Mavzu: O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatinig rivojlanish tarixi Bajardi: Himmatov Asqar
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Taqdimot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
MAVZU: O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatinig rivojlanish tarixi Bajardi: Himmatov Asqar Reja: 1.O'zbekistonda avtomabilsozlik 2.Avtomobilning rivojlanish bosqichlari 3.Rivojlanish tarixi Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashi nalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan. Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992- yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompa niyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma Avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993- yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan . • Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jixozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy lineasi ishga tushirildi buni natijasida yangi Matiz rusumli yangi Avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korparatsiyasi bilan xamkorligda GM-Oʻzbekiston kompaniyasi tashkil etildi buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010- yilda Chevroletning eng zamonaviy Avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa Avtomobilsozlikni mustaxkam poydevori yaratildi. Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatini rivojlantirish, avtomobilsozlik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. UzAuto kelajak avlodni o‘ylagan holda, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida. Toshkentda jahon avtomobil bozorida yetakchilaridan biri BYD kompaniyasining DM-i super gibrid modellari va elektromobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Masalan, 2022 yilda dunyoda sotilgan har o‘ninchi yengil avtomobil elektromobil hisoblanadi. Ahamiyatli jihati ular — faqat ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston avtomobil sanoati texnologik taraqqiyotning yangi davri arafasida turgani, endilikda eng ko‘p sotiladigan NEV avtomobillari O‘zbekiston bozoridan o‘rin olishiga zamin yaratadi. Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 90 239 dona “Cobalt” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,8 %), 20 853 dona “Nexia T-250” (80,7 %), 80 478 dona “Lacetti-Gentra” (193,5 %), 13 312 dona “Spark” (155,2 %) avtomobillari ishlab chiqarildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar 153,1 % ga ko‘paydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Arxiv.uz 2. Wikipedia. Uz 1. Uzavtoyul.uz Document Outline
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling