Mavzu: Ozuqalarning uglevodga toʻyimliligi Reja: Uglevodlarning umumiy taʻrifi


Download 28.49 Kb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1018152
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Erkinov Murod

Uglevodlar tabiatda eng koʻp tarqalgan, massasi jihatidan yerda tarqalgan organik birikmalarning asosiy qismini tashkil etadi va hamma oʻsimlikda mavjud. Inson va hayvonlar tanasida uglevodlar oqsillar va lipidlardan nisbatan kam. Tana quruq vaznining 2% dan oshmaydi, lekin oʻsimliklar organizmida sellyuloza (kletchatka hisobiga quruq vaznning 80% gachasini tashkil etadi. Shu sababli biosferada uglevodlarning miqdori qolgan hamma organik birikmalarnikidan koʻproqdir.
Uglevodlar tirik tabiatda juda katta ahamiyatga ega. Ular tirik organizmlarda energiya vazifasini bajaradi. Hayvonlar organizmining energiyaga boʻlgan talabining 60% i uglevodlar metabolizmi hisobiga taʻminlanadi. Qolgan 40% i esa oqsil va yogʻlar hisobiga toʻgʻri keladi. Miya faoliyati uchun glyukoza birdan-bir energiya manbaidir. 1 g uglevod toʻla parchalanganda. 4,1 kkal energiya ajraladi. Hayvonlar organizmida glikogen, oʻsimliklarda esa kraxmal metabolitik jarayonlarda zahira energiya manbai boʻlib hisoblanadi.
Hamma tirik organizmlar uchun uglevodlarning asosiy manbai oʻsimliklarda amalga oshadigan fotosintez jarayonidir. Faqat oʻsimliklarda polisaxaridlar xosil boʻladi. Fotosintez jarayoni oʻsimliklarning yashil organlari xlorofil donachalarida amalga oshadi. Xlorofillarda qoʻyosh energiyasi taʻsirida karbonat angidrid suv bilan reaksiyaga kirishib – qaytarilib uglevodlarni hosil qiladi.
Fotosintez:
Quyosh energiyasi
n SO2 + n Cn (H2 O) n + nO2
Xlorofill
Donachalari
Bunda 686 kkal energiya yutiladi, yaʻni energiya yigʻiladi. Bu energiya hayvonlar organizmida uglevodlarning metabolizmida, ximiyaviy nuqtayi nazardan ularning oksidlanishida ajraladi:
Metabolizm:
Sn (N2 O) n - n SO2 n SO2 + n N2 O + 686 kkal
Agarda bu katta energiya issiqlik energiyasi sifatida ajralsa. Organizmga kuchli salbiy taʻsir koʻrsatadi. Bu energiyaning maʻlum qismi issiklikga aylanadi, lekin koʻp qismi adenozintrifosfat (ATF) ning makroergik bogʻlarida yigʻiladi va zaxirada saqlanadi hamda organizm hayot faoliyatida muskullar qisqarishi, nerv impulslari uzatilishi va hakazolar sarflanadi.
Fotosintez va hosil boʻlgan uglevodlar metabolizmi bir-biriga qarama-qarshi jarayondir. Bir tomondan hayvonlar uglevodlarni ozuqa sifatida isteʻmol qilib kislorod taʻsirida hayot faoliyati uchun zarur energiyasiga aylantiradi yoki boshqa kerakli moddalar sintezida foydalanadi. Bunda uglevodlar bilan bir qatorda katta miqdorda kislorod sarflanadi va zararli boʻlgan karbonat angidrid ajralib chiqadi.
Ikkinchi tomondan oʻsimliklar hayvonlar chiqindisi karbonat angidrid gazini yutib xlorofil donachalarida quyosh energiyasi va suvdan foydalanib uglevodga aylantiradi hamda atmosferaga kislorod ajralib chiqadi. Bu tabiat moʻjizasi natijasida yerdagi moddalar balansi saqlanib qolmoqda. Masalan, kungaboqarning 1 m2 barglari 3 m3 havodagi 900 s m3 karbonat angidridni yutib 0,5-1 g gacha uzum shakarini hosil qiladi yoki 1 gektar yerdan 40 s bugʻdoy hosili olish uchun oʻsimlik bugʻdoy dalasida yoz boʻyi 20 t karbonat angidrid va 7,3 t suvni oʻzlashtirib 10 t dan ortiqroq organik modda hosil qilishi va atmosferaga 13 t atrofida kislorod chiqarishi kerak boʻladi. Umuman oʻsimliklar xar yili 170 mlrd t uglerodni oʻzlashtirib va 145 mlrd t kislorod yetkazib beradi. Bu sarflanayotganidan ancha ortiqdir.
Uglevodlarning oʻsimliklar va xayvonlar organimidagi asosiy hosassi qoʻyidagilardir:

  1. Energiya manbai sifatida.

2 Oʻsimliklarda tayanch modda sifatida (keltchatka).
3. Zaxira modda sifatida (gligogen, kraxmal).
4. Maxsus xususiyatlar – hayvonlar organizmida bir turdagi aminokislotadan boshqa turdagi aminokislotalarning hosil boʻlishida. Bulardan tashqari kavshovchi hayvonlarning katta kornida va meʻdasi bir boʻlimli hayvonlarning koʻr ichaklarida yashaydigan koʻplab har xil mikrofloralarning meʻyorida rivojlanishi uchun xam uglevodlar juda zarurdir. Bu mikrofloraning ozuqa orkali oshkozonga kelayotgan uglevodlarning turiga juda sezgidirlar
Azotsiz ekstrakt moddalar. Bu guruh tozalanmagan yogʻ va tozalanmagan kletchatkadan tashqari xamma azotsiz mioddalarni oʻz ichiga oladi. Azotsiz ekstrakt moddalar (AEM) guruhiga kiradigan hamma birikmalar har xil polimerlikdagi uglevodlar boʻlib, ularga mono va disaxarid, tri va tetrasaxaridlar xamda polisaxaridlar kiradi.

Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling