 56.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling