Mavzu; O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi. Kirish I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati,zaruriyati va funksiyalari
Download 264.02 Kb.
|
Ek 59 Mahmudov Muzaffar O\'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar
1-jadval
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming dinarni tashkil etadi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi. Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.11 Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi. Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi: Loyihalarni moliyalashtirish: Davlat, jamoaviy( suveren) Xususiy (suveren bo’lmagan) Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP) Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash Fond va aktivlar boshqaruvi Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi Shuningdek, mahsus faoliyat: Fan va texnoligik dasturlar Ta’limiy dasturlar Maxsus ko’maklar Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha dasturlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan: Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda 1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan. 12 Arab muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi, shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika, yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollaridan ziyod 25 ta loyiha taqdimoti o`tkazildi. Shuningdek, Arab muvofiqlashtirish guruhining ushbu loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi. ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda. O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi. Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati 640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9 million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar ajratilgan. Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari, jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir. Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir. Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi. Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi. Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi. Xalqaro konferensiya - vaqtinchalik xalqaro tashkilot bo’lib, o’z oldiga qo„yilgan masalalarni muhokama etadi va o„zaro kelishilgan qarorlar qabul qiladi. Siyosiy masalalarni muhokama qiladigan konferensiyalar bilan birga qator konferensiyalar kodifikatsion konvensiyalarni qabul qilish uchun chaqiriladi. Masalan, 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar haqidagi Vena konferensiyasi, 1974 yildan 1982 yilgacha ishlab turgan Dengiz huquqi bo„yicha konferensiya shular jumlasidandir. Keyingi yillarda «konferensiya» atamasi o’rniga, hatto unda ko’pchilik mamlakatlar qatnashayotgan bo„lsa-da, «kengash» atamasini ishlatish tobora urf bo’lib bormoqda (Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo’yicha umumevropa kengashi). Atamalardagi bunday har xillik yuridik jihatdan hech qanday ahamiyatga ega emas. Ko’plab ishtirokchilar qatnashgan konferensiyalarda tamomila puxta qoidalar qabul qilinadi. Ortiqcha ishlarga chalg„imaslik uchun BMT Bosh Assambleyasining protseduraviy qoidalari asos sifatida qabul qilinadi. Rais, qo’ mitalar, qo„mitachalar, ishchi guruhlari, kotibiyatdan iborat ancha murakkab tashkiliy tizim tuziladi. Protseduraga oid qoidalarda ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi belgilangan bo’ladi. Cheklangan tarkibdagi kengashlarda qarorlar aksar holda consensus usulida, ba'zan bir ovozdan qabul qilinadi. Yalpi konferensiyalarda protsedura masalalari anjumanda hozir bo’lgan va ovoz berishda ishtirok etayotganlarning oddiy ko’pchiligi ovozi asosida hal etiladi. Bu - anjumanda qatnashmayotganlar va betaraflar hisobga olinmaydi, deganidir. Yakuniy matn, odatda, uchdan ikki qism ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Cheklangan tarkib uchrashuvlarining qarorlari, odatda, qo’shma bayonot yoki kommyunike tarzida rasmiylashtiriladi. Kengroq ko’lamdagi konferensiyalar ish yakunlari va qabul qilingan qarorlar matnini o’zida mujassam etgan yakunlovchi aktlarni qabul qiladi. Xalqaro konferensiyalar rezolyutsiyalari yuridik jihatdan majburiy hisoblanmasa-da, vijdoniylik prinsipining ta'siri o’laroq, ularni ma'naviy- siyosiy majburiyat sifatida ishtirokchilar hurmat qiladilar. Xalqaro munosabatlar amaliyotida iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda, keng ko’lamdagi xalqaro munosabatlar masalalari bo’yicha davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi kengashlaridan («katta sakkizlik»ning har yilgi uchrashuvlari) tobora ko’proq foydalanilayotir. Bunday kengashlarni o’tkazishda odatda maxsus protseduralarga amal qilinmaydi. Hozirgi zamon xalqaro huquqida xalqaro konferensiya har qaysisi bittadan ovozga ega bo’lgan kamida uchta davlatning rasmiy vakillaridan tashkil topgan, uchinchi davlatlar, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarning (ovoz huquqiga ega bo’lmagan) kuzatuvchilari ishtirok etishi mumkin bo’lgan, ishtirokchi davlatlar kelishib olgan maqsadlarni ko„zda tutuvchi hamda, qoidaga ko’ra, protsedura qoidalarida qayd etilgan muayyan tashkiliy tuzilma va vakolatlarga ega muvaqqat jamoaviy organ tushuniladi. Xalqaro konferensiyalarga qo’yiladigan asosiy talabga ko’ra, har qanday xalqaro konferensiyaning maqsadi va faoliyat yo’nalishi xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos bo’lishi shart. Hukumatlararo konferensiyalarning nomlanishidagi farqlar (s'yezd, kongress, konferensiya, kengash) yuridik ahamiyat kasb etmaydi. Xalqaro konferensiyalarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: Xalqaro konferensiyalar, ishtirok etuvchi tomonlardan kelib chiqqan holda, hukumatlararo va nohukumat konferensiyalarga bo„linadi. Hukumatlararo konferensiyalar ko’p tomonlama diplomatiyaning bir turi va xalqaro muzokaralarning asosiy vakolatlaridan biri hisoblanadi, shuningdek xalqaro huquq sub'yekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda. XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi. O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir: aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish; aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan) moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish; a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish. Download 264.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling