„Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB jahonning yetakchi banklarining mukofotlari bilan taqdirlandi. 2010-yilda bank Citibank N.A. bankining „AQSh dollarida amalga oshirilgan xalqaro toʻlovlarning benuqson sifati uchun“ (Quality Recognition Award) bilan taqdirlandi. - „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB jahonning yetakchi banklarining mukofotlari bilan taqdirlandi. 2010-yilda bank Citibank N.A. bankining „AQSh dollarida amalga oshirilgan xalqaro toʻlovlarning benuqson sifati uchun“ (Quality Recognition Award) bilan taqdirlandi.
- 2012-yilda bank Commerzbank AG ning „Uzoq muddatli hamkorlik uchun“ (Long-StandingPartnershipAward) va 2014-yil avgust oyida „2013-yilda hujjatli operatsiyalar sohasida mukammal hamkorlik uchun“ (Tradeaward, great partnership of the year 2013) mukofotlari bilan taqdirlandi.
- Bank yuqori nufuzli Germaniya sertifikatlashtirish organi TUV tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi boʻyicha banklarni sertifikatlash tartib-amallaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va sertifikatga ega boʻldi.
- Bank UzR Monopoliyaga qarshi qoʻmitasi va Milliy marketing markazi tomonidan Oʻzbekiston banklari oʻrtasida berilgan „Yil brendi — 2019“ mukofotining sohibi hisoblanadi.
- 2021-yilda O‘zsanoatqurilishbank MDH mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “SAP Quality Awards” tanlovida “Raqamli evolyutsiya” nominatsiyasi g‘olibi deb eʼtirof etilgan[
Bankning oliy boshqaruv organi aksiyadorlar yigʻilishi hisoblanadi. Taʼsischilar yigʻilishlari oraligʻidagi davrda bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi keyingi boshqaruv organi — Bank Kengashi hisoblanadi. Bankning bevosita ijro etuvchi organi -Bank Boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari boshchiligidagi Bank Boshqaruvi hisoblanadi. Bank Boshqaruvi tarkibiga bankning asosiy tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari kiradi. - Bankning oliy boshqaruv organi aksiyadorlar yigʻilishi hisoblanadi. Taʼsischilar yigʻilishlari oraligʻidagi davrda bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi keyingi boshqaruv organi — Bank Kengashi hisoblanadi. Bankning bevosita ijro etuvchi organi -Bank Boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari boshchiligidagi Bank Boshqaruvi hisoblanadi. Bank Boshqaruvi tarkibiga bankning asosiy tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari kiradi.
- Bank tarmogʻi respublika boʻylab 45 ta filialni va 43 ta bank xizmatlarini koʻrsatish markazlarini oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |