Mavzu:’’ O’zbekiston’’ she’rini yodlash
Download 4.29 Mb.
|
Sentabr
Sentabr: O’zbekiston mening vatanim Mavzu:’’ O’zbekiston’’ she’rini yodlash Maqsad: Bolajonlarni vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish. Jihozlar: Mavzu asosida suratlar. Faoliyatning borishi: 1.Rasmlarni tomosha qilish 2.’’O’zbekiston mening vatanim’’ mavzusida suhbat. 3.Bolalarning o’zaro suhbati 4.She’rni yod olish 5.Intelektual o’yin ‘’Men jurnalistman’’ Qo’shimcha: O’zbekiston haritasida O’zbekiston viloyatlari qayerda joylashganligi va chegaradosh davlatlarni ularga ko’rsatish. Alohida e’tiborga molik jihati: Bolalar nutq boyligini oshirish uni vatanga bo’lgan mehr muhabbatini shakllantirish. Sentyabr: O’zbekiston mening vatanim. Mavzu: ‘’Mustaqil O’zbekiston’’ mavzusida suhbat. Maqsad;Bolalarga mustaqillik ma’nosini tushuntirish va mustaqillik qadriga yetishga o’rgatish. Jihozlar: AKT 1.Mustaqil O’zbekiston’’ mavzusida suhbat. 2.AKTbilan tanishish va mavzu yuzasidan savol –javoblar. 3.O’zlari yashab turgan vatan ko’cha mahallalari haqida suhbat . 4.Bollalarning fikrlarini tinglash va tahlil qilish. 5.Ona vatan haqida maqollar yod olish. Qo’shimcha: Vatan tuyg’usini shakllantirish . E’tiborga molik jihati: Bolajonlar ko’rganlarini tahlil qilish. Sentyabr: O’zbekiston mening vatanim. Mavzu: ‘’Mustaqillik ‘’ she’rini yod olish. Maqsad: Bolajonlar O’zbekistonda nishonlanadigan bayramlari, mustaqillik bayramini qachon nishonlanishi bayram arafasidagi o’zgarishlarni biladilar. Jihozlar: Mustaqillik tasvirlangan suratlar. Faoliyatning boorish: 1.’’Mustaqil o’zbekiston’’ mavzusidagi suratlarni tomosha qilish 2.Ko’rgan rasmlar bo’yicha tushuncha berish va hikoya tuzish. 3. Hikoyalarini do’stlariga so’zlab berish. 4.She’rni yod olish. Qo’shimcha; MTT hududida joylashgan mahallaga ekskursiya uyushtirish. Etiborga molik jihati; sherni ifodali aytib berish. Sentyabr: O’zbekiston mening vatanim Mavzu: ‘’Keys’’texnologiyasi ‘’ ‘’Foto yordamida keys’’ Maqsad:Bola o’z fikrini himoya qilishni o’rganadilar. Tahlil qila olish Qobilyati o’sadi. Jihozlar;Mavzuga mos suratlar . Faoliyatning borishi:Keys metodi haqida tushuncha berish. 2. Suratlar bilan tanishtirish . 3. Suratlar asosida savol-javoblar 4. Muammoni yechimini topishga harakat qiladilar. Qo’shimcha :tezkor fikrlashni o’rganadilar. Etiborga molik jihati; Bolajonlarni dunyo qarashini kengaytirish. Oktabr:’’ oltin kuz’’ Mavzu:’’Kuzdan kelgan xat’’ Maqsad .Kuzning belgilari, kuzda tabiatning ob-havo o’zgarishini biladilar, lugat boyligini oshiradilar. Jihoz: Yomg’ir, mevalar tasvirlagan suratlar. Faoliyatning borishi: Ertakni oqib berish. Bolajonlarga ertakni qayta qilishga taklif qilish. Ertak yuzasidan savol-javob. Qo’shimcha: Bolalar kuz haqidagi ertakni eslab qoladilar. Etiborga molik jihati: Ertakni qayta hikoya qila oladilar. Oktabr: Oltin kuz Maqsad: Bolajonlar sherni ifodali aytishni o’rganadilar. Jihozlar: Kuz tasvirlangan suratlar. Faoliyatning borishi: Rasmlar bilan tanishtirish Kuz haqida suhbat Kuz fasli bo’yicha savollar She’rni yod olish. Qo’shimcha: Kuz haqida maqollar Alohida etiborga molik jihati: Bolalarning fikrlashlari va nutqining rivojlanishi. Oktyabr: Oltin kuz Mavzu: ‘’Bo’rining non yopmoqchi bulganligi haqida ertak’’ Maqsad: Bolalar non haqida biladilar. Nonni isrof qilmaslik uni tayyorlanish mashaqqatlari haqida biladilar. Jihozlar: Turli non mahsulotlari. Faoliyatning borishi: Non qanday paydo boladi? AKT Non tayyorlash mashaqqati haqida suhbat Ertakni hikoya qilib berish. Bolajonlardan qayta hikoya qilishni taklif qilish. Qo’shimcha: Non tayyorlash jarayoni. E’tiborga molik jihati: nonni isrof qilmaslikni o’rganadilar. Oktyabr: Oltin kuz. Mavzu: ‘’Paxta’’ she’ri Maqsad: Bolalar paxta O’zbekiston boyligi va uni asrab avaylashni o’rganadilar. Jihozlar: Paxta. Faoliyatning borishi; Paxta bilan tanishtirish Paxtani qanday yetishtirish haqida videorolik. ‘’Paxta’’ sherini yodlash AKT mavzusida savol javoblar Qo’shimcha; Paxtadan nimalar olinishi haqida Etiborga molik jihati: Tassavur va idrokning rivojlanishi va sozlarining to’g’ri talaffuzi. Noyabr: Transport. Yo’l harakati qoidalari.Hayot havfsizligi asoslari. Mavzu:’’Mening sevimli mashinam’’ mavzusida suhbat. Maqsad: Bolalar turli hil transportlarni farqlashga va ularni vazifalari haqida tushunchaga ega boladilar. Jihozlar: Turli transportlar surati. Faoliyatning borishi: Turli hil transport turlari illyustratsiyalarini kuzatish. Transport turlarini farqlash. ‘’mening sevimli mashinam ‘’ mavzusida suhbat. Mavzu yuzasdan savol-javoblar. Qo’shimcha: Bolajonlarga transport turiga qarab qo’shimchalar kiritishni taklif etish mumkin. Etiborga molik jihati: Mashina haqida she’r yodlatish. Noyabr: Ehtiyotkor piyoda haftaligi Mavzu: ‘’Svetafor’’ she’rini yodlash Maqsad: Bolalar svetafor vazifasi haqida biladilar, yo’l belgilarini nomlaydilar. Jihozlar: svetafor, yo’l belgilari. Faoliyatning borishi: Bolalarga svetafor vazifasi haqida ma’lumot berish. Ko’rgazmali materialllar bilan tanishtirish She’rni yod olish. Qo’shimcha: she’rni ifodali aytishga o’rgatish Etiborga molik jihat: Bolalar svetafor chiroqlariga rioya qilish va yo’l belgilariga rioya qiladilar.
Noyabr: Favqulotda vaziyatlar hizmati.
FV hizmatlari haqida suhbat FV hodimlari haqida malumot berish She’rning mazmuni asosida mahsus hizmat mashinalarining vazifasi haqida hikoya qilib berish. Bolalarni rag’batlantirish Qo’shimcha;Bolalarning hohishlariga sherni yod olish. E’tiborga molik jihat: Diqqat hotira bog’langan nuqtani rivojlantirish. Noyabr: 4 Bizning savobli ishlarimiz Mavzu: Kim bulsam ekan hikoyasi Maqsad: Bolalar ayrim kasblarni biladilar va ularning inson hayotidagi rolini tushunadilar. Kerakli jihozlar: Kasblar mavzusida suratlar. Faoliyatning borishi: Hikoyani tinglash Rasmlarni ko’rib chiqish Ota-onasini kasbi haqida so’zlab berish. Qo’shimcha: ‘’Tarbiyachi bo’l’’ didaktik o’yini. E’tiborga molik jihati: Bolalarning kasbga bo’lgan qizizishlari oshadi Dekabr 1’’ Zumrad qish’’ Konsititutsiya kuni Mavzu: ‘’Qomusimiz faxrimiz’’she’ri Maqsad: Bolalar qomusimiz haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Jihozlar: O’zbekiston gerbi, bayrog’I tasvirlangan mavzuga oid suratlar. Faoliyatning borishi: Rasmlarni ko’rib chiqish Mavzuga oid suhbat She’rni yod olish Mening burch va huquqlqrim’’ mavzusida ta’limiy o’yin Qo’shimcha:Bolalar fikrlarini bayon qiladilar. Etiborga molik jihati: Bolalarning bir-birlarini eshita olish malakalari Dekabr2 ’’Sog’ tanda sog’lom aql’’ Mavzu: Irkitvoy va kirkitvoy’’ ertagi Maqsad: Bolalar ‘’Irkitvoy va kirkitvoy’’ ertagini mustaqil so’zlab so’zlab bera oladilar. Tozalik va ozodalik haqidagi suhbatga o’z fikrlarini bildiradilar. Jihoz: Tozalik vositalari ‘’Irkitvoy va Kirkitvoy’’ multifilmi. Faoliyatning borishi: Tozalik haqida suhbat Sport sog’lom turmush garovi mavzusida suhbat Ertakni hikoya qilib berish. Ertak haqida fikrlar haqida o’rtoqlashish Qo’shimcha: ‘’Irkitvoy va kirkitvoy’’ multifilmini AKTorqali tomosha qilishni taklif qilish E’tiborga molik jihati: Nutqini ravon ravon bo’lishi. Dekabr:Ust, bosh va oyoq kiyimkiyimlar. Mavzu: ‘’Paltocha’’ hikoyasi Maqsad: Bolalar kiyim kechaklarni farqlaydilar, mavsumiy kiyimlardan qachon foydalanishni biladilar. Jihozlar: Oyoq kiyimlar, bosh kiyimlar, mavsumiy kiyimlar surati. Faoliyatning borishi: Mavsumiy kiyimlar haqida suhbat. Kiyimlarni mavsumga qarab ajratish. Hikoyani o’qib berish Bolalarni rag’batlantirish. Qo’shimcha: Lolahonni sayrga kiyintiramiz’’ Ta’limiy o’yin. E’tiborga molik jihati; Tengdoshlarini tinglash, fikrlashga qo’shimchalar kirita olish. Dekabr: Bayramona yangi yil: Mavzu:’’Yangi yil archasi” she’ri aytishni sevimli bayram taasurotlari bilan o’zaro o’rtoqlashadilar. Jihozlar: Yangi yil bayrami va archa tasvirlangan rasmlar. Faoliyatning borishi: Mavzu asosida rasmlarni ko’rib chiqish. Rasm yuzasidan suhbatlashish Sherni yod olish Bolalar lug’atini boyitish Qo’shimcha: “Uchinchisini ayt” ta’limiy o’yin E’tborga molik jihati: Bolalarning nutqiga e’tibor qaratish. Yanvar: Qishki o’yin kulgular. Mavzu: “Qish”she’ri. Maqsad: Bolalar qish faslidagi o’zgarishlar haqida biladilar.Nutqi faollashadi diqqat va hotira mustahkamlanadi. Jihozlar: qish manzarasi tasvirlangan suratlar. AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali qish manzarasini tomosha qilish. Bolalar bilan rasm asosida qish fasli haqida suhbat. Bolalar lug’atini boyitish. She’rni yod olish. Qo’shimcha: “Chiroyli uycha’’ ertagi asosida syujetli rolli o’yin tashkil etish. E’tiborga molik jihati: Diqqat bilan kuzatish hamda xulosa chiqarish malakasini shakllantirish. Yanvar: Qishki o’yin kulgular. Mavzu: “Men ham askar bulaman” she’ri Maqsad: Bolalarni vatan tuyg’usi ruhida tarbiyalash askarlar hayoti bilan tanishtirish. Jihozlar: Askarlar kiyimi, mavzu asosida suratlar,AKT. Faoliyatning borishi: Mavzu asosida suratlar tomosha qilish. AKT orqali askarlar hayoti bilan tanishish. Ko’rganlari asosida askarlar hayotidan qisqa hikoya qilib berish She’rni yod olish Qo’shimcha: Bolalarga mening qahramonim mavzusida rasm chizishni tashkil etish: E’tiborga molik jihati. Bolalar askar hayoti va ularning hizmat vazifalari haqida ma’lumotaga ega buladilar. Yanvar:Qishki o’yin kulgular. Mavzu: “Uch ajoyib kichkintoy” ertagi Maqsad: Bolajonlar shaxsiy gigeyanaga rioya qilishni ozadalik va tartibni o’rganadilar. Jihozlar: Inson gegeyenasiga oid jihozlar va suratlar. Faoliyatning borishi: Mavzu asosida ko’rgazmali rasmlarni tomosha qilish. Gegeyena vositalaridan qanday foydalanish haqida ma’lumot berish. Ertakni hikoya qilib berish. Ertakni qayta hikoya qilishni taklif etish. Qo’shimcha: Ozadalik, shahsiy gegeyana haqida AKT orqali video qo’yib berish. E’tiborga molik jihati: Bolalar shahsy gigeyenaga rioya qiladilar. Yanvar: Xushmuomalalik alifbosi. Mavzu:” G’alati ziyofat” ertagi Maqsad: bolalar sahiylik ochiqqo’llik kabi fazilatlarni egallaydilar, qizg’anchiqlik, baxillik yomon illat ekanligini biladilar. Jihozlar:Ertakka mos suratlar va atributlar Faoliyatning borishi: Ertakka mos suratlarni tomosha qilish. Qizg’ganchiqlik, baxillik yomon illat ekanligi haqida suhbat. Ertakni hikoya qilish Ertakni muhokama qilish Qo’shimcha: ertakni sahnalashtirishni taklif etish E’tiborga molik jihati: Bolalar qizg’anchilik odatini yomonligini his qiladilar, o’zini ijobiy hislatlarini namoyon qiladilar. Fevral: G’aroyib dunyo Mavzu: “Dangasa” qirg’iz xalq ertagi. Maqsad: Bolalarda ertakni tinglash orqali mehnatni qadrlash o’zidan kattalarni hurmat qilish odati shakllanadi. Jihozlar: ertak mavzusiga mos suratlar. Faoliyatnig borishi: Ertakni tinglash Ertak qahramonlari haqida bolalar fikrini tinglash Ertak asosidagi suratlarni ko’rib chiqish. Ertakni qayta hikoya qilishni taklif etish. Qo’shimcha: “Dangasa” multifilmini tomosha qilish Alohida e’tiborga molik jihati: Diqqat bilan tinglash o’z munosabatlarini bildirishga o’rgatish. Fevral: 2 Dunyo mamlakatlari. Mavzu:” Ivanushka” rus xalq ertagi Maqsad: Bolalar ertak haqidagi bilimi va ertakka bo’lgan qiziqishlari oshadi. Jihozlar: Ertak mvzusidagi suratlar. Faoliyatning borishi: Ertakni hikoya qilib berish. Ertakni qayta hikoya qilib berishni taklif etish Rus millati vaurf odalari haqida suhbat. “Bu qaysi ertakdan” rasmlar orqali viktorina Qo’shimcha: “Ivanushka” multifilmni tomosha qilish. E’tiborga molik jihati: Qo’shni mamlakatlar haqidagi bilimlar oshadi. Fevral: 3 O’zbekistoning buyuk allomalari. Mavzu: “Sher bilan durroj” Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonidan. Maqsad: Bolajonlar buyuk allomalar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar v rostgoylik yaxshi fazilat ekanligini tushunadilar. Jihozlar: buyuk siymolar va ertak qahramonlari tasvirlangan suratlar Faoliyatning borishi: Buyuk allomalar haqida ma’lumot berish. “Hayrat ul- abror” dostonidan “sher va durroj’’ni o’qib berish. Yolg’onchilik yomon odat ekanligi haqida suhbat “Xatosini top” ta’limiy o’yin. Qo’shimcha: “Sher va durroj multifilminini tomosha qilish E’tiborga molik jihati: Bolalar rostgo’ylik va yolg’onchilik odaylari haqida bilib oladilar. Fevral: 4 Kitob tarixi. Mavzu:”Kitob bilim bulog’I” mavzusida suhbat. Maqsad: Bolalar kitobni kelib chiqish tarixi bilan tanishadilar va kitobga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni o’rganadilar. Jihozlar:Kitobni kelib chiqish tarixi. AKT, turli kitoblar. Faoliyatning borishi: AKT orqali kitobni kelib chiqish tarixi bilan tanishadilar. “Kitob bilim bulog’i” mavzusida suhbat Guruhdagi kitob javonidagi kitoblarni tomosha qilish Bolalar ihtiyoriga ko’ra kitob o’qib berish. Qo’shimcha: Kitob javonidagi kitoblarni tamirlash E’tiborga molik jihati: Kitobga nisbatan ehtiyotkorlik hissi mutolaa qilish madaniyati shakllanadi. Mart: Onamning kuni. Mavzu: T. Yo’ldoshning “Ona” she’ri Maqsad: Bolalar nutqlari ravon bo’ladi, onalari haqida chiroyli fikrlar bildiradilar. Jihozlar: mavzuga mos suratlar Faoliyatning borishi: Onalar haqida suhbat Onajonlarga ta’rif beradilar She’rni yod olish She’rni ifodali aytib berish Qo’shimcha:onalarga sovg’a tayorlashni taklif etish. E’tiborga molik jihati: Onalarga, opa- singillarga mehr muhabbatlari oshadi. Mart 2 Mavsumiy o’zgarishlar. Mavzu: Kavsar Turdiyevaning “Bahor” she’ri Maqsad: Bolalar bahor fasli va undagi o’zgarishlar haqida biladilar. Jihozlar: Bahor tasvirlangan suratlar Faoliyatning borishi: Bahor fasli haqida suhbat Gullagan daraxtlarni kuzatish She’rni yod olish Mavzu asosida dostlar bilan suhbatlashish. Qo’shimcha: Mavzu yuzasidan topishmoqlar toppish E’tiborga molik jihati: Bolalarning idroki, aqliy qobilyati, tezkorligi rivojlanadi. Mart 3 Xalq manbalari navro’z bayramlari. Mavzu: “Navro’z” she’rini yod olish Maqsad: bolajonlar milly bayramlar va navro’zda pishiriladigan taomlar an’analar haqida biladilar Jihozlat: Navro’z bayrami tasvirlangan suratlar.AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali navro’z bayramini tomosha qilish. Navro’zda tayyorlanadigan taomlar va urf odatlari haqida suhbat. She’rni yod olish Suratlar asosida hikoya tuzish. Qo’shimcha: milliy o’yinlardan birini o’ynashni taklif etish: E’tiborga molik jihati: Bolalar navro’z bayrami qachon va qay tarzda nishonlanishi haqida bilimga ega bo’ladilar. Mart 4Hashorotlar Mavzu: “Chin so’z” ertagi Maqsad: Bolajonlar hashorotlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar, qayta hikoya qilish ko’nikmalari mustahkamlanadi. Jihozlar: Hashorotlar surati va mulyajlari.AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali hashorotlarni tanishtirish Ertakni o’qib berish Ertakni yuzasidan savol javob Foydali hashorotlar haqida suhbat. Qo’shimcha: “Asalari va gullar” harakatli o’yinlari E’tiborga molik jihati: Foydali va zararli hashorotlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Aprel 1 Yer sayyorasi umumiy uyimiz Mavzu: Zulfiya Mo’minovaning “Avaylayman daraxtni” she’ri Maqsad: Bahor faslining belgilari va daraxtlarning gullashi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Jihozlar: bahor fasli tasvirlangan suratlar AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali bahor fasli va undagi o’zgarishlarni tomosha qilish She’rni yod olish Daraxtlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish She’rni ifodali o’qish Qo’shimcha: bog’cha hovlisidagi gullagan gullarnu kuzatish. E’tiborga molik jihati: Bolalar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni o’rganadilar Aprel 2 Koinot sirlari Mavzu: “Quyosh va shamol” ertagi Maqsad:Bolalar koinot haqidagi bilimlarini kengaytiradilar. Quyosh sistemasi haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. Jihozlar: AKT koinotni tasvirlangan suratlar Faoliyatning borishi: AKT orqali koinotni kuzatish Ertakni o’qib berish. Quyoshning foydali va zararli tomonlarini bilish va o’zaro fikr almashish Ertakni qayta hikoya qilib berishni taklif qilish. Qo’shimcha: Kunning birinchi yarmida quyoshni kuzatish. E’toborga molik jihati: Quyosh haqida bilimga ega bo’ladilar. Aprel 3 Yer kuni Mavzu: “Yer nimaga arazladi” ertagi Maqsad: Bollar yerni asrab-avaylashni o’rganadilar, yer osti va yer usti boyliklarini o’rganadilar. Jihozlar: YER osti va yer usti boyliklari tasvirlangan suratlar AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali yer osti va yer usti boyliklarini tomosha qilish. Ertakni hikoya qilish Yer osti va yer usti boyliklarini asrab avaylah haqida suhbat. Ona yer gullab yashnashi uchun yana qanday ishlar qilish mumkinligi haqida bahs. Qo’shimcha:Bog’cha hovlisiga daraxt ekishni taklif etish. E’tiborga molik jihati: Bolalarni tomorqada ishlash malakalari shakllanadi. Aprel 4 Sayyorani asra. Mavzu: “Tabiatni asraymiz” mavzusida suhbat. Maqsad: Bolalarda tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni shakllantirish. Jihozlar: AKT, mavzuga mos suratlar. Faoliyatning borishi: “Yer bizni uyimiz va uni toza saqlashimiz kerak” mavzusida suhbat. Tabiatga buladigan hodisalar haqida suratlar. Mavzuga oid maqollar yodlash. Muhokama va rag’batlantirish. Qo’shimcha; “Chumolilar” multifilmini tomosha qilish E’tiborga molik jihati: Bolalartabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’ladilar. May 1 Asboblar va anjomlar Mavzu: “ Xotira “ she’rini yod olish. Maqsad: Bolajonlar o’tganlarni hotirlash va keksalarni qadrlash tuyg’usi shakllanadi. JIhozlar: AKT mavzu asosida tasvirlangan suratlar. Faoliyatning borishi: AKT orqali hotira maydonini tomosha qilish Keksalarni qadrlashmavzusida suhbat. She’rni yod olish. “Buvijonimga ta’rif” ta’limiy o’yin. Xotira maydoniga ekskursiya uyushtirish. E’tiborga molik jihati: keksalarni qadrlashni o’rganadilar. May 2 Mebel Milliy hunarmandchilik Mavzu: “Javon” she’rini yod olish. Maqsad: Bolalar milliy hunarmandchilik haqida va mebellarning turlari haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Jihozlar: O’yinchoq mebellar. Faoliyatning borishi; Mebellar tasvirlangan suratlarni ko’rish va qismlarini aytib berish. “Mebel o’zi nimadan tayyoladi” mavzusida suhbat. She’rni yod olish Milliy hunarmandchilik haqida suhbat. Qo’shimcha: “Sohibjamol” multifilmini tomosha qilish. E’tiborga molik jihati: Milliy hunararmandchilik haqidagi bilimlarini oshirish. May 3 Idish tovoqlar va milliy naqshlar. Mavzu: Idish tovoqlar mavzusida topishmoqlar Maqsad: Bolalarning topqirligini oshirish. Jihozlar: O’yinchoq idish tovoqlar. Faoliyatning borishi: 1.Idish tovoqlar haqida suhbat. 2.”Nima uchun” ta’limiy o’yini. 3.Topishmoqlar javobini topish. 4.Bolalarga topishmoqlar aytishni taklif etish Qo’shimcha: Men onamga yordamchi” syujetli rolli o’yinini o’ynashni taklif etish. Etiborga molik jihati: Bolalar idish tovoqlar haqida ma’lumotga ega boladilar May 4 Maishiy buyumlar bizning yordamchimiz Mavzu: “Men onamga yordamchi” she’rini yodlash . Maqsad: Bolalarni kattalarga yordamlashish tuyg’usi rivojlanadi. Maishiy texnikalar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar. Jihozlar: Maishiy tehnikalar surati, o’yinchoqlari, AKT. Faoliyatning borishi: AKT orqali maishiy texnikalarni kuzatish. “bu nima uchun kerak” ta’limiy o’yin. She’rni yod olish. Maishiy texnikalarning vazifasi haqida suhbat. Qo’shimcha: Maishiy texnikalar suratini chizishni taklif etish. E’tiborga molik jihati: Maishiy texnikalarning vazifalari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar. Download 4.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling