Mavzu: Oʻzbekistonda davlat ligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qu‘rish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish


Download 96 Kb.
bet18/18
Sana05.01.2022
Hajmi96 Kb.
#209607
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
11-mavzu Maruza

Jamoat tashkilotlari. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda.

lik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda.

1996-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi-"Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi.

2014-yilga kelib mamlakatimizda jamiyatimizning turli sohalarida 8 ming 100 dan ortiq nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 2010-yilga nisbatan 1,6 marta ko’pdir. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi.

Xulosa qilib aytganda, lik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi.


Nazorat savollari

1.1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining qanday farmoni e’lon qilindi?

2.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustda bo‘lgan sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi?

3.«O’zbekiston Respublikasining Davlat ligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» haqida so‘zlab bering.

4.Oliy Kengashning «O’zbekiston Respublikasining Davlat ligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qarorining mazmunini bilaliz- mi?

5.«O’zbekiston Respublikasining Davlat ligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunni kutubxonadan toping va daftaringizga yozib oling.

6.lik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bila- sizmi?

7.O’zbekiston Davlat ligini qo‘lga kiritishning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?

8.O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tavsiflab bering, u qanday hollarda ko‘tariladi?

9.O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan qanday payitlarda foydalaniladi?

10.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamo- yillarini bilasizmi?

11.O’zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqish- da nimalar asos qilib olindi?

12. O’zbekistonda milliy huquqiy davlat qurilishida qanday tamo- yillarga asoslandi?

13.O’zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil topishi va faoliyati haqida so‘lab bering.

14.Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz?

15.O’zbekistonda qanday sud organlari faoliyat yuritmoqda?

16.Mahalliy davlat hokimiyatining tuzilishi va uning vazifalari haqida so‘rab bering.

17.O’zbekistonda qanday vazirliklar va davlat qo‘mitalari mav- jud?

18.O’zbekiston fuqarolarining huquqlari, erkinliklari, burchla- rini bilasizmi?

19.Ombudsman nima va qachon ta’sis etilgan?

20.O’zbekistonning saylov tizimi haqida so‘zlab bering.

21.O’zbekistonda qachon va qanday siyosiy partiyalar tuzilgan, ularning maqsadlari nimalardan iborat?



22.O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati qachon tu- zilgan, uning maqsadi nima?

23.O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan qanday nodavlat notijo- rat tashkilotlarni bilasiz?
Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling