Mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi


Download 144.23 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi144.23 Kb.
#1819686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-SEMINAR VA 5-MA\'RUZA

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovva ikki palatali parlamentga o‘tish (2004 yildekabr 2005 yil yanvar). Ikki palatali parlamentga o‘tish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish asosida amalga oshirilgan konstitutsion islohotlar, shuningdek asosiy konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinishi natijasida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazilib, u ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, saylov uchastkalariga bo‘lingan 120 ta saylov okrugi tashkil etdi. Saylovning birinchi bosqichi 2004 yil 26 dekabr kuni o‘tkazilib, 62 nafar xalq noibi, 2005 yil 9 yanvarda bo‘lib o‘tgan ikkinchi bosqichda Qonunchilik palatasiga 58 nafar deputat saylandi. Saylovlar ham O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, ham saylovchilarning tashabbuskor guruhlari ko‘rsatgan deputatlikka nomzodlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Saylovda quyidagi siyosiy partiyalar ishtirok etdi: O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi (2000 yilning iyunida Fidokorlar partiyasi “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bilan birlashgan), O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, shuningdek O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi. Saylov natijalariga ko‘ra siyosiy partiyalar va saylovchilarning tashabbuskor guruhlari vakillari bo‘lgan deputatlar o‘rtasida parlamentdagi o‘rinlar taqsimoti quyida keltirilgan diagrammada berilgan.
Uchinchi davr. Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida O‘zbekisgon Respublikashining birinchi Prezidenti I.Karimov dasturiy ma’ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan konsepsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi.
Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O‘zbekisgon Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘z taraqqiyotida yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi.
Ikki palatali parlament sharoitlarida qonunlar uch o‘qishda qabul qilinadi. Birinchi o‘qishda odatda qonun loyihasining umumiy konsepsiyasi va asosiy qoidalaritasdiqlanadi, ikkinchisida - har bir modda batafsil ko‘rib chiqiladi hamda shu modda yuzasidan alohida ovoz berish o‘tkaziladi, uchinchi o‘qishda esa qonun loyihasi uni muhokama qilmay to‘laligicha ovozga qo‘yiladi. Shundan so‘ng qonun qabul qilinib, ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.

Download 144.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling