Mavzu: Parmenid va Melesning borliq xaqidagi qarashlaridagi farqlar va umumiylikni aniqlash Reja
Download 162.78 Kb.
|
Mavzu Parmenid va Melesning borliq xaqidagi qarashlaridagi farq-fayllar.org
Mavzu: Parmenid va Melesning borliq xaqidagi qarashlaridagi farqlar va umumiylikni aniqlash Reja: Kirish. 1.Parmenid va Melesning borliq xaqida. 2. Borliq xaqidagi qarashlaridagi farqlar va umumiylikni aniqlash. 3. Borliqning asosiy yashash shakllari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Parmenid (qadimgi yunoncha: Παρμενίδης ὁ Ἐλεάτης)– yunon faylasufi. Parmenid janubiy Italiyada istiqomat qiluvchi aslzoda, boy-badavlat xonadonda dunyoga keldi. U faylasuf Ksenofan va Pifagorning izdoshi Aminiydan saboq olgan. Eleya maktabi vakili. Anaksimandr va pifagorchilar bilan gʻoyaviy yaqin boʻlgan. Falsafadan tashqari qonunshunoslik bilan qam shugʻullangan. Parmenid falsafasining asosida tafakkur bilan sezgilarni va shunga muvofiq ravishda tafakkur yordamida bilinadigan dunyo bilan sezgilar yordamida bilinadigan dunyoni bir-biridan keskin farqlash yotadi. Tafakkur bilan unga muvofiq keladigan (fikrda aks etgan) dunyoni "bir butun", "yagona", abadiy va qoʻzgʻalmas, bir xil, boʻlinmas va tugal deb bilgan. Borliq va tafakkurning aynanligini taʼriflab berishga urindi. Garchi, dunyoni hissiy bilishni inkor etmagan boʻlsada, ammo uni falsafiy va ilmiy tushunish uchun faqat hissiyotning oʻzi yetarli emas deb koʻrsatdi. Parmenid fikricha, akl-idrok haqiqat mezo-nidir. Parmenidga koʻra, olamning asosida 2 birinchi materiya; yorugʻ va faol olov hamda qorongʻi va passiv massa yotadi, olam ularning qoʻshilishidan paydo boʻlgan. Parmenidning asosiy falsafiy asari "Tabiat toʻgʻrisida" dostonidir. Meliss (Miloddan avvalgi V asr o‘rtalari). Qadimgi yunon faylasufi Meliss Janubiy Italiyaning Eleya shahrida tug‘ilib o‘sgan. Faylasuf Parmenid qo‘lida tahsil olgan. U: «Narsalarning cheksiz darajada ko‘pligi bir butunlik demakdir», degan g‘oyani isbotlashga uringan. Melissning «Tabiat haqida» asari bizgacha yetib kelmagan. Bu asar undan keyin yashagan mualliflar asarlarida keltirilgan ayrim parchalar orqali ma’lum, xolos. Meliss shunday ta’lim beradi: «Ibtidosi va intihosi mavjud narsalar hech qachon mangu va hadsiz bo‘lolmaydi...» Suv, yer, olov va havo deb atalmish to‘rt unsurning zamirida paydo qilib ham, yo‘qotib ham bo‘lmaydigan bir umumiy mohiyat borkim, uni mushtaraklik deb atamoq joizdir. Download 162.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling