Mavzu: O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari
Download 17.12 Kb.
|
21-dars
Yashna, gulla ona Vatanim! yozuvi hosil bo‘ladi.
5–misol. program o`zlashtirish_chiqarish; var a,b:integer; begin a:=23; b:=a+21; write(‘b ning qiymati ‘, b, ‘ ga teng‘); end.
Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida b ning qiymati 44 ga teng yozuvi hosil bo‘ladi. Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaruvchidan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a – haqiqiy turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, chiqarish formatida ikkita parametr – chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(a:10:2); operatori a ning qiymatini chiqarish uchun 10 ta xona ajratadi, shundan bitta xonasi nuqta va ikkita xonasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta parametr – chiqarilayotgan songa ajratilgan xonalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(b:6);. Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi. Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=3.24; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘,a:6:2); operatori ekranga a=__3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi). Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining “uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi. 7–misol. var a,b : real; Begin a:=3.24; b:=5; writeln(‘a=‘,a); writeln(‘b=‘,b); end. Kompyuter ekranida a=3.2400000000E+00 b=5.0000000000E+00 8–misol. var a,b : real; Begin a:=3.24; b:=5.3; writeln(‘a=‘, a:6:2); writeln(‘b=‘,b:1:0); end. Kompyuter ekranida a= 3.24 b=5 Keltirilgan ikkala misolda ekranga chiqarilgan a va b o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. 8-misoldagi ekranga chiqarilgan axborot albatta 7 misoldagiga nisbatan aniq va tushunarli ko‘rinishga ega. Sonning kasr qismidagi kerakli raqamlar sonini aniq bilmagan hollarda ekranga noto‘g‘ri natija chiqarmaslik uchun chiqarish formatidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Yodda tuting: ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi. IV. Mashqlar 1. Quyidagi ifodalarni o‘zlashtirish operatori yordamida yozing. a) a= 48; b= 51; javob: a:=48; b:=51 b) x= 0; a= 3,6x+sinx; javob: x:=0; a:=3.6*x+sin(x); d) g= 4; g= g+16; javob: g:=4; g:=g+16; e) a= 9,81; m= 50; F= m a; javob:a:=9.81;m:=50;F:=m*a; f) x= 1; ; javob: x:=1; y:=(x-63)/(21-7*x); g) z= 25; z= ; javob: z:=sqrt(z); 2. Chiqarish operatorlari bajarilgach natija ekranda qanday aks etishini yozing. a) write(‘a=‘); write(2+3); b) writeln(‘a=‘); write(2+3); d) write(‘a=‘); writeln(2+3); write(‘=‘); write(‘2+3‘); write(‘=‘); writeln(‘2+3‘); write(‘=‘); writeln(‘2+3‘); javob: a=5=2+3 javob: a=5=2+5 javob: a=5 =2+3 3. Paskalda yozilgan quyidagi dastur lavhalaridagi barcha o‘zgaruvchilarning oraliq qiymatini va ekranga chiqadigan natijani aniqlang. a) a:= -cos(pi)-sin(pi/2); x:=x*x+a writeln(‘a=‘,a); write(‘x=‘,x); a=-1; x=1 a=-1; x=1 d) a:= ‘Men ‘; g:= ‘mustaqil ‘; b:= ‘O`zbekiston‘; m:= ‘ farzandiman!‘ write(a, g, b, m); a= ‘Men ‘; g= ‘mustaqil ‘; b= ‘O`zbekiston‘; m= ‘ farzandiman!‘ Men mustaqil O`zbekiston farzandiman! V. Uyga vazifa. 2. Chiqarish operatorlari bajarilgach natija ekranda qanday aks etishini yozing. e) write(‘a=‘); write(5); f) writeln(‘a=‘); writeln(5); g) write(‘a=‘); writeln(5); writeln(‘=‘); write(‘2+3‘); write(‘=‘); write(‘2+3‘); writeln(‘=‘); write(‘2+3‘); OIBDO:_____________________________ Download 17.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling