Mavzu: Pavel Benkov Reja


Download 1.25 Mb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1336313
  1   2   3   4
Bog'liq
Pavel Benkov


Mavzu: Pavel Benkov
Reja:

  1. Pavel Benkov hayoti

  2. Pavel Benkov ijodi haqida

  3. O’zbekiston me’moriy manzarasi O’zbek rassomlari ijodida

Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Ijtimoiy ong shakllaridan biri - san’at-tabiat va jamiyatda bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan voqea-hodisalarni badiiy tasvirlarda ifodadanishidir. San’at o’zida moddiy olamning umumiy holatini va rivojlanishini aks ettirib, odamlarga uni bildiririshda muhim vosita bo’ladi va ularni siyosiy, ahloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo’lib xizmat qiladi. San’at voqelikning o’zida ifodalash uslubi va xarakteri, mazmuniga ko’ra tasviriy san’at, me’morchilik, adabiyot, musiqa, stirk, teatr, kino, radio-televideniya kabi turlarga bo’linadi.
San’atning eng ijobiy va muhim xusueiyati shundaki, u fandan farqli o’laroq voqea va hodisalarni tushunchalarda emas, balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik-badiiy obrazlarda ifodalaydi.
Ma’lumki, har bir jamiyat formastiyasi san’at rivojiga o’zining ma’lum iqdisodiysiyosiy pozistiyasida turib, ma’lum darajada sharoit yaratadi. Shu boisdan har bir jamiyat san’ati o’sha o’z davri talabida xizmat qiladi. San’at qaysi jamiyatga, kaysi sinfga va millatga xizmat qilishi va bu sinf va millatning iqtisodiy va siyosiy yo’lida xizmat qilishiga qarab, uni sinfiy va milliylik xususiyati belgilanadi.
Har bir jamiyatdagi san’at erkin, xalqchil, insonparvar, mehnatsevar va boshqa yuksak insoniy g’oyaviyligi asosida vujudga kelsa, bu san’at o’zida xalqparvar, insonparvar, vatanparvarlik va milliylik kabi ilg’or g’oyalarni ilgari surishga xizmat qiladi. Bu san’at keng mehnatkashlar ommasiga xizmat qiladi. Bu san’at xalqining maqsadi, vazifalari, orzu-umidlarini siyosiy va iqtisodiy yo’lini ifodalaydi.
Bu san’at har qanday shovinizm, byurokratizm, egionizm, molparastlik, irqchilik, zo’ravonlik, fohishabozlik, ayshi-ishratbozlik va man-manlikning barcha ko’rinishlariga qarshi kurashadi. Bu prinstiplar va talablar bugungi jahon progressiv insoniyatining ezgu niyatlarini, ularning orzu-umidlarini ham to’la ifoda etadi, Shu boisdan xalqimiz o’z san’atini qanchalik ardoqlab, unga hurmat va ehtirom bildirsa, jahon xalqlari ham bugungi o’zbek san’atiga ana shunday ixlos va ehtirom bilan qaraydilar.
O’zbek rassomlari ana shu talab va prinstiplardan kelib chiqqan holda o’zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan narsalar, voqealarni milliylik ma’naviyati asosida o’z asarlari syujetiga mavzu qilib oldilar. Chunki, ilg’or san’atkor rassomlarning dunyoqarashi keng, progressiv, ilg’or bo’dganidek, ularni qiziqtiradigan, hayajonga soladigan, o’ziga tortadigan vqkea va hodisalar ham ilg’or va progressiv bo’ladi. Ma’lumki, o’zbek rassomlari mamlakatimizning keng mehnatkash xalq ommasidan etishib chiqqanki, ular ana shu mehnatkash xalqning orzu-umidi, his-tuyg’usi, milliy qadriyatlarini va manfaatlarini himoya qiladi va ularni ifoda etadilar.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling