Mavzu ; O’zbekistonda metallurgiya. Cho’yan ishlab chiqarish.
Ta’limiy maqsadi; O’quvchilarga O’zbekistonning metallurgiya sohasidagi salohiyati, asosiy metallurgiya korxonalari uchun xom ashyolari va mahsulotlari, metall korxonalarining ish jarayonlari, shuningdek cho’yan ishlab chiqarish texnologiyasi haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsadi; Ekologik va iqtisodiy ta’lim - tarbiya berish. Rivojlantiruvchi maqsadi; Metallarning kundaalik hayotimizdagi o’rni, ahamiyatini tushuntirish va kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasb tanlashga yonaltirish.
Dars turi; no’ananaviy Dars metodi; Aqliy hujum, charxpalak misollar yechish, rolli o’yin, intervyu. Dars jihozi; Davriy jadval,magnitli doska, slayd, cgo’yan ishlab chiqarish domna pechi maketi, kadaskop, savollar, metall qotishmalari kolleksiyasi, plakatlar, xarita
Dars bosqichlari; Tayyorlov-1 daqiqa Kirish-10 daqiqa. Asosiy-20 daqiqa Yakuniy-14 daqiqa
Uy vazifasini tekshirish 1- Topshiriq Quyidagi berilgan formulalardan foydalanib temirning xossalarini charxpalak usulida joylashtirib misollarni yeching Fe FeCl2 Fe(OH)2 FeO Fe(NO3)2 FeSO4
2- Topshiriq; Magnit doskasida faqat metallarni qoldiring. Qiyidagi jadvalda nechta metall bor
Savol; Temirning davriy sistemadagi o’rni Savol; Temir qanday oksid va gidrooksidlar hosil qilaoladi? Savol; Temir nima maqsadlarda ishlatiladi? Savol; Temirning biologik ahamiyati nimadan iborat? Savol; Temir birikmalarda necha valentli? Savol; Metallar qanday fizikaviy hossalarga ega?
Yangi mavzu bayoni; Uchrashuv darsi. Xurmatli o’quvchilar yangi mavzuni tushuntirib berish uchun sizlarga bir surpriz tayyorladim, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik metall korxonalariga taklifnomalar jo’natib bugungi matbuot konferensiya darsimizga vakillarini chaqirganman. Marxamat ularni kutib olamiz. Sizlarni qiziqtirgan metallurgiya sohasiga oid savollaringiz bo’lsa berasizlar. (korxona vakillari kirib kelishadi)
Metallurgiya korxonalari vakillari
Tanishuv O’quvchi; Men Mamanazarova Maftuna Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinatining bosh hisobchisiman. O’quvchi; Men Xasanova Diyora Bekobod metallurgiya zavodida boshliq o’rinbosari lavozimida ishlayman. O’quvchi; Men Goipov Doston Navoiy tog’ kon metallurgiya kombinati ish boshqaruvchisi. O’quvchi; Men Qoraboyeva Muyassar Chirchiq shahar o’tga chidamli va qiyin eruvchan metallar korxjnasi kadrlar bo’limi boshlig’i. O’quvchi; Men Boboyev Mavlon Samarqand cho’yan zavodi metallni qayta ishlash sehi boshlig’i.
Tanishuv
Suhbat O’qituvchining savoli: Korxonalarga taklifnomalar jo’natganimizda biz faqat kuchli, baquvvat kon ishchilari kelsa kerak deb o’ylagan edik, nega ayollarni jo’natishdi deb, qiziqayapmiz? 2-o’quvchi: Bizning Bekobod metallurgiya zavodimizda ayollar ko’p, respublikamizda ayollarga har sohada faoliyat yuritishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan, e’tibor kuchli, ayniqsa tadbirkor ayollarga keng imkoniyatlar ochilgandan buyon ayollarni har sohada uchratish odatiy xolga aylanib qolgan.
Suhbat davom etadi O’qituvchining savoli: Mana har yili respublikamiz miqyosida tadbirkor ayollarni qo’llab quvvatlash maqsadida turli tadbirlar o’tkazilib boriladi, masalan Yil ayoli ko’rik tanlovi o’tkaziladi, mana sizlarda ham shu tanlovda ishtirok etish niyati bormi? Yoki qatnashganmisiz? -o’quvchi: Bizning korxonamizdan viloyat bosqichida qatnashib g’olib bo’lgan kasbdoshlarim bor. Men bu ko’rik tanlovga kelgusi yil o’zimning bir necha reja va bir qancha loyihalarim bilan qatnashish niyatidaman.
Suhbat
O’qituvchining savoli: Ustozlari buncha savol ko’p beraveradi demasangizlar yana bitta savolim bor edi,shaxrimizga keldingiz, maktabimizga kirib keldingiz, birga sinf xonalarini ko’rdik, shu vaqtlarda ko’ngligizda nimalarni xis qildingiz, hayolingizga qanday fikrlar keldi O’qituvchining savoli: Ustozlari buncha savol ko’p beraveradi demasangizlar yana bitta savolim bor edi,shaxrimizga keldingiz, maktabimizga kirib keldingiz, birga sinf xonalarini ko’rdik, shu vaqtlarda ko’ngligizda nimalarni xis qildingiz, hayolingizga qanday fikrlar keldi
O’qituvchining savoliga javob 3-O’quvchi; Gulistonga kelganimda shaxar juda o’zgarib ketganligini sezdim 4-O’quvchi; Maktablaringiz juda chiroyli, sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan ta’minlangan, bizning davrimizda bizga bunday imkoniyatlar yaratilmagan edi. 1- O’quvchi; Prezidentimiz siz yoshlarga, barchamizga shunday imkoniyatlarni berib qo’ygan ekan har bir daqiqani g’animat bilib yaxshi bilim olishni, Vatan uchun xizmat qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yioshimiz kerak, 5-O’quvchi; Mana shunday sharoitlarda oqib bilim olayotgan qarshimdagi o’quvchilarni ko’rib men, hayajonlanib turibman, aqlli, zukko, bilimga chanqoq bu o’quvchilar hozir bizni savollarga ko’mib, shoshirib qo’yishadi, ularni savollariga javob bera olamanmikan, chunki hammalarini ko’zlari yonib, jonlanib o’tirishibdi.
1-savol: Kundalik turmushimizni metallarsiz tasavvur qilish qiyin. O’zbekistonning metallurgiya sohasidagi salohiyati qanday? Javob:O’zbekistonda hozirgi kunda 40ta qimmatbaho metall konlari mavjud. Oltin zaxirasi bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4 o’rinda, Qizilqumdagi Muruntov, Ajilugut, Bulutkon, Bolkontov, Arissontov, Torboyda joylashgan, kumush Navoiy, Namangan viloyatlarida bor. Au, Ag, Cu, Re, Pb, Zn, W, Ca, Ni, Os,V, Te, Sc, Se kabi metall konlari bor. (xaritadan foydalanib barcha konlar joylashgan viloyat va shaxarlarni ko’rsatadi )
Savol- javob 2-savol: O’zbekistonda metallurgiyaning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan? Javob: O’zbekistonda metallurgiyaning qora va rangli, o’tga chidamli, radioaktiv metallar ishlab chiqarish sohalari yaxshi rivojlangan.
Metallar tabiatda qanday tarqalgan bo’ladi?
savol: Metallurgiyaning o’zi nima? Metallurgiya – kimyo sanoatining tabiiy manbalar va rudalardan metallarni olish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan sanasi, qora va rangli metallurgiyaga bo’linadi. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati yordamida 75 xil metall va ular asosida turli qotishmalar olinmoqda.
6-savol: Metallar qanday olinadi? Javob: 1-o’quvchi: Metallar olinishi usuliga ko’ra 3ga bo’linadi. Pirometallurgiya – kuydirish, quyish ma’nosini anglatadi. Bu usulda ko’proq cho’yan va po’lat olinadi. Gidrometallurgiya – qimmatbaho metallarni olishda qo’llaniladi(yuvish) Au, Ag, Cu. Elektrometallurgiya – oksid, gidrooksid,tuzlarning turli suyuqlanmalari elektroliz qilinadi.asosan Na, Ca, Al metallari olinadi.
7-savol: Meni savolim Bekobod metallurgiya zavodi boshlig’i o’rinbosariga. Cho’yan qanday olinadi? Javob: Cho‘yan tarkibi asosan temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlarida–domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna pechlari o‘tga chidamli g‘ishtlardan qurilgan, balandligi 27–31 ml gacha bo‘ladigan minoralardir. Domnaning yuqori qismidan temir rudasi, koks–C, flyus–ohaktosh va qum aralashmasi beriladi. Domnaning pastki qismidan furmalar–maxsus teshiklar orqali 600–800°C gacha qizdirilgan havo purkaladi. Ko‘pincha havo bilan toza kislorod ham purkaladi (kislorodli purkama). Koksning yonishidan domnada yuqori harorat hosil qilinadi. Kislorodli purkama haroratning ko‘tarilishiga va cho‘yan suyuqlantirishni tezlashishini ta’minlaydi. Domnada koks harorat va qaytaruvchi vazifasini bajaruvchi CO manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bekobod metallurgiya zavodi xodimi berilgan savolga javob bermoqda
Domnada quyidagi jarayonlar yuz beradi: koksning bir qismi yonib, CO2 hosil qiladi C O2 CO2 yuqori haroratda CO2 koks bilan ta’sirlashib, CO ga aylanadi CO2 C 2CO CO temir rudasini erkin temirgacha qaytaradi 3Fe2O3 CO 2Fe3O4 CO2 Fe3O4 CO 3FeO CO2 FeO CO Fe CO2 rudadagi qo‘shimchalar flyus bilan oson suyuqlanuvchan, yengil moddalar–shlak hosil qiladi CaCO3 CaO CO2 CaO SiO2 CaSiO3
Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi–gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam–yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda mahsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi. Rudadan qaytarish natijasida olingan g‘ovak temir CO, koks uglerodi, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt bilan ta’sirlashib, suyuq cho‘yan hosil bo‘ladi. Cho‘yan va shlak domnaning quyi qismi–gornga oqadi. Gornda ikki suyuq qatlam–yuqorida shlak, pastda cho‘yan qatlami hosil qiladi. Shlak qatlami cho‘yanni oksidlanishdan himoya qiladi. Cho‘yan va shlak davriy ravishda mahsus tirqishlar orqali domna pechidan chiqarib turiladi. Domna pechi 10 yilgacha uzluksiz ishlatiladi. So‘ngra pech ta’mirlanadi. Domna pechida sutkasiga 10000 t atrofida cho‘yan olish mumkin. Keyingi yillarda domnaga kislorod bilan tabiiy gaz ham purkash yo‘lga qo‘yildi. Тabiiy gaz tarkibidagi metan yonib, karbonat angidrid va suv bug‘larini hosil qiladi, ular esa cho‘g‘langan ko‘mir bilan ta’sirlashadi, natijada domna gazi is gazi va vodorod–kuchli qaytaruvchilar bilan boyiydi: CH4 2O2 CO2 2H2O CO2 C 2CO H2O C H2 CO Тabiiy gazni bu jarayonga qo‘shish bilan koks sarfi 10–20 % ga kamaytiriladi.
8-savol: Meni savolim Samarqand cho’yan zavodi xodimiga cho’yan bilan po’latning qanday farqi bor ? Cho‘yan-tarkibida 2,14 % dan ko‘p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi, 1,5 % Mn, 4,5% Si, S,P bo’ladi. Po‘lat-tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi
9-savol: Choyanning hossalarini aytib o’tsangiz, uning ham turlari bormi? Cho’yan qora metallurgiyaning birlamchi mahsuloti, u temirdan qattiq, mo’rt bo’ladi, bolg’alanmaydi. Quyma cho‘yan kulrang bo‘lib, undagi uglerod grafit shaklida mavjud bo‘ladi. Undan trubalar, o‘zaklar, ko‘priklar uchun panjaralar, mashina qismlari, kimyoviy uskunalar tayyorlanadi. Тo‘yingan cho‘yan oq rangli bo‘lib, undagi uglerod temir karbidi shaklida bo‘ladi. Undan po‘lat olishda foydalaniladi.
Mavzuni mustahkamlash Intervyu, Bir daqiqa o’yini Muhbirning o’quvchilarga beradigan savollari 1-savol: Sizni bir daqiqaga mumkinmi, uchrashuv darsi sizga yoqtimi? 2-savol: Bir daqiqa vaqtingizni olaman, metallurgiya korxonalari ishchilari bilan bo’lgan savol- javoblar sizni qoniqtirdimi ? 3-savol: Kechirasiz bir daqiqa O’zbekistonda qanday eng yirik metall korxonalari bor ekan? 4-savol: Bir daqiqa, bugungi darsdan siz nimalarni bilib oldingiz? 5-savol: Uzr, bir daqiqa, sizchi bugungi darsdan yana nimalarni bilib olishni xohlar edingiz ? 6-savol: Sizni bir daqiqaga mumkinmi, O’zbekistonda metall zaxiralari qaysi shaharlarda ko’p ekan? 7-savol: Bir daqiqa, siz uy ro’zg’orda qanday metall qotishmalaridan tayyorlangan qaysi buyumlarni bilasiz? 8-savol: Bir daqiqa vaqtingizni olaman, korroziya atamasi tilga olindi,unda izoh bersangiz, qaysi metallar korroziyaga uchramaydi ? 9-savol: Sizni bir daqiqaga mumkinmi, O’zbekistonda cho’yan qayerda ichlab chiqarilar ekan? 10-savol: Bir daqiqa, cho’yan bilan po’lat qanday farqlanadi?
Korxona ishchilaridan jurnalist intervyu olmoqda
darslik bilan ishlaymiz 12- jadval asosida sodir bo’ladigan reaksiya tenglamalarini yozamiz.
Jadval asosida reaksiya tenglamasi yozilmoqda
Darsni yakunlash va baholash Uyga vazifa: 12 – jadvaldagi 1-10 raqamgacha bo’lgan topshiriq bajarildi, 11dan 36 gacha bolganini uyda bajarib kelasiz va mavzuni takrorlaysiz.
E’tiboringiz uchun rahmat .
Do'stlaringiz bilan baham: |