Mavzu: O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi. Kirish I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati,zaruriyati va funksiyalari


O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar


Download 271.25 Kb.
bet8/12
Sana13.11.2023
Hajmi271.25 Kb.
#1770568
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oybek kurs ishi yangi 12(2)

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar
YeOIIga kuzatuvchi maqomini olish, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish majburiyatini yuklamaydi va u belgilangan muddat bilan cheklanmagan.
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar
So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi.
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.
Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.
Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.
Ta’kidlash joizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi dastlab Bojxona ittifoqi ko‘rinishida tashkil topgan, unga a’zo davlatlar o‘zaro savdo olib borishda hamkorlikni kuchaytirish, to‘siqlarni kamaytirish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunda mazkur tashkilotga Armaniston, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi a’zo. Shuningdek, Moldova Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2019 yil 29 may kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon ushbu maqom olinganiga bir yil munosabati bilan qilgan nutqida: “Albatta biz integratsion jarayonlar, imkoniyatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirish muammolari va istiqbollari xaqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik” dedi. Bir yil ichida Moldova va YeOII orasidagi tovar aylanmasi
10 foizga ortdi.
Davlatlarning kuzatuvchilik maqomi “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomi to‘g‘risida”gi nizomi bilan tartibga solinadi. Bunda a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan mazkur nizomga asosan, Ittifoq bilan hamkorlik qilish maqsadida bo‘lgan davlat Ittifoqning Oliy Kengashi raisi nomiga kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma yuboradi va bu bilan YeOII ta’sis shartnomasining 109 moddasi doirasida faoliyat yuritishini kafolatlaydi.
Xususan, kuzatuvchi davlatning vakolatli vakillari YeOII taklifiga binoan, Ittifoq organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish, qabul qilingan qarorlar bilan tanishish (maxfiy hujjatlar bundan mustasno) huquqiga ega. Kuzatuvchi maqomi ittifoq organlarida qaror qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini bermaydi.
Kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror tashkilotning Oliy Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Kuzatuvchi maqomini olgan davlat YeOII ta’sis shartnomasida ko‘rsatilgan maqsad va yo‘nalishlarga zid, ittifoq va uning a’zo davlatlari manfaatiga zarar yetkazadigan hatti-harakatlar yo‘l qo‘yilmasligi shart.
YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan davlat hukumati, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakolatxonasiga o‘zining doimiy vakilini yuboradi. Ushbu shaxs kuzatuvchi davlat nomidan Komissiya va uning organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish vakolatiga ega bo‘ladi.
Ushbu doimiy vakil o‘zining davlatidagi Hukumat bilan Ittifoq doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, texnik, bojxona, sanitariya va fitosanitariya reglamentlarini tartibga solish, Komissiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha doimiy aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek kuzatuvchi davlat va a’zo davlatlar uchun o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muloqot o‘rnatish
va hamkorlik qilish masalalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida hamkorlikdagi qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, unifikatsiyalash (birxillashtirish) maqsadida xalqaro kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlardir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi.
3 Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni
talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi «to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullabyashnash va jahon хalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan shug’ullanvchi minglab хalqaro tashkilotlar hisobga olingan. Ekspеrtlarning fikricha, jahon iqtisodiyotiga sеzilarli ta’sir o’tkaza oladigan хalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan quyidagi omillarni kеltirishimiz mumkin:
1. Insonlar hayotining bir biriga bog’liqligining yanada o’sishi;
2. Sanoat rеvolyutsiyasi va ilmiy yutuqlar insonlarni bir- biridan ajratib turgan masofalarni qisqartirishi va хalqaro munosabat va hamkorlikni kеngaytirishi;
3. Savdo, valyuta- moliya munosabatlari, kapital bozori umuman iqtisodiy o’sish;
4. Davlatlarning barcha sohada bir – birlariga bog’liqligining o’sishi;
5. Duyodagi umumiy rеsurslardan oqilona foydalanishning zarurligini chuqurroq anglash.
Davlatning хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lishi uning har tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi. Chunki хalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lish, uning boshqa a’zo davlatlari bilan ham kеng hamkorlikni yo’lga qo’yishni ta’minlaydi. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlar topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mеzondan (geografik qamrovi kеngligi va faoliyat хususiyatlari) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kеlib chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi. Ikkinchi mеzonni qo’llagan holda maхsuslashtirilgan (sohalar bo’yicha) va global tashkilotlarga yuzaga keladi.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar
ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi.
YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.

Download 271.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling