Mavzu: Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlari Kirish
Download 179.86 Kb.
|
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yoʻnalishlari2222
Proteksionizm
Erkin savdo Proteksionizm — tarif va notarif instrumentlarni qoTlash yo‘li bilan ikki bozorni xorijiy raqobatchilardan himoya qilish davlat siyosatidir. Qaysi siyosat afzal, degan savol iqtisodchilarning doimo diqqat markazida boTib kelgan. Milliy sanoat rivojlanishiga imkon beruvchi proteksionizm afzalmi yoki milliy ishlab chiqarish ustuvorliklarini xalqaro ustuvorliklar bilan qiyosiy taqqoslash imkonini beruvchi savdo erkinligimi? Tarixning turli davrlarida tashqi savdo amaliyoti goh u tomonga, goh bu tomonga qayishib kelgan, to‘g‘ri, u hech qachan ekstremal shakllardan birontasini qabul qilmagan. XX asrning 50-60-yillarida xalqaro iqtisodiyot uchun proteksionizmdan tashqi savdoni yanada liberallashtirish tomonga qaytish xos bo‘lgan bo‘lsa, 70-yillarning boshidan teskari tamoyil ko‘zga tashlandi — mamlakatlar o‘z ichki bozorlarini tarif va notarif to‘siqlar yordamida xorijiy raqobatdan himoya qilishni boshladilar. Bu mamlakatlar bo‘yicha mamlakatimiz eksportining diversifikatsiyalashuv darajasi nisbatan yuqori bo‘lmoqda. Jumladan, 2013-yil maTumotlariga ko‘ra, faqat Xitoy (10,8 %), Turkiya (6,3 %), Eron (2,4 %), BAA (1,2 %), Fransiya (1,2 %), mamlakatlariga eksport hajmining mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1,0 %dan ko‘proqni tashkil etadi. Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasining kengayishi eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi. Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish — mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’lumki, 2009-yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan edi. Xususan: • aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 %dan ortiq boTmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish; • tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012-yilgacha uzaytirish; • banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, byudjetga to‘lanadigan toiovlarning penyasidan kechish Jumladan, birgina 2009-yil mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llabquvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qatorida tijorat banklari tomonidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 233,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi, 105,8 mlrd. so‘m miqdorida byudjet oldidagi va yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar qarzlarini to‘lash muddatlarining keyinga surilganligi, barcha turdagi energiya manbalari va asosiy kommunal xizmatlar uchun narxlar o‘sishi o‘rtacha 7,7 %, ya’ni past darajada saqlab qolinganligini ta’kidlash mumkin. Bu esa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahsulotni eksport qilish bo‘yicha yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, eksport qiluvchi korxonalarda ishlab chiqarish pasayishining oldini olish imkonini berdi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortibketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. O ‘zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, tayyorraqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi Tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta`minlash imkonini bermoqda. Bugungi kunda O`zbekiston xalqaro hamjamiyatda o`z ovoziga ega bo`lib, nufuzli xalqaro tashkilotlar a`zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatilmoqda. Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportini oshishiga, o`z navbatida uni dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilish imkoniyatini bermoqda. Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning yanvar-avgust oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 28 433,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 7 911,3 mln. AQSh dollariga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 % ga oshgan. Ushbu ko`rsatkichdan eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 46,7 %) va import hajmi esa 15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 32,8 %) yetdi. Hisobot davrida 3 507,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi. O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd etilgan. Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy dinamikasida ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda tashqi savdo aylanmasida eksportning ulushi 2,4 foizga ortgan. MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019 yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib, o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi. Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan ham joriy savdo munosabatlari rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,8 % ga yetib (18 999,6 mln. AQSh dollari) o`tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,9 % ga oshgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (388,1 mln. AQSh dollari), Afg`oniston (359,9 mln. AQSh dollari), Tojikiston (88,6 mln. AQSh dollari), Fransiya (35,4 mln. AQSh dollari) va Eron (8,6 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. Xulosa Bugungi kunda mamlakatning jahon savdosida faol ishtiroki muhim afzalliklarga ega: bu mamlakatda mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish, ilm-fan va texnikaning jahon yutuqlariga qo'shilish, qisqa vaqt ichida o'z iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish, shuningdek, aholining ehtiyojlarini to'liq va har tomonlama qondirish imkonini beradi. Dunyoning hech bir mamlakati xalqaro savdoda ishtirok etmasdan iqtisodni yaratishga muvaffaq bo'lmaydi. Sarhisob qilar ekanmiz, xalqaro savdo hajmi jadal o'sib borayotgani, unda tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortib borayotganini aytish mumkin. Geografik va tovar sifatida xalqaro savdoning tarkibi doimo o'zgarib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlarga o'z mahsulotlarini yetkazib beradigan rivojlanayotgan mamlakatlar. Katta energiya resurslari, yuqori malakali mehnat resurslari bilan ishlaydigan deyarli 150 million aholiga ega bo'lgan Rossiya, tovarlar, xizmatlar va kapital uchun katta bozor hisoblanadi. Biroq, tashqi iqtisodiy sohada ushbu salohiyatni amalga oshirish darajasi juda kichik. 1995 - yilda jahonning eksportidagi Rossiyaning ulushi 1,5% ni, importda esa 1% dan kamni tashkil etdi. Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarkibiy qismidir, chunki u mehnatni taqsimlash asosida paydo bo'lgan turli mamlakatlarning tovar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqa shaklidir. Har bir mamlakat eng katta afzalliklarga ega bo'lgan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va ishlab chiqarish foydali bo'lmagan mahsulotlarni import qilishga intiladi. Shuningdek, xalqaro savdoda turli xil iqtisodiy va siyosiy xavflar mavjud bo'lib, ular turli vaqtlarda uning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qiladigan nazariyalar paydo bo'ldi va rad etildi, muayyan sharoitlarda maqsadlarni aniqlash, afzalliklar, kamchiliklar va h. k. Xalqaro savdoni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Bu moddiy qadriyatlar, turli xizmatlar, shuningdek, milliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida tajriba almashish imkonini beradi. Tartibga solishning asosiy maqsadi bozor barqarorligi va prognoziga erishish orqali davlatlar o'rtasida jahon iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar savdo munosabatlarining tashkiliy shakllari hisoblanadi. Tashqi savdo aylanmasi qiymati bo'yicha etakchi bo'lgan asosiy hududlar paydo bo'ldi. Xalqaro savdoda mamlakatlarning roli ularning rivojlanish darajasini belgilaydi. Shunday qilib, hozirgi bosqichda rivojlangan davlatlar asosan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va katta miqdordagi xom ashyoni sotib olish hisobiga bo'ladilar. Rivojlanayotgan davlatlar tarkibida, aksincha, xom ashyo eksporti va tayyor mahsulotlar importi ustunlik qiladi. Ayni paytda tashqi savdoning eng katta hajmi Yevropada, undan keyin Osiyo (asosan Xitoy hisobiga) va Shimoliy Amerikada, boshqa mintaqalarning ulushi unchalik katta emas. Hozirgi vaqtda jahon savdo birjasida tayyor mahsulotlarning o'sish tendentsiyasi paydo bo'lmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar tarkibida tovarlarga ixtisoslashuv mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, xom ashyoni iste'mol qilish ortib bormoqda, ammo turli xil zaxiralarni yaratish orqali boshqa mahsulotlarning savdo darajasi orqada qolmoqda. So'nggi yillarda yuqori texnologiyali tovarlar almashinuvi ortib bormoqda, kimyo mahsulotlari savdosi ham jadal rivojlanmoqda. Jahon savdosiga ta'sir ko'rsatadigan eng yirik tovar bozorlari orasida mashinalar va transport uskunalari bozori, tabiy yoqilg'i bozori, shuningdek, qora va rangli metallar bozori mavjud. Zamonaviy sharoitda yarim tayyor mahsulotlar almashinuvi katta ahamiyatga ega. Vaqt o'tishi bilan global tovar bozorining tabiati o'zgarganligini xulosa qilish mumkin. Hozir dinamikada xalqaro savdoda tayyor mahsulot ulushining o'sishi kuzatilmoqda. Jahon savdosining tuzilishi, ham geografik, ham tovar o'zgaruvchan bo'lib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va o'z mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarga yetkazib beradigan rivojlanayotgan mamlakatlar. Download 179.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling