Mavzu: pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari
Download 17.47 Kb.
|
Mavzu pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari-fayllar.org
Mavzu: pagemaker dasturi va unda ishlash asoslari Mavzu: PAGEMAKER DASTURI VA UNDA ISHLASH ASOSLARI Page Maker dasturi uchun matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Matn muharrirlari matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun maxsus tuzilgan dasturdir. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda yozish qiyinchilik tug`diradi, yoki matnning bir qismini ramkaga olish yoki bo`lmasa ustunlar orasida vertikal chiziqlar chizish kabi ishlarni bajarisn mumkin emas. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlash uchun maxsus tuzilgandir. Bu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlarni qabul qilib, sahifaning yakuniy ko`rinishni tayyorlaydi. Matnni tahrir qilishda o`zingiz yaxshi bilgan ixtiyoriy matn muharriridan foydalanishingiz mumkin. Microsoft Windows ga tegishli Write dasturi matnni tahririash uchun juda qulaydir. Matnni tayyorlashda Word muharririning imkoniyati kengroqdir. Word muharriri Windows bilan ishlashga, ham Page Maker dasturi bilan ishlashga moslashtirilgandir Kompyuter xotirasiga yozilgan matnni ko`zdan kechirib o`qib chiqish ko'p vaqt talab qilmaydi. Ko`pgina matn muharrirlari sintaksis xatolarni tekshitruvchi dasturlarni o`z ichiga oladi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga tuzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozimdir. Chunki, nashriyot dasturida tuzatilgan matnni qayta matn muharririga uzatish mumkin emas, Word matn muharririda turli shriftlardan foydalanish imkoniyati bor. Shuning uchun matnni tahrirlab bosib chiqarishda shu matn muharrirlaridan foydalanish mumkin. Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o`ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin quyidagilami qabul qiladi: shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harf va kichik harflar. qo`shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi; matn muharririda o`rnatilgan chap chegara o`zgarishsiz qoladi. Page Maker matn satrini ustun kengligida ajratadi; matnning chap va o`ng chegaralari Page Maker dasturi o`rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Misol uchun, matnli faylda chap chegara 1 duym qilib berilgan bo`lsa, u holda Page Maker matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiradi; Enter yoki Return klavishalari paragraming oxiri deb qabul qilinadi; tabulatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Page Maker da ustunning l ta satridagi tabulatsiya simvollarining soni 20 tadan oshmasligi kerak. Har bir qatorning oxiri karetkani qayrish simvoli bilan belgilanadi. Siz ishlatgan shrift o`rnatilgan printerda bo`lmagan taqdirda Page Maker dasturi o`sha shriftni eslab qoladi. Matnni bosib chiqarishda o`sha shriftga ko`rilishi yaqin bo`lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printemi almashtirib kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin. Page Maker 2 Mbaytgacha bo`lgan matnii fayllarni qabul qiladi, lekin vaqtdan yutish maqsadida katta hajmli fayllarni hajmi 64 Kbaytgacha bo`lgan bir nechta fayllarga bo`lish tavsiya qilinadi. Windows muhitidagi Clipboard sohasi 64 Kbaytgacha bo`lgan fayllar bilan ishlashga mo`ljallangandir. Matnlarni ko`pincha Page Maker dasturining o`zida formatlash qulay hisoblanadi. Download 17.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling