Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1453455
1   2   3   4
Bog'liq
8 sinflar uchun huquq fanidan huquqi

Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida taqsimlanadi.

  1. Sudning mustaqilligi.

Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga bo‘ysunadi.

  1. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi.

Davlat inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak;

  1. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat.

Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va ularga rioya qilishda namoyon boladi.

  1. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanadi.
DAVLATNNI TURLARI

  1. Etatik;

  2. Huquqiy davlat.

  3. Oraliq turi

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 32- modda
1. Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasi davlatning qanday turigaxos deb o‘ylaysiz?
2. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari huquqiy davlatning qaysi xususiyatlariga mos keladi?
Etatik davlatda:

  1. qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;

  2. davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat’iy cheklab qo‘yadi;

  3. davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi;

  4. davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi.

Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo‘la oladi.
Davlatning uchinchi oraliq turi ham mavjud bo‘lib, u ushbu ikkala davtat xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu davlatlarning ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga. Ba’zilari esa huquqiy davlatga yaqin tursalarda, ayrim jihatlari bilan farqlanadilar.
Etatik davlatlarga totalitar va avtoritar davlat tizimiga ega bo‘lgan davlatlar, huquqiy davlatlarga esa faqat taraqqiy topgan va rivojlanishning yuksak darajasiga yetgan davlatlar kiradi

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling