Mavzu: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar
Mantiqiy ulanishni о‘rnatish orqali uzatish
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual kanalni о‘rnatish orqali uzatish
Mantiqiy ulanishni о‘rnatish orqali uzatish. Paketlar xarakatini biz kо„rib chiqadigan keyingi usuli paketlarning almashish “tarixini” bilishga asoslangan va u deytagramma usuliga nisbattan paketlarga ancha samarali ishlov beradi. Masalan, ulanishlarni о„rnatish xisobiga axborotlarni uzatishni yuqori ishonchliligini ta‟minlanishi paketlarni nomerlash, ikkinchi nusxasini tashlab yuborish, kelgan paketlarni va uzatishlarni takrorlashni tartibga solish yо„li bilan amalga oshiriladi.
Tarmoqning ikki oxirgi tugunlarining paketlar bilan almashish jaroyonining ba‟zi kо„rsatgichlarini moslashtirish amali mantiqiy ulanishni о‘rnatish deb ataladi. Ikki muloqat qiluvchi tugunlar kelishadigan kо„rsatgichlarni mantiqiy ulanish kо‘rsatgichlari deb ataladi. Ulanish kо„rsatgichlari doimiy bо„lishi mumkun, yani ulanish davrining oxirigachan о„zgarmas (masalan, ulanish identifikatori, paketni shifrlash usuli yoki payetning axborotlar maydonining maksimal о„lchami), yoki о„zgaruvchan, yani ulanishlarning xozirdagi xolatini dinamik aks ettiruvchi (masalan, uzatilayotgan paketlarning ketma-ket nomeri). Ulanishlarni о„rnatish amali odatda uchta qadamdan iborat bо„ladi. 1.Ulanishlarga tashabbuskor bо„lgan tugunni qabul qiluvchi tugunga ulanish о„rnatishga taklifi bilan xizmatchi paket jо„natadi. Agarda qabul qiluvchi tugun bunga rozi bо„lsa, u xolda unga javob tariqasida boshqa xizmatchi paket jо„natadi, unda ulanishni о„rnatilishini tasdiqlovchi va ushbu mantiqiy ulanish doirasida ishlatiladigan ba‟zi kо„rsatgichlarni taklif qilinadi. Bu masalan, ulanish identifikatori, olinganligini tasdiqlamasdan jо„natish mumkun bо„lgan kadrlar soni va boshqalar bо„lishi mumkun. Ulanishlarga tashabbuskor bо„lgan tugun ulanishni о„rnatish jarayonini tugatish uchun uchinchi xizmatchi paketni jо„natish orqali amalga oshiradi, unda taklif etilgan kо„rsatgichlar unga tо„g„ri kelishi xabar qilinadi. Ulanish о„rnatilgandan sо„ng va barcha kо„rsatgichlar kelishilgach, oxirgi tugunlar о„z axborotlarini uzatishni boshlaydilar. Axborotlar paketi kommutatorlar tomonidan xuddi deytagrammali usulida uzatish kabi ishlov beriladi: paket sarlovxasidan borishi kerak bо„lgan manzil olinadi va kommutatsiya jadvali bilan solishtiriladi, jadvalda yо„nalish bо„yicha keyingi qadam xaqida axborot mavjut. Deytagrammalar kabi paketlar xam bitta mantiqiy ulanishga tegishli bо„lganlari ba‟zi xollarda (masalan, aloqa yо„li ishdan chiqqanda) manzilga turli yо„nalishlardan yetkazilishi mumkun. Biroq ulanishlarni о„rnatish orqali uzatishning deytagrammali uzatishdan muxum farqi mavjut, unda kommutatorlarda paketlarga ishlov berilishidan tashqari oxirgi tugunlarda paketlarga qо„shimcha ishlov beriladi. Masalan, agarda ulanishlarni о„rnatishda axborotlarni uzatish shifrlangan xolda uzatish kelishilgan bо„lsa, u xolda paketlarni shifrlash uzatuvchi tugun tomonidan amalga oshiriladi, shifrdan chiqarish esa qabul qiluvchi tugun tomonidan amalga oshiriladi. Xuddi shunday, mantiqiy ulanish doirasida ishonchlilikni ta‟minlash uchun paketlarni nomerlashni, yetkazilgan va yetkazilmagan paketlarning nomerini kuzatish, nusxalarni jо„natish va ikkinchi martta takrorlangan paketlarni tashlab yuboroish kabi barcha ishlarni oxirgi tugunlar о„z zimmasiga oladi. Mantiqiy ulanish mexanizimi axborot paketlariga differensial ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Xatto juft oxirgi tugunga tegishli bо„lgan oqimlarga xam turli ishlov berilishi mumkun. Masalan, juft oxirgi tugunlar ikkita parallel ishlovchi mantiqiy ulanish о„rnatishi mumkun, ulardan birida axborotlar shifrlangan kо„rinishda uzatilishi mumkun, boshqasidan esa ochiq ma‟tin kо„rinishida uzatilishi mumkun. Kо„rinib turibtiki ulanishlarni о„rnatish orqali uzatish axborotlarni uzatishda deytagramma usuliga nisbattan ishonchlilikni va xavsizlikni ta‟minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi. Biroq bu usul ancha sekin ishlaydi, chunki unda mantiqiy ulanishni о„rnatish va uni quvvatlash uchun qо„shimcha xisoblashlar talab etiladi. Virtual kanalni о‘rnatish orqali uzatish. Axborotlarni xarakatlanishining keyingi usuli mantiqiy ulanishning xususiy xoliga asoslangan, uning kо„rsatgichlaridan biri bо„lib barcha paketlarga qatiy aniqlashtirilgan yо„nalishdir. Yani ushbu ulanish doirasidagi barcha paketlar shu ulanishga biriktirilgan bir yо„ldan о„tishlari kerak. Paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqdagi oxirgi tugunlarni ulovchi yagona, oldindan о„rnatilib qayd qilingan yо„nalish virtual kanal deb ataladi. Virtual kanallar turg„un axborot oqimlari uchun о„rnatiladi. Umumiy trafikdan axborot oqimini ajratib olish maqsadida shu oqimning xar bir paketi maxsus alomat kо„rinishi bilan belgilanadi – tamg‘a (belgi). Mantiqiy ulanish о„rnatiladigan tarmoqlaridek virtual kanalni о„rnatish ma‟nba – tugundan maxsus paketni (ulanish о„rnatishga sо„rov) jо„natishdan boshlanadi. Sо„rovda jо„natilish manzili va oqim belgisi kо„rsatiladi, uning uchun bu virtual kanal о„rnatiladi. Sо„rov tarmoq orqali о„tib jо„natuvchidan to qabul qiluvchining yо„lida joylashgan xar bir kommutatorda yangi yozuv xosil qiladi. Yozuv о„rnatilgan belgiga ega bо„lgan paketga kommutator qandek xizmat kо„rsatishi xaqida ma‟lum qiladi. Xosil qilingan virtual kanal о„sha belgi bilan idetifikatsiyalanadi. Virtual kanal о„rnatilgandan sо„ng tarmoq u orqali tegishli axborot oqimini uzatishi mumkun. Foydalanuvchining axborotlarini tashuvchi barcha paketlarda jо„natilishi kerak bо„lgan manzil endi kо„rsatilmaydi, uning vazifasini virtual kanal belgisi bajaradi. Kommutatorning kirish interfeysiga paket kelganda kelgan paketning sarlovxasidan belgi qiymatini о„qiydi va о„zining ulanishlar jadvalini kо„rib chiqadi, u jadvaldan kelgan paketni qaysi chiqish portiga paketni berish kerakligini aniqlaydi. 1Коммутаторнинг коммутациялаш жадвали
V V 2 VC2
7 VC1 А VC1 вирт D 1 В C 6 9 8
VC2 виртуал канали 11 1.33-chizma. Virtual kanallar asosida paketlarni xarakatlanishi. 1.33-chizmada VC1 va VC2 belgilar bilan identifikatsiyalanuvchi ikki virtual kanal (Virtual Chanel, VC) о„tkazilgan tarmoq keltirilgan. Birinchisi 7 manzilli oxirgi tugundan, oraliqdagi 1 va 5 kommutatorlar orqali 4 manzilli oxirgi tugungachan. Ikkinchi virtual kanal VC2 axborotlarni 2 – 1 – 8 – 11 yо„ldan о„tishini ta‟minlaydi. Umumiy xolda ikki oxirgi tugunlar о„rtasida bir necha virtual kanallar о„tkazish mumkun, masalan, 7 va 4 tugunlar о„rtasida 8 oraliqdagi kommutator orqali yana bitta virtual kanal о„tishi mumkun. Chizmada kо„rsatilgan ikki paketning sarlovxalarida oqimlarning VC1 va VC2 belgilari keltirilgan, bu belgilar jо„natilishi kerak bо„lgan manzil vazifasini bajaradilar. Virtual kanallarni ishlatuvchi tarmoqlarda kommutatsiyalash jadvali deytagrammali tarmoqlardagi kommutatsiyalash jadvlidan farq qiladi. Jadval deytagramma algoritmli tarmoqlardagi bо„lishi mumkun bо„lgan barcha paket jо„natiladigan manzillar xaqida yozuvga ega bо„lmay, faqat kommutator orqali о„tuvchi virtual kanallar xaqidagi yozuvdan iborot bо„ladi. Odatda katta tarmoqlarda tugun orqali о„tkazilgan virtual kanallar soni tugunlarning umumiy soniga nisbattan ancha kam, shuning uchun bu xolda kommutatsiyalash jadvallari xam ancha qisqa, buning natijasida kommutator tomonidan jadvalni taxlil qilish xam kam vaqtni oladi. Shu sababli belgi oxirgi tugun manziliga qaraganda ancha qisqa va virtual kanalli tarmoqlarda paketning sarlovxasi tarmoq bо„ylab uzun manzilni olib о„tish о„rniga ixcham bо„lgan oqimning identifikatorini olib о„tadi. Bir tarmoq texnologiyasi doirasida axborotlarning xarakatlanishining turli usullari tadbiq etilgan bо„lishi mumkun. Deytagrammali IP protokol Internetni tashkil etuvchi aloxida tarmoqlararo axborotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Shu bilan bir vaqtda shu tarmoqning oxirgi tugunlari о„rtasida axborotlarni ishonchli yetkazish uchun TSR protokoli shug„ullanadi, u yо„nalishni qayd qilmasdan mantiqiy ulanish о„rnatadi. Va nixoyatda Internet – bu virtual kanallar texnikasini ishlatuvchi tarmoqqa misol, chunki Internet tarkibida virtual kanallarni quvvatlovchi ATM va Frame Relay tarmoqlari kam emas. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling