Mavzu: O‘zbekistonning oziq-ovqat sanoati tarmoqlar geografiyasi

Download 0.74 Mb.
bet3/11
Sana02.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1741050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kkkkkkxxxxx

Respublika an’analariga boy xalq xo‘jaligida muhim mavqeni egallaydigan zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Bu sanoat asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. Respublika umumiy sanoat mahsuloti hajmining 8.1 %, oziq-ovqat sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi. (2005-2000 yillarda 11.8%) . Oziq-ovqat sanoati korxonalarida band bo‘lgan sanoat xodimlari soni 99.3 ming kishi (1993;1980 yilda 72.3 ming kishi). Respublika oziq-ovqat sanoati asosan mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mamlakat umumiy sanoat mahsulotining 8.1 % oziq-ovqat sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tarmoq tarkibida go‘sht-sut, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, non, makaron, meva sabzavot konservalari, qadoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq, tamaki, pivo, chanqov bosar ichimliklar, sovun va boshqa sanoat korxonalari bor.

Respublika mustaqillikka erishgandan keyin oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.

Ko‘pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go‘sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib, “O‘zoziqovqatsanoat” davlat aksionerlik konserni (1993 yil 5-may, 1994 yil 26-sentabrdan “Oziq-ovqatsanoat” uyushmalari), “O‘zgo‘shtsanoat” davlat aksionerlik uyushmasi (1993 yil 6-aprel), “O‘zdonmahsulot” davlat konserni (1992 yil 6-fevral, 1994 yil 22-apreldan davlat aksionerlik korporasiyasi), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” davlat korparativ konserni (1991 yil, 1994 yil 28 noyabrdan davlat-aksionerlik uyushmasi), “O‘zbaliq” davlat korparativ (1991 yil, 1994 yildan “O‘zbaliq”davlat aksionerlik korporasiyasi) tashkil etildi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling