Mavzu: O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari Reja
O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlanish xolati taxlili
Download 30.85 Kb.
|
O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari
O’zbekistonda fermer va dehqon xòjaliklarini rivojlanish xolati taxlili
Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari – O‘zbekiston Respublika-si Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» gi Farmonida belgilab berilgan: fermer xo‘jaliklari zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi; fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatga, ijara muddati davomi-da meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidan chiqariladi; yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslariva xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarning o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsa-tish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1. Mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan va yangi sug‘oriladigan yerlar hamda zaxira yerlarda fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi. 2. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ning yerlarida fermer xo‘jaligi tuzish uchun berilgan arizaga binoan, umumiy majlisning qaroribilan ajratiladigan yerlarda fermer xo‘jaliklari tuziladi. 3. Surunkasiga zarar ko‘rib ishlayotgan istiqbolsiz yoki past rentabelli xo‘jaliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qayta tashkil etilib, to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklariga aylantiriladi. Fermer xo‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo‘lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida-gi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, viloyatlar va Qoraqal-pog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling