Mavzu: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi


Download 69.5 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1164294
  1   2
Bog'liq
Farhodov Jafar


Mavzu: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi


Reja:
1.O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
2.Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy bog’lanishining ahamiyati
3.O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolatlanishi.
4.O`zbekistonda yangi davr demokratiyasi – demokratik jarayonlarning chuqurlashtirishning asosiy sharti
5.Mustaqil davlatda inson shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlar.

O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo’liga o’tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma’naviy salohiyati, uning tasarrufida bo’lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda.


O’zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan.
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo’yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo’lishi shart.
Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag’batlantirilishi hamda himoyalanishi yanada muhimrog’i,k jamiyatda har bir inson huquqlari kafolatlarining amaldagi tizimining tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh sharti hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi o’zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “ Inson huquq va erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi.
Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda.
Bugungi kunda Evropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning ko’proq rivojlangan tizimi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo’shilgan.
Inson huquqlari-inson shaxsi va turmushining tarkibiy qismi. Odatda, inson huquqlarining uch bo’g’ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, fikr va so’z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va uchinchi bo’g’in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikda bo’lgan huquq, rivojlanishga bo’lgan huquq va h. k).
Mazkur qoidaq O’zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qo’yilgan. Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnatfaxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor.
Jamiyatda shaxsning tutgan o’rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o’z ifodasini topqdi. Inson va jamiyat, shaxs va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda, avvalambor huququy holatiga qanchalik yondashilganligi katta ahamiyatga ega. Shaxsning huquqiy holatining asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan mamlakatlar konstitutsiyalari, konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan.
Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo’lar ekan, shu jamiyat va uning a’zolari oldida ma’lum mas’uliyatlarni o’z bo’yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi sifatidagina u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga aylanishi lozim.
Jamiyat o’z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o’rnatadiki, bunday munosabatlarning eng yuqori ko’rinishi, o’zining har bir a’zosining huquq va erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini qanchalik darajada hal qilinganligi bilan ifodalanadi.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga solib borish vazifasini amalgam oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo’ladi.
Shaxsning huquqiy holati asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan, shaxsning jamiyat a’zosi sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan, shaxsning muayyan davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlar asosida.
Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda amalda bo’lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat, odob-axloq normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida o’rni mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga salmoqli ta’sir o’tkazmaydi.
Shaxs bilan davlat o’tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat mavjud bo’lgan barcha huquq sohalarining vazifasim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy huquq sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin.
Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, ular bevosita shaxsning jamiyat va davlat bilan bo’lgan munosabatlarida ko’rinadi.
Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi, ya’ni shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi.
Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan shaxslarning huquqiy holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi.
Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omildir.
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri, shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega bo’lishi hisoblanadi.
Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z hatti- harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim.
O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan:

  1. faqat qonunga asoslanish;

  2. boshqalarning huquq va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini, demokratik jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida amalgam oshirish.

Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l qo’yiladi.

2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam huquqiy bog’lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning shu davlatga nisbatan huquq va burchlari hamda uning suveren hukumatga bo’ysunishida ifodalanadi.


Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida yuzaga kelib, uning butun umri davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan va yashayotgan hudud bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi. Fuqarolar huquqi va burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda fuqarolarning huquq va burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy darajasiga bog’liq.
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlati tomon rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni shudan iboratki, mamlakatda istiqomad qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab o’tilgan huquqlari, jamiyatdagi o’rni mamlakatning konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki qonunda yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, zo’ravonlik, qonunsizlikga o’rin qo’ymaydi. Chunki, bunday xatti-harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir.
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan, feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo’la boshladi va ilk bor “shaharli“ ( fransuzcha “situayyan”, inglizcha “situzen”, ruscha “gorojanin- grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feudal munosabatlardan ozod degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqib olgach, o’z oldiga asrlar davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va huquqiy davlat qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy hujjatlarda esa o’zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi.
Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy- huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi, yangi turdagi jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib, quyidagi ijtimoiy qoidalarga asoslanadi:

    • mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlar tili, dinidan qat’I nazar teng huquqliligi;




    • erkaklar va ayollarning tengligi;

    • fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar qonun oldida tengligi;

    • fuqarolikni qay tarzda qilganligidan qat’i nazar, ularning huquqiy holatining bir xil belgilanganligi;

    • butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi;

    • “ikki davlat fuqarosi” bo’lish qonun bilan man etilganligi;

    • fuqarolikni olish va to’xtatish tartibi huquqiy hal etilganligi;

    • ota-onalarning fuqaroligi o’zgarganda bolalar fuqaroligining o’zgarishi tartibi aniq belgilanganligi;

    • fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy aktlarni qabul qiluvshi va ijrosini tekshiruvchi davlat organlari tizimi birligi;

    • fuqarolik masalalariga oid qarorlar yuzasidan shikoyat qilish tartibining aniq ravshanligi;

    • fuqarolik bo’yicha xalqaro shartnomalar turlari, xarakteri qonunda aniq belgilanganligi.

1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini oily ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga va muhofaza qilishga majburdirlar.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqaro tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa kishilarning huquqlariga zid bo’lmasligi lozim. Har bir kishi Konstitutsiyada belgilangan vazifalarni bajaradi, jamiyatning normal rivojlanishi uchun shu vazifalar bajarilishi zarur.
Konstitutsiyaning qoidalariga bevosita amal qiladi va barcha davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari, fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Konstitutsiyada mustahkamlab berilgan barcha huquqlar va erkinliklar sud yo’li bilan himoya qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 1992-yil 2-iyulda “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi” qonunda fuqarolik masalalari, uning huquqiy holati qonun yo’li bilan mustahkamlangan.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy- huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o’zaro huquq va burchlarida ifodalanadi.
O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lishi huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi o’z idoralari va mansabdor shaxslar orqali fuqarolar oldida mas’uldirlar, fuqaro esa davlat oldida mas’uldir.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bo’ladilar:

  1. Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan, mashg’ulotining turi va saviyasidan qat’iy nazar, ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmagan hamda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar;

  2. Davlat yo’llanmasi bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy hizmatni o’tayotgan yoki o’qiyotgan shaxslar, agar ular O’zbekiston Respublikasining hududida tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lsalar va ushbu qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lishi istagini bildirgan bo’lsa;

  3. Download 69.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling