Mavzu: Oʻzbekistonda yengil sanoat. Mundarija Kirish. I bob. Sanoat va uning tarmoqlari. Sanoatning og’ir va yengil sanoat tarmoqlari


Download 251.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.06.2023
Hajmi251.54 Kb.
#1471708
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yengil sanoat

 
1.3. Yengil sanoat 
Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va 
buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda 
xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga 
oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, 
sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari 
toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. 
Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-
ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va 
boshqalar. sohalarda ishlatiladi. Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi 
tarzida VIII asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan 
biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining 
kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga 
oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda 
paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta 
ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha 
asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar 
bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida XIX asrning oxiriga qadar xoʻjalik 
taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat 
usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar 
asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga 
paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan. Oʻzbekistonda 
Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga XIX asrning oxirida, 1874-
yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. XX asr 
boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat 


15 
boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-
yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-
galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan 
xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq 
hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil 
tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda 
Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati 
(10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand 
(1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish 
fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori 
yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent 
toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda 
trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va 
Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda 
Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi 
takomillashtirildi. 60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga 
erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj 
buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro 
toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, 
viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli 
yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil 
sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), 
Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati 
(1967)da ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil 
sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga 
koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga 
koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga 


16 
aylantirildi. 1991-yilda respublika Yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida 
majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, Yengil sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan davlat uyushmasi — "Oʻzbekengilsanoat", 1998-yil 30 martda pillachilik 
va ipakchilik tar-moklariga rahbarlikni amalga oshiradigan "Oʻzbek ipagi" uyushmasi 
tashkil qilindi. Ma’lumki, yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo’g’ini 
hisoblanadi.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil 
etilgan matbuot anjumanida mustaqillik yillarida mamlakatimiz yengil sanoatida 
erishilgan yutuqlar tahlil qilindi.Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz 
makroiqtisodiyot kompleksida munosib o’rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida 
yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-
huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga 
chiqish imkonini berayotir.Quyidagi raqamlar ham yengil sanoatning iqtisodiyotimizni 
rivojlantirishda nechog’li muhim o’rin tutishidan dalolat beradi: bugungi kunda 
tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 
foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil 
etayotir Matbuot anjumanida chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg’or xorij 
tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga 
oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishishga 
xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan 
ortiq sarmoya jalb etildi va 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. 
Bugungi kunda tarmoq korxonalarida 70 mingdan ziyod kishi mehnat 
qilmoqda.Qo’qon to’qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo’qon 
tekstil” qo’shma korxonasi eng muhim loyihalardan biridir. Yiliga 29 ming tonna 
kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni 
tashkil qiladi. Xorazm viloyatida “O’zteks” korxonalari guruhi tomonidan “Svis 
Kapital” (Shveysariya) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, umumiy 


17 
qiymati 50 milliondan ortiq bo’lgan va yiliga 12 ming tonna kalava ishlab chiqarish 
quvvatiga ega korxona ham keng ko’lamli loyihalardan biridir.Tadbirda tarmoqqa 
yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mahsulot eksporti hajmini 
kengaytirish imkonini berayotgani qayd etildi. Chunonchi, mustaqillik yillarida ushbu 
ko’rsatkich 120 marta o’sib, 2014 yil yakunlariga ko’ra 1 milliard dollar darajasiga 
yetdi. Holbuki, 1991 yilda bu ko’rsatkich 7 million dollar edi, xolos. Bugungi kunda 
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari dunyoning 50 
mamlakatiga 
eksport 
qilinmoqda.“O’zbekengilsanoat” 
davlat 
aksiyadorlik 
kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 
million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani 
ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni 
yaratiladi.Bundan tashqari, kompaniya yangi o’quv yili arafasida mamlakatimiz 
bo’ylab maktab yarmarkalarini o’tkazishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu 
yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish 
mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mazkur yarmarkalar o’z samarasini 
berayotir. Xususan, 2012 yil yakunlari bo’yicha 770 ming dona kiyim sotilgan bo’lsa, 
2013 yilda bu ko’rsatkich 835 ming, 2014 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 
985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko’zda tutilgan.To’qimachilik sanoatini 
yanada rivojlantirish, shuningdek, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan 
hamkorlikda tikuvchilik va tikuvchilik-trikotaj tarmog’ini rivojlantirish uchun sintetik 
tola va ip ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik 
kompaniyasining ustuvor yo’nalishlaridandir. 


18 

Download 251.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling