Mavzu: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar
Download 0.78 Mb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa operatorlarining tarmoqlari . Umumiy ega bо‘lish xizmatlariga
- Kompyuter tarmoqlarining xizmatlari
- Xizmatlarni beruvchi yoki provayder
- Ommaviy (shaxsiy) mijozlar
- Korporativ tarmoqlar . Korporativ tarmoqlar
- Korxona о‘lchamidagi tarmoqlar , yoki korporativ tarmoqlar
Magistral tarmoq aloxida ega bо„lish tarmoqlarini birlashtiradi, yuqori tezlikdagi kanallar yordamida ular о„rtasida trafik tranzitini taminlaydi. Axborot markazlari yoki servislarni boshqarish markazlari, tarmoq axborot xizmatlarini xavola qiladi. Bundek markazlarda ikki turdagi axborotlar saqlanishi mumkun: foydalanuvchi uchun va yordamchi xizmat uchun. Foydalanuvchi uchun axborot – bu axborot, uni bevosita tarmoq oxiridagi foydalanuvchilar qiziqtiradi. Kompyuter tarmoqlarida bu turdagi axborot resursi sifatida misol bо„lib veb-saytlar xizmat qilishi mumkun, ularda turli-tuman ma‟lumotnoma va yangilik axborotlari, elektron magazin axborotlari va xokazolar joylashtirilgan bо„ladi. Telefon tarmoqlarida u kabi markazlar shoshilinch chaqiruv xizmatlarini amalga oshiradilar (masalan, militsiya, tez tibbi yordam) va turli korxonalarning ma‟lumotnoma xizmatlarini – dorixona, vokzal, aeroport vaxokazolar. Yordamchi xizmat axborotlar xizmatlarni xavola qiluvchilar uchun foydalanuvchilarga masalan, foydalanuvchilarni turli autentifikatsiya va mualliflashtirish tizimlari; tarmoq egasi bо„lgan korxonaga foydalanuvchilarni u yoki bu axborotga ega bо„lish xuquqi mavjutligini tekshirish xizmatlarini xavola qilish bilan yordam qiladi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining kо„pchiligi о„z tarkibiga tarmoqlarni boshqarish tizimini (Network Management Systems, NMS) oladi, ular ma‟murning tarmoq xolatini monitoringini amalga oshirishni avtomatizatsiyalashtiradi va tarmoq qurilmalarini va servisining xolatlarini о„zgartiradi (konfiguratsiyalashtiradi). Bu kabi tizimlar uchun ajtatilgan kompyuterda ishlovchi odatda murakkab dasturiy tо„plamga ega bо„ladilar. Aloqa operatorlarining tarmoqlari. Umumiy ega bо‘lish xizmatlariga (servislar) mо„ljallangan telekommunikatsion tarmoqni yaratuvchi maxsuslashtirilgan korxona, bu tarmoq egasi bо„ladi va uning ish faoliyatini quvvatlovchisini esa aloqa operatori deb ataladi. Aloqa operatorlari о„z ish faoliyatlarini kommersiya asosida xizmatlardan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzish orqali olib boradilar. Xozirgi zamon aloqa operatorlarining xususiyati bо„lib, ular odatda bir necha turdagi xizmatlarni amalga oshirishidir, masalan, telefoniya va Internetga ulanish xizmatlari. Telefon xizmatlari о„z tarkibiga ikki abonentni о„zaro ulash, chaqirishlarni qayta manzillash, tovush pochtasi va ma‟lumotnoma xizmatlariga ulash xizmatlarini oladi. Kompyuter tarmoqlarining xizmatlari – bu Internetga ega bо„lish xizmatlarini xavola qilish, elektron pochta, axborot portallari, maxalliy tarmoqlarni ulash va boshqalar. Ba‟zi bir xizmat turlari kompyuter tarmog„i bilan telefon tarmoqlarining birgalikda operativ muloqatini ta‟lab etadi. Bundek xizmatlarga yorqin misol bо„lib xalqaro IP-telefoniya bо„la oladi, u ananaviy xalqaro telefoniyadan sezilarli darajada mijozlarning kо„p qismini о„ziga oldi. Xizmatlarni boshqa tamoil bо„yicha xam ajratish mumkun – transport va axborot. Telefon orqali sо„zlashuv – bu birinchi turdagi xizmatga misol bо„ladi, chunki operator tovush trafigini bir abonentdan boshqasiga yetkazadi. Axborot xizmatlariga telefon tarmog„idagi ma‟lumotnomalar xizmati yoki veb-sayt bо„la oladi. Aynan shu xizmatlarni ajratish tamoili telekommunikatsiya kompaniyalarining nomlarida aks etadi. Biz “operator” iborasini ananaviy asosiy biznesi xar doim telefon xizmatlarini kо„rsatish va aloqa kanallarni ijaraga (arendaga) berish xizmatlari bо„lgan kompaniyalarga nisbattan ishlatdik, yani transport xizmatlarini amalga oshiruvchi. Xizmatlarni beruvchi yoki provayder nomlar Internet va uning WWW axborot xizmati ommaviy tarqalganidan sо„ng keng ishlatila boshlandi. Aloqa operatorining qurilmalari – telefon kommutatorlari, yо„naltirgichlar va kompyuter tarmoq kommutatorlari operator mavjut nuqtalar (Point of Presence, POP) deb ataluvchi joyda joylashtiriladi, yani maxsus jixozlangan texnik markazdan iborat bо„ladi. Telekommunikatsion tarmoq xizmatlaridan foydalanuvchi barcha mijozlarni ikki katta guruxga ajratish mumkun. Ommaviy (shaxsiy) mijozlar, ular uchun xizmatlardan foydalanish joyi kо„p qavatli uy yoki xususiy uy bо„lib xizmat qiladi. Korporativ mijozlar – bu turli yо„nalishdagi korxona va tashkilotlar, ular xudud bо„yicha tarqalgan xolda joylashgan bir necha bо„lim xamda filiallar va shuningdek kо„pincha uyda ishlovchi xizmatchilardan tashkil topgan bо„lib, ularga xizmatlarni kengaytirilgan tо„plami zarur bо„ladi. Avvalam bor, bundek xizmat tarmoqning virtual qismi (Virtual Private Network, VPN) bо„lib, aloqa operatori korxona uchun uning barcha bо„lim va filiallari xususiy tarmoq bilan ulanganligi xaqida tasavvur (illyuziya) xosil qiladi, yani mijoz-korxonaga tо„liq tegishli va mijoz-korxona tomonidan tо„liq boshqariluvchi. Turli turdagi mijozlarga xizmat kо„rsatuvchi aloqa operatorining tarmog„iga misol 1.39-chizmada keltirilgan. 1.39-chizma. Aloqa operatorining tarmog„i. Oxirgi vaqtlarda korporativ foydlanuvchilar kо„pincha nafaqat transport va yana operatorning axborot xizmatlaridan xam foydalanmoqdalar, masalan, о„z veb- saytlarini va axborotlar bazasini operator xududiga о„tkazmoqdalar, ularga ish faoliyatini ta‟minlash va korxona xizmatchilariga xamda balkim operator tarmog„ining boshqa foydalanuvchilariga xam tez ega bо„lishni ta‟minlashni yuuklamoqdalar. Korporativ tarmoqlar. Korporativ tarmoqlar –bu tarmoqning asosiy vazifasi shu tarmoqqa ega bо„lgan aniq korxona ishini ta‟minlashdan iborat. Korporativ tarmoq foydalanuvchilari faqat shu korxona xizmatchilari bо„lishi mumkun. Umumiy xolda korporativ tarmoq aloqa operatorining tarmog„idan farqli tashqaridagi tashkilotlarga yoki foydalanuvchilarga xizmat kо„rsatmaydi. Korporativ tarmoqlar xam aloqa operatori tarmog„i kabi telekommunikatsion tarmoqlarga tegishlidir va shuning uchun korporativ tarmoq tuzulishi avval kо„rib chiqilgan umumlashtirilgan aloqa operatori tarmog„ining tuzulishiga mos keladi (1.39-chizmaga qaralsin). Biroq farqlari xam mavjut. Masalan, korporativ tarmoqning tashkiliy birliklarining nomi nafaqat qoplash xududi bilan balkim korxonaning tashkiliy tarkibi bilan nomlanadi. Jumladan, korporativ tarmoqni bо„lim tarmoqlari va ishchi gurux, kampus va bino tarmog„iga, magistralga bо„lish qabul qilingan. Vaxolangki korporativ tarmoq rasmiy xoxishiy о„lchamdagi korxonaning tarmog„i bо„lsa xam, bо„lim va bino shajarajasidagi tarmoqni juda kam xolda korporativ tarmoq deb ataladi. Odatda bu nomni katta о„lchamdagi korxona tarmog„i uchun ishlatiladi, yani о„z tarkibiga kо„p sonli bо„lim va binolarni olgan xamda turli shaxarlarda joylashgan va global aloqalar bilan bog„langan tarmoqqa nisbattan ishlatiladi. Bо‘lim tarmoqlari – bu tarmoqni nisbattan katta bо„lmagan xizmatchilar guruxi tomonidan korxona bо„limlaridan birida foydalaniladi. Bu xizmatchilar qandaydir umumiy masalani xal qiladilar, masalan, xisob ishlarini yoki marketing. Korxona bо„limida 50-100 tagachan xizmatchi bо„lishi mumkun deb xisoblanadi. Bо„lim tarmog„i - bu maxalliy tarmoq bо„lib, bо„limga tegishli bо„lgan barcha xonalarni qamrab oladi. Bu bir necha xona yoki binoning qavatidagi barcha xonalar bо„lishi mumkun. Bо„lim tarmog„ining asosiy maqsadi maxalliy resurslarni taqsimlash, yani ilovalarni, axborotlarni, printerlarni va modemlarni. Odatda bо„lim tarmog„i о„z ixtiyorida bitta yoki ikkita fayl serverga ega bо„ladi va tarmoq ostiga bо„linmaydi. Korxona trafigining katta qismi bu tarmoqlarga jalb etiladi. 1.36-chizmada keltirilgan maxalliy tarmoq bо„lim о„lchamidagi tarmoqqa misol bо„la oladi. Bо„lim doirasidagi tarmoqni ma‟murlashtirish masalasi nisbattan oddiy: yangi foydalanuvchlarni qо„shish, oddiy buzulishlarni bartaraf etish, yangi qurilmalarni о„rnatish va dasturiy ta‟minotning yangi versiyalarini о„rnatish. Bundek tarmoqni mamuri sifatida shu bо„lim xizmatchilaridan biri о„z ish vaqining bir qismida shug„ullanishi mumkun. Bо„lim tarmog„i tashkiliy jixatidan bino tarmog„ining tarkibiga kirishi mumkun yoki korxonaning masofadagi ofis tarmog„i xam bо„lishi mumkun. Birinchi xolda bо„lim tarmog„i bino yoki kampus tarmog„iga maxalliy tarmoq texnologiyasi yordamida ulanadi, bugungi kunda u Ethernet oilasining namoyondalaridan biri bо„lishi mumkun. Ikkinchi xolda esa masofadagi ofis tarmoqg„i bevosita tarmoq magistraliga global tarmoq texnologiyalaridan biri yordamida ulanadi, masalan, Frame Relay. Bino (kampus) tarmog‘i bir korxonaning turli bо„limlarining tarmoqlarini bir bino doirasida yoki bir xudud (kampus) doirasida bir necha kvadrat kilometr maydonni qamrab olish doirasida birlashtiradi. Bino (kampus) tarmoqlarini qurish uchun maxalliy tarmoq texnologiyasi ishlatiladi, ularning imkoniyatlari kerakli xududni qamrab olishni ta‟minlash uchun yetarlidir. Bundek tarmoqlarning xizmatlari bо„lim tarmoqlari о„rtasidagi muloqatni, korxonaning umumiy bazasiga ega bо„lishni, umumiy faks-serverga xamda yuqori tezlikdagi modemlarga ega bо„lishni va yuqori tezlikdagi printelarga ega bо„lishni ta‟minlashdan iborat. Natijada korxonaning xar bir bо„lim xizmatchilari boshqa bо„limning ba‟zi fayllariga va resurslariga ega bо„la oladilar. Kampus tarmoqlarining xavola qiladigan muxum xizmatlari, bu korporativ ba‟za komppyuterning qaysi turida joylashganligidan qatiy nazar bu ba‟zaga ega bо„lishni ta‟minlashdir. Aynan kampus tarmoqlari darajasida bir turda bо„lmagan apparat vositalarni va dasturiy ta‟minotni birgalikda ishlatish muammosi xosil bо„ladi. Xar bir bо„limda kompyuter turlari, tarmoq operatsion tizimi va tarmoq apparat taminoti farq qilishi mumkun. Shu xolatdan kampus tarmoqlarini boshqarishning qiyinchiliklari kelib chiqadi.
Korporativ tarmoqlarda foydalanuvchilar soni va kompyuterlar soni minglab bо„lishi mumkun, serverlar soni esa yuzlab bо„lishi mumkun, aloxida xududdagi tarmoqlarning о„rtasidagi masofa shundek bо„lishi mumkunki global aloqalarni ishlatish zarurat bо„lib qoladi. Shuning uchun korporativ tarmoq tashkiliy tarmoq bо„lib, uni telekommunikatsion muxitda “suzib yuruvchi” maxalliy tarmoq “orolchalari” shaklida tasavvur etish mumkun. Masofadagi maxalliy tarmoqlarni va aloxida kompyuterlarni korporativ tarmoqqa ulash uchun turli telekommunikatsion vositalarni tadbiq etiladi, shu jumladan birlamchi tarmoq kanallarini, radio kanallarni, suniy yо„ldashli aloqa kanallarni. Korporativ tarmoqlar quyidagilar bilan farqlanadi, ularda birinchi navbatda axborot xizmatlarini amalga oshrish va faqat transport xizmatlari bilan chegaralanib qola olmaydilar. Aloqa operatorining tarmog„i axborot xizmatlarini amalga oshirmasligi mumkun, chunki foydalanuvchining kompyuteri ularning javobgarlik xududidan tashqarida joylashgandir, lekin korporativ tarmoq esa bundek qila olmaydi. Foydalanuvchining kompyuterlari va serverlar xar qandek korporativ tarmoqning ajralmas qismi bо„lganligi uchun loyixalashtiruvchilar va korporativ tarmoqqa xizmat kо„rsatuvchi mutaxasislar buni xisobga olishlari kerak albatta. Bundek murakkab va katta о„lchamdagi tarmoqda albatta bо„ladigan xolat bu yuqori darajada bir turda emasligi (geterogennost) - bir turdagi apparat va dasturiy vositalar yordamida minglab foydalanuvchilarning extiyojini qoniqtirib bо„lmaydi. Korporativ tarmoqlarda albatta turli turdagi kompyuterlar ishlatiladi – meynfremlardan to shaxsiy kompyuterlargachan, bir necha turdagi operatsion tizimlar va kо„p turli ilovalar. Korporativ tarmoqning bir tuda bо„lmagan qismi xam xuddi yaxlit bir butundek ishlashi kerak, foydalanuvchiga barcha kerakli resurslarga iloji boricha qulay va sodda ega bо„lishni xavola qilishi kerak. Korporativ tarmoqlarni paydo bо„lishi – bu taniqli falsafiy iborani yani sonni sifatga о„tishiga yaxshi misol bо„ldi. Turli shaxarlarda va xatto davlatlarda bо„limlarga (filiallarga) ega katta korxonaning aloxida tarmoqlarini yagona bir tarmoqqa birlashtirilganda, birlashgan tarmoqning kо„p miqdoriy kо„rsatgichlari qandaydir qaltis ostonadan (kriticheskiy porog) о„tadi, undan keyin esa yangi sifat boshlanadi. Bu sharoitda kichik о„lchamdagi tarmoqlardagi mavjut usullar va ananaviy masalalarni yechishga yondoshish korporativ tarmoqlar uchun yaroqsiz bо„lar ekan. Ishchi gurux tarmog„ida, bо„lim va xatto kampus tarmoqlarida ikkinchi darajali yoki umuman kо„rinmagan masalalar bu tarmoqda birinchi navbatga chiqdilar. Oddiy masala (katta bо„lmagan tarmoqlar uchun) misol bо„la olishi mumkun – tarmoq foydalanuvchilar xaqidagi xisobni yuritish. Uning eng oddiy xal qilinish usuli – bu barcha foydalanuvchilarni xisobga olingan axborotlarini xar bir kompyuterning axborotlarni xisobga olish lokal bazasiga joylashtirishdir, uning resurslariga bu foydalanuvchilar ega bо„lishlari kerak. Ega bо„lishga urunish bо„lganda axborotlar lokal xisobga olish bazasidan olinadi va uning asosida ega bо„lishga ruxsat etiladi yoki ruxsat etilmaydi. 5 – 10 ta kompyuterdan iborat bо„lgan katta bо„lmagan tarmoq uchun bu yondoshish yaxshi ishlaydi. Lekin tarmoqda bir necha mingta kompyuter bо„lganda esa va xar biriga bir necha о„nlab serverlarga ega bо„lish ta‟lab etilganda bu yechim juda samarasiz bо„lib qoladi. Tarmoq ma‟muri bir necha о„n marotaba xar bir foydalanuvchining xisob axborotini kiritishni takrorlashi (serverlar soniga teng) kerak bо„ladi. Foydalanuvchining о„zi xam shuningdek xar gal unga yangi server resurslariga ega bо„lish kerak bо„lganda mantiqiy kirish amalini takrorlashga majburdir. Katta tarmoqlar uchun bu muammoning yaxshi yechimi – bu tarmoqning barcha foydalanuvchilarining xisob yozuvi saqlanadigan axborotlar bazasida markaziy ma‟lumotnoma tizimini tadbiq etishdir. Ma‟mur bu ba‟zaga bir marotaba foydalanuvchi xaqidagi axborotni kiritish amalini bajaradi, foydalanuvchi esa bir martta aloxida olingan serverga emas butun tarmoqqa mantiqiy kirish amalini bajaradi. Tarmoq о„lchamining oshishi bilan uning ishlash ishonchliligiga, unumdorligiga va vazifalarni bajarish imkoniyatiga talablar ortib boradi. Tarmoq bо„ylab toboro axborotlar xajmi oshib boradi va tarmoq ularning xavsizligini xamda xavsizlik bilan bir qatorda ega bо„lishlikni (dostupnost) ta‟minlashi kerak bо„ladi. Bularning barchasi quvvatli xamda turli qurilmalar va murakkab dasturiy ta‟minot yordamida korporativ tarmoqni qurishga olib keladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling