Mavzu: Paskal dasturlash tili r e j a: Kirish 1


Paskal algoritmik tilining asosiy operatorlari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana16.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1777644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Paskal dasturlash tili

 Paskal algoritmik tilining asosiy operatorlari 
 
Operatorlar – bu berilgan dasturlash tilida EHM da ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonidagi 
ma’lum bir tugallangan amalni ko’rsatish uchun mo’ljallangan ko’rsatmadir. 
Paskal tilida operatorlar sodda va murakkab operatorlarga bo’linadi. Sodda operatorlar o’z 
tarkibida boshqa operatorlarni saqlamaydi. Sodda operatorlarga ta’minlash, shartsiz o’tish, 
kiritish, chiqarish va bo’sh operatorlarga misol bo’la oladi. Murakkab operatorlar o’z 
tarkibida boshqa operatorlarni saqlaydi. Murakkab operatorlarga shartli o’tish, sikl hamda 
tanlash operatorlari va boshqa operatorlarni kiritish mumkin. Paskal tilida operatorlar bo’limi 
BEGIN so’zi bilan boshlanib, END bilan tugallanadi. Har bir operator ; (nuqtali vergul) bilan 
tugallanadi, oxirgi END dan keyin nuqta qo’yiladi. 
Ta’minlash operatori 
Chiziqli strukturali algoritmlarni dasturlashda operatorlar ketma-ket qanday yozilgan 
bo’lsa, shu tartibda bajariladi. Chiziqli strukturali algoritmlarni dasturlashda dasturlashda 
ta’minlash, berilganlarni kiritish va natija chiqarish operatorlari qo’llaniladi. 
O’zgaruvchilarni tegishli qiymatlarni dasturni o’zida berish hamda ifodaning qiymatini 
hisoblash uchun ta’minlash operatori qo’llaniladi. 
Ta’minlash operatori haq qanday dasturlash tilining asosiy operatori hisoblanadi. 
Operatorning umumiy ko’rinishi quyidagicha: 
V:=B; 
bunda V-o’zgaruvchi nomi; B-ifoda; : “=” ta’minlash belgisi. 
Bu operatorning bajarilishi quyidagicha: : “=” belgidan o’ng tomondagi ifodaning qiymati 
hisoblanadi va uni chap tomondagi o’zgaruvchiga ta’minlaydi. Bu operator bajarilishi uchun : 
“=” belgidan o’ng tomondagi ifodada qatnashgan barcha o’zgaruvchilarning qiymati aniqlangan 
bo’lishi shart. Ta’minlash belgisi “:=” oddiy tenglik “=” belgisidan farq qiladi. Bu farq faqat 
yozilishidan emas, balki mazmun jihatidan ham farq qiladi. 
Ta’minlash operatori arifmetik, mantiqiy, satrli va harfli bo’lishi mumkin. 
Masalan: 
X:=5; 
Z:=X*Y+X/Y; 
P:=SQRT(X+_Y)-LN(2*X); 
S:= ‘Samarqand’ ; 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling