Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalari


Download 18.41 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi18.41 Kb.
#1723727
  1   2
Bog'liq
O‘zgarmas tok mashinalari


Mavzu: O‘zgarmas tok mashinalari

Reja:
1.O‘zgarmas tok mashinalarining vazifasi.


2.O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi.
3.Elektr dvigatelning ishlash prinsipi.

Mexanik va elektr energiya, elektr dvigatel, generator, chp’lg’am, yakor, stator, qutblar, kollektor, mashinanig cho’tkalari, elektromagnit kuch, chap va o’ng qo’l qoidalari.O‘zgarmas tok mashinalarining vazifasi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish va, aksincha, elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirishga muljallangan qurilmalar elektr mashinalari deyiladi. Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi mashina generator deyiladi. Agar mashina elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirsa, elektr dvigateli deb ataladi.


O‘zgarmas tok elektr generatorlari elektroliz qurilmalarida, o‘zgarmas tok dvigatellariga energiya berishda, akkumulyatorlarni zaryadlashda ishlatiladi; elektr dvigatellari esa katta aylantirish momenti hosil qilish va tezlikni keng chegaralarda rostlash kerak bo‘lgan joylarda - elektr yordamida tortish, shaxta pod’yomniklari va prokat stanlarida ishlatiladi. Ular avtomatikada aylanish tezligini o‘lchash, berilgan signallarni ijro etish va signallarni o‘zgartirishda ishlatiladi.O‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi.
25.1-rasmda ikki qutbli o‘zgarmas tok mashinasining eskizi berilgan. Mashina ikki asosiy kismdan: qo‘zg‘almas stanina va aylanuvchi yakor 2 dan iborat. Staninaga qutb 3 lar mahkamlangan bo‘lib, ularda uyg‘otish cho‘lg‘amlari 4 joylashgan. Uyg‘otish cho‘lg‘amining magnitlovchi kuchi cho‘lg‘amdan Iu uyg‘otish toki o‘tganida,1-rasmda ko‘rsatilganidek, qutblar, yakor stanina orqali tutashadigan F magnit oqimini hosil qiladi.
25.11-rasm. Ikki qutbli o‘zgarmas 25.2-rasm. Mashinaning qutb mashinasi tokMashinaning staninasi po‘latdan, qutblari po‘lat varaqlar (listlar) dan yig‘iladi ).
Qutblar qutb uchlari deb ataluvchi 5 chiqiqlar bilan tugallanadi, qutb uchlari uyg‘otish cho‘lg‘amini mahkamlash va magnit induksiyasi V ni qutblar va yakor orasidagi havo oralig‘ida keraklicha taqsimlash imkonini beradi. Mashinaning yakori 25.3-rasmda ko‘rsatilgan. YAkor shtamplangan va val 2 ga presslangan po‘lat disklardan yig‘ilgan silindr 1 dan iborat bo‘lib, uning sirtida 3 ariqchalar bor. Ariqchalarga yakor cho‘lg‘ami 4 ni hosil qiluvchi yakor simlari yotqiziladi.
Ariqchalardagi cho‘lg‘am maxsus ponalar va bandajlar 5 yordamida mahkamlanadi va valga mahkamlangan hamda undan elektrik izolyasiyalangan 6 kollektor bilan elektrik ulanadi.
Kollektor yakorning aylanuvchi cho‘lg‘amini qo‘zg‘almas chutka 6 lar (25.1-rasm) yordamida qo‘zg‘almas tashqi tarmoq bilan elektrik ulash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, kollektor yakor cho‘lg‘ami simlarida o‘zgaruvchan e.yu.k. hosil bo‘lishiga karamasdan, chutkalarda kattaligi va yo‘nalishi doimiy bo‘lgan Silindrik kollektor (25.4-rasm) maxsus vtulka 2 ga yig‘ilgan va unga boltlar bilan mahkamlangan ponasimon mis plastinka 1 lardan iborat. Plastinkalar bir-
biridan va valdan mikanit yordamida izolyasiyalangan. 25.4-rasm. Kollektor konstruksiyasi. Keyingi vaqtlarda kichik mashinalar uchun kollektor plastinkalar mikanit qistirmalar bilan birgalikda plastmassaga tegishli termik ishlov bilan presslab kuyiladigan bo‘ldi. Yakor cho‘lg‘amining aloxida nuqtalari kollektor plastinkalarining «xurozcha». («petushok») deb atalgan 3 chiqiqlariga kavsharlab fuyiladi.
Mashinaning chutkalari (25.5- rasm) ko‘mir yoki grafik prizma 1 lar bo‘lib, ular oboyma 2 lar - cho‘tka tutqichlarga kiritib qo‘yiladi.25.5-rasm. Cho‘tka va cho‘tka tutqichlari.Cho‘tkalar kollektorda prujina 3 bilan siqib turiladi. Chutka tutqichlar teshik 4 dan o‘tuvchi izolyasiyalangan boltlarga o‘rnatilgan va mashinaning korpusiga mahkamlanadi. CHutka boltlari mashina tutqichlariga simlar yordamida ulanadi.
Tutqichlar qo‘yidagicha belgilanadi: YA1 YA2 - yakor cho‘lg‘ami; SH1 SH2 - parallel (shuntli) uyg‘otish cho‘lg‘ami; S1S2 - ketma-ket o‘yg‘otish (series) cho‘lg‘ami; D1 D2 - qo‘shimcha qutblar cho‘lg‘ami. 6-rasmda bir jinsli magnit maydonida R qarshilikka ulangan sim tasvirlangan. Sim magnit chiziqlariga perpendikulyar tekislikda v tezlik vektori bo‘ylab harakatlangan vaqtda unda E e.yu.k. yuzaga keladi va uning ta’sirida berk zanjirda I tok hosil bo‘ladi. Tokli simga magnit maydonida F = VIl kattalikdagi elektromagnit kuch ta’sir kursatad, bu kuchning chap qul qoidasiga asosan topilgan yo‘nalishi 6-rasmda ko‘rsatilgan. Elektromagnit kuch simning harakat yo‘nalishiga teskari yo‘nalganligini, demak, tormoz lovchi kuch ekanligini ko‘rish qiyin emas. Sim harakatlanishi uchun kattalik jihatdan tormozlovchi kuchga teng va unga teskari yunalgan tashqi kuch, boshqacha aytganda, ushbu mexanik quvvatni beradigan birlamchi dvigatel
kerakligi ravshan:Cho‘tkalar kollektorda prujina 3 bilan siqib turiladi. Chutka tutqichlar teshik
dan o‘tuvchi izolyasiyalangan boltlarga o‘rnatilgan va mashinaning korpusiga mahkamlanadi.
CHutka boltlari mashina tutqichlariga simlar yordamida ulanadi.
Tutqichlar qo‘yidagicha belgilanadi: YA1 YA2 - yakor cho‘lg‘ami; SH1 SH2 - parallel (shuntli)
uyg‘otish cho‘lg‘ami; S1S2 - ketma-ket o‘yg‘otish (series) cho‘lg‘ami; D1 D2 - qo‘shimcha qutblar
cho‘lg‘ami. 6-rasmda bir jinsli magnit maydonida R qarshilikka ulangan sim tasvirlangan. Sim
magnit
chiziqlariga perpendikulyar tekislikda v tezlik vektori bo‘ylab harakatlangan vaqtda unda E e.yu.k.
yuzaga keladi va uning ta’sirida berk zanjirda I tok hosil bo‘ladi. Tokli simga magnit maydonida F
VIl kattalikdagi elektromagnit kuch ta’sir kursatad, bu kuchning chap qul qoidasiga asosan
topilgan yo‘nalishi 6-rasmda ko‘rsatilgan. Elektromagnit kuch simning harakat yo‘nalishiga
teskari yo‘nalganligini, demak, tormoz lovchi kuch ekanligini ko‘rish qiyin emas.
Sim harakatlanishi uchun kattalik jihatdan tormozlovchi kuchga teng va unga teskari yunalgan
tashqi kuch, boshqacha aytganda, ushbu mexanik quvvatni beradigan birlamchi dvigatel
kerakligi ravshan:

Download 18.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling