Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Download 344.85 Kb.
|
Zaydillayeva Shahnozaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olinishi mumkin. (15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. (15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2764, 17.02.2016-y.), “Ekspert kengashi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2443, 25.03.2013-y.), “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2793, 03.06.2016-y.). 16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Ushbu qaror bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlangan. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim] Download 344.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling