Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziqa qo‘shimchalari va ingredient reja: Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali Oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llash ustidan nazorat
Download 1.33 Mb.
|
biokimyo m02
Tiqxmmi Mtu Ning Qarshi Irrigatsiya Va Agrotexnologiyalar Instituti Qxmsdit Yo’nalishi 405-guruh Talabsi Asliddin Kilchevning Qishloq Xo’jalik Mahsulotlarini Saqlash Va Qayta Ishlashda Biotexnologiya Usullari Fani Uchun Tayyorlagan Mustaqil Ish TaqdimotiMavzu:Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziqa qo‘shimchalari va ingredient reja: 1.Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali 2. Oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llash ustidan nazoratIlmiy-texnik taraqqiyot bizga beqiyos imkon-imtiyozlar yaratdi. Shu bilan birga, boshqa jabhalar qatori, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yangicha yondashish talabini o‘rtaga qo‘ydi. Boisi, keyingi paytlarda ularning ayrimlari inson sog‘lig‘i va hayotiga tahdid sola boshladi. Bunga ko‘pincha yegulik va ichimliklarning ta’mini sun’iy ravishda yaxshilash va saqlanish muddatini uzaytirish uchun ularga har xil ziravorlar qo‘shish, ko‘rinishini ko‘zni quvontiradigan va ishtahani kuchaytiradigan darajaga keltirish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklaru qallobliklar sababchi bo’lmoqda.To‘g‘ri, konservalangan oziq-ovqatni buzilishdan saqlovchi va unga rang beruvchi qo‘shimchalardan foydalanish ming yillardan buyon davom etib keladi. Dastlab bunday konservantlar barchamizga ma’lum tuz, shakar va sirkadan iborat edi. Rang beruvchilar sifatida esa sabzavotlar va tropik Osiyoda o‘sadigan kurkuma (shafran) o‘simligining tomiri ishlatilardi. Kimyo va oziq-ovqat sanoati rivojlangani sayin sintez yo‘li bilan olinadigan va ziravorlar o‘rnida qo‘llaniladigan son-sanoqsiz qo‘shimcha mahsulotlar paydo bo‘ldi. Ular, birinchidan, oziq-ovqatlarning saqlanish muddatini uzaytirish va Yer sharining istalgan burchagiga tashib yetkazish imkonini beradi, ikkinchidan, yeguligu ichimliklarga chiroyli ko‘rinish, yoqimli hid bag‘ishlab, kishida yoqimli ishtaha uyg‘otadi.Soha vakillarining fikricha, hozir uzoq saqlashga mo‘ljallangan xushta’m va jozibador ko‘rinishga ega mahsulotlar tayyorlashda bunday vositalardan foydalanmaslikning hecham iloji yo‘q. Shu bois oziq-ovqat sanoatida besh yuzga yaqin turli-tuman qo‘shimchalar ishlatiladi, ularning o‘zaro aralashtirilganlari soni esa bundan bir necha baravar ko‘pdir. Sun’iy ingrediyentlar, ya’ni ajralmas tarkibiy qismli oziq-ovqat qo‘shimchalari inson organizmiga nechog‘li ta’sir qilishi endilikda iste’molchilarni eng ko‘p qiziqtiradigan muammolardan biridir. Qolaversa, hozir bu masalani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi nufuzli xalqaro tashkilotlar ham mavjud. Chunonchi, Oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha ekspertlar birlashgan qo‘mitasi – (JECFA) FAO-VOZ ularning sifatini nazorat qilib boradi. U 1991 yili ushbu mahsulotlar ekspertizasiga oid maxsus tartib-qoidalarni tasdiqlagan. Qo‘mita ma’qul topmagan ziravorlarni sanoatda ishlatish ma’n etiladi.Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling