Mavzu: O‘zbekistonni rivojlantirishning harakatlar strategiyasi-milliy taraqqiyot asosi reja
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
Download 21.36 Kb.
|
Mavzu O‘zbekistonni rivojlantirishning harakatlar strategiyasi--fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir. Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Ijtimoiy sohani rivojlantirish jamiyat barqarorligi va davlat qudratini belgilaydigan muhim ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, aholi bandligi qandaydir ish yoki hunar bilan shug‘ullanish darajasi konkret fuqaroning kundalik real daromadlari bilan uyg‘unlashib ketgan ijtimoiy muammodir. Bu Harakatlar strategiyasida asosiy masala sifatida to’rtinchi ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligani oshirish jamiyat taraqqiyotida alohida mavqe kasb etadi. Ushbu masalaning naqadar dolzarbligi va real hayotiy haqiqatga asoslanganligani nazarda tutib, Prezident Sh.Mirziyoyev arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish g‘oyasini ilgari surmoqda. Download 21.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling