Mavzu: Oʻzbekistonda elektron taʼlimni rivojlantirish yoʻllari
Download 1.16 Mb.
|
Oʻzbekistonda elektron taʼlimni rivojlantirish yoʻllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish.
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI Mavzu: Oʻzbekistonda elektron taʼlimni rivojlantirish yoʻllari Mustaqil ish Tayyorladi: MBr 88 guruh talabasi Rixsiboyeva M.J. Toshkent 2022 yil Mavzu: O‘zbekistonda elektron ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlari. REJA: Kirish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohatlar, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi hamda axborotlashgan jamiyatga o‘tish talablari ta’lim strategiyasini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim olishning yangi shakllari, jumladan zamonaviy o`qitish texnologiyalariga asoslangan tarmoqli, axborotli, masofaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari vujudga keldi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan yangi ta’lim turlarining paydo bo‘lishiga asosiy sabab, jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilarga bilim berish, ularning malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda, sobiq ta’lim tizimining yillar davomida shakllangan an’anaviy usul va vositalarining imkoniyatlari chegaralanganligidadir. Bunday vaziyatda Oliy o‘quv yurtlarining potensialiga tayangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayoni samaradorligini oshirish hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb masalasiga aylanib bormoqda. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi oliy ta’lim hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talaba yoshlar oldiga shu rivojlanishga mos bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini taqozo qilmoqda. Talaba yoshlarga texnika va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun ularni o‘qitish usullarini tubdan yangi pog‘onaga qo‘tarish zarurati davr talabi bo‘lib qolmoqda. Bu muhim vazifani hal etishda kundalik turmushda jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik va axborot — kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynashi muqarrardir. Hozirgi kunda sinovdan o‘tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo‘shilgan elektron ta’lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg‘ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir. Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o‘qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda talabalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog‘onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko‘rib, shu yo‘sinda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo‘lishi talab etiladi. Bizning fikrimizcha, elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi: − o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish; − animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi; − namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab, yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish; − o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash. Ma’lumki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo‘linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida o‘qitishdir. SHundan kelib chiqib, elektron darslik, vertual stendlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda, kimyo fanidan ma’ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlarni elektron variantda ishlab chiqib, foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu bois kimyo fanidan elementlar davriy sistemasi va atom tuzilishi mavzulariga oid virtual lavhalarni keltirish mumkin. Bu lavha elementlar davriy sistemasida barcha elmentlarning tuzilishi animatsiya tarzida yaratilgan bo‘lib, unda talaba har bir element atomining yadrosi hamda uning atrofidagi zarrachalarning joylashish tartibi, ularning harakati qonuniyatlarining fazoviy holatini ko‘rib, yaqqol tasavvur hosil qilishi mumkin. Hozirgi kunda aniq fanlarni sifatli darajada o‘qitish pedagoglarning oldida turgan muammolardan hisoblanadi. Aniq fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar ko‘plab muammoli vaziyatlarga duch keladilar. Bilimlarni sifatli darajada yetkazib berishda pedagoglardan katta mahorat va o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish kerak bo‘ladi. Ta‘limning zamonaviy metodlaridan hisoblangan elektron ta‘lim aniq fanlarni o‘qitishda qo‘l keladi. Elektron ta‘lim – bu ta‘limning elektron metodlaridan biri hisoblanadi. Odatda, kompyuter yordamida kurslarning to‘liq yoki bir qismi o‘qitiladi. Elektron ta‘limkurslarida xalqaro darajadagi resurslar taqdimetiladi. An‘anaviyta‘lim o‘qitvchi-kitob-o‘quvchi tarzida bo‘lib kelgan. O‘quvchilar barcha ma‘lumotlarni kitobdan o‘qib olganlar. Elektron ta‘limda esa barcha resurslar Internet tarmog‘iga joylashirilgan bo‘ladi. Bu ikkala tizimning eng asosiy farqi shundaki, an‘anaviy ta‘limda resurslarga o‘zgartirish kiritish uchun ushbu kursga taalluqli bo‘lgan adabiyotni qayta nashr qilish zarur bo‘ladi. Elektron ta‘limda esa resurslarni qiyinchilaklarsiz almashtirish mumkin, hattoki resurslarni har kuni yangilab turish mumkin. Bu esa hozirgi axborotlar almashinuvi zamonida ancha qo‘l keladi. Elektron ta‘lim tizimi ma‘lum platformadagi kurslaning yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda har bir foydalanuvchi alohida ro‘yhatdan o‘tkaziladi, har bir foydalanuvchi o‘z profiliga ega bo‘ladi. Qulaylik tomoni shundaki ushbu kurslardan foydalanish hech qandayortiqcha dasturlar talab etilmaydi, kompyuter yoki mobil qurilmadagi internet brauzeri yetarli bo‘ladi. Elektron ta‘lim kurslari ma‘lum yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z ichiga mustaqil topshiriqlar, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Elektron ta‘lim - bu platformalar yoki raqamli muhitlar orqali bilimlarga kirishni targ’ib qiluvchi ta‘lim modeli hisoblanadi. Elektron ta‘lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko’rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g’oya va mazmunini chuqur anglab yetishlariga samarali yordam beradi. Raqamli axborot va internet resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslarini bilish zamonaviy o‘qituvchi uchun juda muhim, chunki u ham elektron resurslarning iste‘molchisi, ham ularni ishlab chiquvchisi sifatida ishlay oladi. Masofaviy ta‘lim texnologiyalari doirasida elektron materiallardan foydalangan holda o’qituvchi talabalarni mahalliy va global tarmoqlardan foydalangan holda ma‘lumot almashishga jalb qiladi. O’qituvchi Internetdan qanday qilib qonuniy ravishda foydalanishi mumkinligini bilishi muhimdir. U o’z talabalari bilan tarmoq aloqasini tushunarli qonuniy asosda qurishi, ularning e‘tiborini muammoli masalalarga qaratishi va malakali axborot xatti-harakatlarining namunalarini ko’rsatishi kerak. Elektron ta‘lim platformalarining ham yutuqlari va kamchiliklari mavjud bo’lib, bunga bafurja to’xtalib o’tsak. Ushbu turdagi platformalarning ba'zi bir afzalliklari: Avvalambor moslashuvchan va arzon o’qitish. Internet bilan texnologik uskunalar kuchining birlashtirilganligi. Geografik va vaqtinchalik masofalarni bekor qilish. Minimal bilim bilan platformadan foydalanishga imkon beradi. Taklif qilingan vaqtda o'rganish va tezligidagi erkinlik. Elektron ta‘lim platformalarining kamchiliklari Yuzma-yuz kursdan ko’ra talabning va bosimning yuqoriligi. Yuklangan o’quv materiallarining kamligi O’qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o'zingizning mavzuni Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling