Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
“Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi
Download 26.09 Kb.
|
mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Orol fojiasi
2.“Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi.
SSSRda paxta «oq oltin» deb atalgan. Moskva ishlab chiqaruvchi respublikalardan uni past narxlarda sotib olgan va jahon narxlarida eksport qilgan. Olingan valyuta mablag‘lari, xuddi neftdollarlar va tabiiy resurslardan boshqa daromadlar kabi, qurollanish poygasiga sarflangan. Qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli Kreml paxta еtishtirishni doimiy ravishda oshirish haqida talab qo‘ygan. Belgilangan majburiyatlarni bajarish imkonsizligi qo‘shib yozishga sabab bo‘ldi. SSSRda qo‘shib yozish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. 70- yillar oxiridan boshlab, iqtisodiy va korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan O‘zbekiston SSRda olib borilgan “paxta ishi”¸ “o‘zbeklar ishi” nomini olgan jinoiy ishlar doirasida Moskvadan kelgan tergovchi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov tomonidan 800 dan oshiq jinoyat ishi ochilgan, ular bo‘yicha mamlakat 1-rahbaridan tortib¸ paxta zavodlari direktorlariyu brigadirlarga qadar jami 4000 dan ortiq odam turli muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Ammo 1989 yili Xalq deputatlar 1-sezdi kunlarida Gdlyanning tergov usullari jiddiy tanqid ostiga olinib, O‘zbekistonda tergov olib borishda qonun buzilishi yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. 1990 yilda KPSS safidan chiqarilgan Gdlyan bosh prokuraturadan haydalgan edi. 1990 yil dekabrida O‘zbekiston Birinchi Prezident Islom Karimov “o‘zbek ishi” bo‘yicha respublika hududida jazo muddati o‘tayotganlarning hammasini jazodan ozod qilgan edi. 3.Orol fojiasi O‘zbekiston республикаси Президенти Ш.Мирзиёев BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida кўплаб долзарб масалалар қатори Орол муаммоси масаласига тўхталиб ўтдилар. Prezidentimiz O‘zbekistonda olib borilayotgan chuqur islohotlar, yangilanishlar jarayoni, inson manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar haqida atroflicha so‘z yuritib, jahon hamjamiyati e’tiborini xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, bugungi kunning eng o‘tkir muammolaridan biri — Orol fojiasiga qaratdi. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf qilish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol -birlashtirishni taqozo etishini ta’kidladi. Darhaqiqat, bugun Orol dardini olam dardi, deyish mumkin. Chunki bir paytlar dunyodagi eng noyob, go‘zal va yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan, yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash hamda barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda katta o‘rin tutgan, Orolbo‘yi mintaqasi uchun baraka va farovonlik manbai hisoblangan ushbu ulkan dengiz bir avlod ko‘z o‘ngida batamom yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani g‘oyat achinarlidir. Yurtboshimizning BMT yuksak minbaridan turib, dunyo ahli e’tiboriga havola qilgan Orol fojiasi aks ettirilgan xaritaga boqqan kishi hech qanday izohsiz ushbu ekologik ofat haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi. Tarixiy manbalarda Orol dengizi bundan 35 ming yil avval paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Uni ilk bor arab muarrixi Ibn Rusta o‘z asarlarida “Orol dengizi” deb atagan edi... Biz yuqorida bir vaqtlar Orol jahondagi eng katta suv havzalaridan biri bo‘lganligi haqida aytdik. Haqiqatan ham, u Kaspiy dengizi, Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turgan. Uning maydoni 66458 kv. km., o‘rtacha chuqurligi 20 - 25 metr, eng chuqur joyi esa 67 metr bo‘lganligi haqida ilmiy asoslar mavjud. Bu raqamlar zamiridagi manzarani tasavvur qilish mushkul emas. Bugun esa ana shu ulkan suv havzasi deyarli ko‘lmakka aylanib borayotir. Mana bu raqamlarga bir e’tibor bering-a: dengizning suvi keyingi 50 - 55 yilda 15 martadan ziyod kamayib, suv sathi 29 metrga pasaygan, hududda 5,5 million gektar tuzli qum maydonlari hosil bo‘lgan. Mazkur holat mintaqa tabiati, odamlar hayoti, o‘simliklar va hayvonot olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Fojianing sabablari, oqibati haqida o‘tgan davrda juda ko‘p gapirildi. Biroq ular shunchaki -aytildi-qo‘yildi. Ahvol esa o‘nglanmadi. Shunisi quvonarliki, mustaqillik yillarida Orol hamda bu еrlarda yashayotgan aholi turmush farovonligini oshirishga bo‘lgan qarash butunlay o‘zgardi. O‘zbekiston bir necha marotaba dunyo hamjamiyati e’tiborini ushbu dolzarb muammoga qaratdi. Markaziy Osiyo mintaqasining global masalalari bo‘yicha fikr almashish maqsadida mamlakatimizga BMTning nufuzli vakillari ko‘p bor tashrif buyurdi. Jumladan, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munning 2010 yilda Orolbo‘yida bo‘lgani Orol fojiasi va ekologik ofatga tutash mintaqalarga jahon hamjamiyatining e’tiborini kuchaytirishda muhim rol o‘ynadi. 2017 yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining amaldagi Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Orol dengizi akvatoriyasiga bordi. Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”ni ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Orol dengizi hamda uning atrofidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Tashrifdan so‘ng Bosh kotibning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nomiga yozgan minnatdorlik maktubida shunday jumlalar bor: “Orol dengizi tezlik bilan qurib borayotgani meni qattiq tashvishga soldi va bu falokatdan aziyat chekayotgan aholi bilan uchrashuvdan g‘oyat ta’sirlandim. Ishontirib aytamanki, BMT Sizning ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor”. Ushbu samimiy so‘zlar davlatimiz rahbarining Orol hududiga alohida e’tibori jahon hamjamiyati bilan hamohangligini ko‘rsatdi. Albatta, yaxshi natija, avvalambor, amaliy ishga tayanadi. Shu ma’noda aytish mumkinki, joriy yilning 7 fevral kuni tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar isloh qilishning konseptual masalalari bu borada muhim qadam bo‘ldi. Bunga hamohang ravishda yurtimizda BMT shafeligida Orol dengizi hamda Orolbo‘yi hududi bo‘yicha maxsus Trast jamg‘armasini tuzishga qaratilgan sa’y-harakatlar qat’iy qo‘llab-quvvatlanib, 2017 yil 10 fevralda BMTning “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi amalga oshirila boshlandi. Bu Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos kelayotganini yaqqol ifodalaydi. Albatta, so‘z bilan ish birligi har doim xayrli amallarga yo‘l ochadi. Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan 101 kilometrlik masofaga quvur yotqizilib, bu еrga toza suv keltirildi. Odamlarning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Bular — masalaning bir tomoni. Hozir mintaqada ekologik muvozanatni tiklash, aholi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida ham talay xayrli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu maqsadda umumiy qiymati 4 milliard so‘mlikdan ziyod 50 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan dastur asosida Mo‘ynoq tumanida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar davom ettirilayapti. Orol dengizining qurigan hududida 350 ming gektarga iqlimga mos qandim, cherkes, saksovul ekilib, tuzli chang-to‘zon ko‘chishining oldi olinayotgani diqqatga molik yana bir jihatdir. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling