Mavzu: O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy hamkorligi r e j a: Kirish
Download 356 Kb.
|
Xamrayeva Ra\'no Kurs ishi global iqtisodiyot fanidan doc1212121
Xulosa va takliflar .
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi. O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. hamkorligi hozirgi kunda keng ko’lamga chiqdi .Bunda asosan dunyoning rivojlangan davlarning yuksalib borayotgan O’zbekistonga bo’lgan e’tibori muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlikga keng yo’llar ochib qo’yilgan. Shu boisdan dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan yurtimizga ko’plab investitsiya kiritayotganidan sezishimiz mumkin. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi. 3 Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi «to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar. Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi (ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. Download 356 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling