Mavzu: O’zbekiston va jahon hamjamiyati


SHAVKAT MIRZIYOYEV BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 75-SESSIYASIDA NUTQ SO‘ZLADI


Download 57.35 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi57.35 Kb.
#1050236
1   2   3
Bog'liq
xusniddin.tarix prezidetatsiya

SHAVKAT MIRZIYOYEV BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 75-SESSIYASIDA NUTQ SO‘ZLADI

  • SHAVKAT MIRZIYOYEV BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 75-SESSIYASIDA NUTQ SO‘ZLADI
  • Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.
  •  Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.

BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi.

  • BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi.
  • O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqini koronavirus pandemiyasi mavzusidan boshladi.
  • «Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi.
  • Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
  • Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
  • Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Download 57.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling