Mavzu: O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari Dars maqsadi


Download 44.5 Kb.
Sana08.12.2020
Hajmi44.5 Kb.
#162427
Bog'liq
Informatika-9-sinf-taj-sin



Dars o’tish vaqti 21.11.2011 yil
Fan – Informatika 9 – sinf

Mavzu: O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari

Dars maqsadi:

a) Talimiyligi: O’quvchilarga o’zlashtirish operatorini o’rgatish

b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish

C) Rivojlantiruvchi : Esda saglash malakasini o`stirish
Dars metodi : Aralash

Dars turi Yangi bilim beruvchi

Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik
Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.

Darsning plani.



Tashkiliy qism .

O`tgan mavzuni so`rash .

Yangi mavzuni o`rganish .

Darsni mustahkamlash

Uyga vazifa

Drsning borishi

Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha aqliy hujum.

Ahamiyatni anglash:


O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
1. O’quvchi bilishi kerak: Ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorini

2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 mashq

Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;

Darsning borishi:

O’zlashtirish operatori. O’zlashtirish operatori o’zgaruvchilarga qiymat berish uchun qo’llaniladi. U : = belgi bilan ifodalanadi. O’zlashtirish operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

O’zgaruvchi : = algebraik ifoda;

Bu operator bajarilganda algebraik ifoda hisoblanib, uning qiymati o’zgaruvchiga beriladi.

1- misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o’zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo’ladi.

var a : integer;

begin

a := 22 ;

end.

2 – misol . Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o’zgaruvchining qiymati “olma” so’ziga teng bo’ladi.

var meva : string ;

begin

meva : = ‘olma’ ;

end.

Keltirilgan misollarda o’zgaruvchilar turli qiymatlar qabul qildi. Ammo biz ularning natijasini ko’rmaymiz. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma'limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko’rinishga ega:

Write (chiqarish ro’yxati) WriteLn (chiqarish ro’yxati),

bunda Write (ing. — yozish) — Paskalning xizmatchi so’zi; chiqarish ro’yxati — o’zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo’lgan ma'lumotlar. Ular ifoda, o’zgaruvchi yoki o’zgarmaslar bo’lishi mumkin. Chiqarish ro’yxatida ifoda qatnashsa, avval u hisoblanib, hosil bo’lgan natija ekranga chiqariladi. Chiqarish ro’yxatidagi o’zgarmaslar belgili yoki satrli bo’lsa, albatta, apostrof ichiga olinishi shart.

Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operatori yordamida ma'lumotlar ekranga chiqarilgach, yurgich ekranning shu satrida qoladi, ya'ni ekranga keyingi chiqariladigan ma'lumotlar shu satrga (yurgich turgan joydan) chiqariladi. Writeln operatorida esa ma'lumotlar ekranga chiqarilgach, yurgich keyingi satr boshiga o’tadi.

3- misol.

begin

write ('paskal ');

write ('dasturlash ');

write ('tili'); end.

4- misol.

begin

writeln ('paskal'); writeln ('dasturlash'); writeln ('tili'); end.

Dastur bajarilgach, kompyuter ekranida

Paskal

dasturlash

tili

yozuvi hosil bo’ladi.
1. O’zlashtirish operatori qanday vazifani bajaradi?

2. O 'zlashtirish operatorining umumiy ko 'rinishini misollar bilan izohlang.

3. Ma 'lumotlarni chiqarish operatorining umumiy ko 'rinishi qanday?

4. Ma 'lumotlarni chiqarish operatorining ko 'rinishlarini tushuntiring.

5. Malumotlami chiqarish operatorining vazifasi nima?

6. Ma'lumotlami chiqarish operatorida apostrofichidagiyozuvlar nima?
Uyga vazifa : 2 mashq

Buxoro viloyat Romitan tumanidagi 1- umumta’lim maktabida tashkil etligan ilg’or pedagogik texnologiyalar tajriba tadqiqot maydonida aniq va tabiiy yo’nalaishdagi fanlar bo’yicha o’tkazilgan o’zlashtirishi qiyin mavzu bo’yicha dars tahlilining

Bayonnomasi.

Sana 21- noyabr .2011 9-a Sinf:

Fan: Informatika

Mavzu: O`zlashtirish va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari.
Tahlilga qatnashganlar.: TXTB metodisti O. Barotov, maktab direktori: Jumayeva M, o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Halimova M, matematika fani o’qituvchilari Narziyeva Lolalar ishtirok etdilar .

Dars tahlilidan maqsad: Qiyin mavzuni o’zlashtirishda qo’llangan dars usullarining ahamiyatini, natijaviyligini aniqlash.

Kun tartibi:

Informatika fani o’qituvchisi Boltayev A tomonidan 9 –a sinfda Informatika fanidan O`zlashtirish va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari. mavzusini o’tishda qo’llangan ilg’or dars usullari va ularning natijaviyligi to’g’risida .

Eshitildi:

Mazkur masala yuzasidan o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Halimova M so’zga chiqib, o’qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlashda sinfni guruhlarga bo`lib har bir o`quvchi bilan alohida ish olib bordi. O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin yangi mavzuga zamin tayyorladi. Mavzuga mos guruh topshiriqlarning tanlanganligi ayniqsa diqqatga sazovor.

O’tilgan mavzu mukammal takrorlandi. Yangi mavzu O`zlashtirish va ma`lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari. mavzuga yaxshi zamin tayyorlangach e’lon qilindi. Yangi mavzu bayoni davomida o’qituvchi proyektor orqali slaytlar namoish qilib yangi mavzuni o`quvchilarga bayon etdi , o’quvchilar bilan “Aqliy hujum ”, usulini yaxshi qo’lladi. Guruhiy topshiriqlar yakunida guruhlarning o’tkazgan taqdimoti o’quvchilarning mavzu bo’yicha yaxshi o’zlashtirganligidan dalolat berdi. Dars yakunida guruhlarning faoliyati va har bir o’quvchining faoliyati baholandi. Shuningdek mazkur mavzu bo’yicha 5 ta test topshiriqlarning bajarilishi tekshirildi.

Natijalar quyidagicha.

Tajriba sinov sinfida 82%

Nazorat sinfida 78%



Mazkur masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:

  1. Boltayev A ning darsda qo’llagan “Aqliy hujum”, usuli mavzuga mos tanlanganligi qayd etilsin.

  2. Maskur dars usullarining natijaviyligi dars yakunida olingan test natijalariga ko’ra belgilansin.

  3. Informatika fanini o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilsin.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: M. Halimova.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling