Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1


Sharti avval va keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana16.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1777644
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Paskal dasturlash tili

 
Sharti avval va keyin tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. 
 
Shаrti аvvаl tеkshirilаdigаn tаkrоrlаnish jаrаyoni 
Tаkrоrlаnuvchi jаrаyonning bu ko’rinishi tаkrоrlаnish sоni оldindаn nоmа`lum bo’lgаn 
hоllаrdа, ya`ni tаkrоrlаnishdаn chiqish mа`lum shаrtgа bоg’liq bo’lgаn hоllаrdа ishlаtilаdi. 
Tаkrоrlаnishning bu jаrаyonidа tаkrоrlаnishdаn chiqish shаrti tаkrоrlаnish tаnаsini bаjаrishdаn 
оldin tеkshirilаdi. 
Ushbu оpеrаtоrning umumiy ko’rinishi quyidаgichаdir: 
::= WHILE DO 
<оpеrаtоrlаr > 
Bu operator siklik jarayonning takrorlanish soni qo’yilgan shartga bog’liq bo’lgan holda 
qo’llaniladi. 
Sharti oldin qo’yilgan sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha: 
While mantiqiy ifoda do S; 
Bunda while (hozircha), do (bajarmoq) xizmatchi so’zlar, S-sikl tanasini tashkil qiluvchi 
operatorlar. 
Bu operator quyidagicha bajariladi: dastlab mantiqiy ifodaning qiymati tekshiriladi. Agar 
mantiqiy ifoda chin (true) qiymat qabul qilsa, sikl tanasini tashkil qiluvchi operatorlar bajariladi. 
Bu jarayon to mantiqiy ifoda yolg’on (false) qiymat qabul qilguncha davom ettiriladi. Agar 
mantiqiy ifoda dastlab yolg’on qiymatlar qabul qilsa, u holda sikl tanasini tashkil qiluvchi 
operatorlar ketma-ketligi biror marta ham bajarilmaydi. Mantiqiy ifodadagi o’zgaruvchining 
qiymati sikl tanasida albatta o’zgarishi kerak bo’lmasa, bu operator bajarilishi hech qachon 
tugamaydi. While operatorida takrorlanishlar soni dastlab aniq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. 
Agar sikl tanasini tashkil qiluvchi operatorlar soni bittadan ortiq bo’lsa, u holda ular begin va 
end so’zlari orasiga olib yoziladi. 
Masalan; 
WHILE 
Ifоdа 
DO 
Оpеrаtоr 


24 
1) y:=1; K=0; 
while y<=M do begin y:=y+3; K=K+1 end ; 
2) X:=3.34; y:=1; V:=1 eps=0.0001; 
while abs(v)>=eps do begin v:=(x/y – y); y:=y+v end. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling