Mavzu: “O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri


O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining o’rta bosqichi


Download 38.18 Kb.
bet6/8
Sana10.01.2023
Hajmi38.18 Kb.
#1085963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marjonaga 2 mavzu

4. O’zbekistonda Qadimgi tosh davrining o’rta bosqichi.
O’rta paleolit. Muste. Teshiktosh g’ori. Neandertal odami. O’rta paleolit manzilgoxlari. Obiraxmat, Omonqo’ton, Takalisoy, Ijond va Uchtut tosh konlari. Qadimgi odamlarning mashg’ulotlari. Mustye madaniyati, mustye davri-ilk paleolit davrining eng so‘nggi madaniyati (mil. av. 150-40 ming yillik). 19-a.ning 60-y.larida fransuz arxeologi G.Mortilye Fransiyaning jan.-g‘arbidagi Lye-Mustye (Le Moustier) g‘oridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar neandertallar nomi bilan fanga kirgan. M.m. uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos bo‘lib, ular yog‘och yo‘nish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, o‘roq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, M.m.ning oxirida esa keskich asboblar-qirg‘ich, pichoq hamda suyak qurollar paydo bo‘lgan. Must’ye davrida odamning jismoniy qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) o‘zgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq bo‘lgan neandyertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismoniy qiyofasi o‘zgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini ta'minlaydi. Olovni saqlab qo‘yishdan uni ishqalash yo‘li bilan hosil qilishga o‘tilishi Mustye davrining muhim yutug‘idir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. M.m.da g‘or va ochiq manzilgohlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shim. bug‘usi kabi hayvonlarni ovlab, iste'mol qilishgan hamda terimchilik bilan shug‘ullangan. Mustye davri qarorgohlarida o‘choq, kuygan suyak va qabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy e'tiqodlar turila boshlaganini ko‘rsatadi. M.m. yodgorliklari Yevropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda topib tekshirilgan. O‘zbekistonda-Surxondaryo (Teshiktosh g‘ori), Samarqand (Omonqo‘ton g‘ori, Qo‘tirbuloq makoni, Zirabuloq, Xo‘jamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat g‘ori, Ko‘lbuloq makoni, Xo‘jakent makoni, Paltov), Farg‘ona vodiysi (Qal'acha makonlari, So‘x daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut) da M.m. yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.

Download 38.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling