BUXORO VILOYATI BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
1-1_AM_GURUH TALABASI HAMROQULOVA DILRABONING O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN
TAQDIMOTI
MAVZU: O’zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat va fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi. REJA: REJA: 1.Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlarga bo’linish tamoyili. 2.O'zbekistonda ko'ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O'zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrga bo'linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar ikkinchisi: 1995-2004 yillar uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha. Birinchi davr: 1991-1994 yillar Birinchi davr: 1991-1994 yillar boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.Oliy Kengashning o'n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo'lib o'tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko'p partiyaviylik asosida o'tkazildi
Do'stlaringiz bilan baham: |