Mavzu: Oziqalar klassifikatsiyasi. Silos, Senaj, Shrot, Kunjara


Download 101 Kb.
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi101 Kb.
#1201002
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oziqalar klassifikatsiyasi

MAVZU: Oziqalar klassifikatsiyasi. Silos, Senaj, Shrot, Kunjara.


Oziqalar olinish manbai, tarkibi va to’yimliligi bilan farqlanadi.
Energetik to’yimliligi bo’yicha hajmli (1 kg 0,6 oziqada oz. birligidan kam) va konsentrat oziqalarga (1 kg oziqada 0,6 oz. birligidan ko‘p) bo‘linadi.
Olinish manbaiga qarab o‘simlik, hayvonot, mineral, mikrob va kimyoviy sintez bo’lgan oziqalarga bo‘linadi.
O‘simlik oziqalariga hamma turdagi ko‘k oziqalar va ulardan konservatsiyalash natijasida tayyorlangan (pichan, silos, senaj, o‘t talqoni va maydalangan pichan); dehqonchilik (somon, poxol, mardak); ildiz va tuganak mevalar va sabzavot chiqindilari; oziqa polizi; don va yog’li ekinlar urug‘i; un, yog‘, konserva, pivo, spirt, qand sanoati chiqindilari.
Hayvonot dunyosi oziqalariga sut va sut mahsulotlari, go’sht va baliq sanoati chiqindilari, parrandachilik va inkubator, pillachilik va charm sanoati chiqindilari.
Turli sanoat tarmoqlari chorvachilik uchun mineral oziqalar, oziqa achitqilari, vitaminli preparatlar, azotli birikmalar, antibiotiklar, fermentlar, gormonlar va davolash dorilari ishlab chiqaradi.
Omixta yem sanoati o’simlik, hayvonot, mikrob, kimyo sanoati mahsulotlari asosida parranda va cho‘chqalar uchun to‘la qiymatli omixta yemlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari omixta yem sanoati oziqa qo’shimchalari va oqsil-vitaminli yoki oqsil-vitamin-mineralli qo’shimchalar ishlab chiqaradi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish turli xil oziqalardan foydalanib amalga oshiriladi. Ular o’zlarining kelib chiqishi va tarkibiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Shirali oziqalar.
2. Dag’al oziqalar.
3. Don oziqalar. 
4. Sanoat chiqindilari (kraxmal, un, spirt, yog’ sanoati).
5. Oziq-ovqat chiqindilari.
6. Havonot dunyosidan olingan oziqalar.
7. Proteinli va boshqa qo’shimchalar.
8. Vitaminli va dori qo’shimchalar.
9. Mineral oziqalar.
10. Omixta yemlar.
Shirali oziqalar –o’z tarkibida suv ko’p bo’lib, hayvonlar tomonidan suyib iste’mol qilinadi va yaxshi hazm bo’ladi, chunki hujayralarda to’yimli moddalar erigan holda bo’ladi. Shirali oziqalarga ko’k oziqalar, silos, senaj, ildiz va tuganak mevalar, hamda xashaki poliz kiradi.
Ko‘k oziqalar boshoqli va dukkakli bo’lib yaylovlarda yoki sug’oriladigan maydonlarda yetishtiriladi. Ulardan bahordan boshlab kech kuzgacha, ba‘zan konveyer tashkil qilganda yil bo’yi foydalanish mumkin. Ko’k oziqalar ayniqsa, protein, minerallar va vitaminlarga boy bo’ladi.
Silos makkajo’xori, kungaboqar va jo’xorilardan konservatsiyalash natijasida olingan oziqa bo’lib, kavsh qaytaruvchilar va boshqa hayvonlar tomonidan suyib iste’mol qilinadi. Bostirishda massa namligi 65-70% tashkil qiladi.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling