Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi. Reja
Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan bog‘liqligi
Download 26.04 Kb.
|
Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan bog‘liqligi
Akmeologiyaning zamonaviy jamiyatshunoslik fanlari – amaliy, ijtimoiy fanlar kabi fundamental, falsafiy fanlar bilan aloqlari nimada namoyon bo‘ladi? Aloqalar, jumladan, falsafa bilan aloqasi ikkita asosiy yo‘nalish bo‘ylab amalga oshiriladi: dunyoqarashga oid va metodologik. Oxirgi holatda falsafa akmeologiyani, bir tomondan, inson haqidagi yondash fanlar bilimlarini o‘zlashtiruvchi va rivojlantiruvchi, boshqa tomondan esa uning kasbiy-ijodiy mahoratining shakllanishi haqidagi o‘ziga xos tasavvurlarni ajratib ko‘rsatuvchi va ishlab chiquvchi kompleks fan sifatida qurish vositasini belgilab beradi. Bu kabi vositalar sifatida metodologik prinsiplar namoyon bo‘ladi: falsafiy toifalar va ilmiy tushunchalar bilan ishlash, ob’ektlarni ajratib ko‘rsatish va tadqiqot predmeti va uslublarini ishlab chiqish, u haqidagi bilimlar еnomenologiyasi va sintezini tahlil qilish, ularning empirik verifikatsiyalarining konseptual andozalari va akmeologik usullarini qurish, olingan ma’lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirishga qaratilgan tajribalar o‘tkazish, ularning akmeologik tasvirlashni amalga oshirish va ularni kasbiy ta’lim va ijtimoiy boshqaruv sohasida ijtimoiy tajribaga joriy qilish texnologiyalarini yaratish. Shunday qilib, falsafa akmeologiyaning fundamental-tadbiqiy tabiatga ega bo‘lgan mustaqil ilmiy fan sifatida qurishning metodologik chegaralarini belgilab beradi. Bundan tashqari, o‘zining dunyoqarashga oid jihatiga ko‘ra olingan falsafa, akmeologik problematikani tahlil qilishda, mezonlar tizimini (ekzistensial, madaniyatshunoslikka oid, huquqiy, ma’naviy, estetik va h.k.), uning qurilishi va o‘rganilishini belgilab bergan holda hisobning qadriyatga oid nuqtasini ifodalaydi. Zamonaviy akmeologik tadqiqotlar, texnologiyalar va ishlanmalar ijtimoiy amaliyotda umuminsoniy qadriyatlar va milliy an’analar, insonparvarlik va madaniy oliy maqsadlar, sog‘lom fikr ijobiy prinsiplari va iqtisodiy samaradorlik, sivilizatsion huquqiy tafakkur va oqilona tashkillashtirish, ekologik maqsadga muvofiqlik va estetik uyg‘unlik, o‘z-o‘zini ijodiy takomillashtirish, muloqot samimiyati va o‘zini namoyon qilish erkinligi, turli tuman individual tajribani boshdan kechirish chuqurligi va odamlarning konstruktiv o‘zaro munosabatlari jarayonida va ularning yaratuvchanlikka oid kasbiy faoliyatida o‘zaro hamfikrlikka erishishni amalga oshirishga qaratilgan. Shunday qilib, falsafa akmeologiyaning ijtimoiy fan va bir vaqtning o‘zida zamonaviy insonni anglashga qaratilgan alohida bo‘lim sifatidagi akmeologik oliy maqsadlarini va praksiologik maqsadlarini dunyoqarashga oid ravishda belgilab beradi. Akmeologiya ushbu ijtimoiy-gumanitar tabiati va o‘zining aksiologik-gnoseologik maqomiga ko‘ra tarix va madaniyatshunoslik, sotsiologiya va iqtisodiyot, siyosatshunoslik va nizoshunoslik, pedagogika va ekologiya kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Akmeologiyaning ushbu fanlar bilan o‘zaro munosabatini sinovdan o‘tkazish tizimi sifatida insonni shaxs va uning o‘zini, dinamik ravishda o‘zgarib turuvchi ekologik-iqtisodiy muhitda kechuvchi va oilaviy va ishga oid hayotda o‘z atrofidagilar bilan, insonlar o‘rtasidagi muloqot va axborotga oid muloqot, mehnat faoliti va bo‘sh vaqt, fan va san’at sohasida o‘zaro munosabatlar amalga oshiriluvchi faoliyatning tanlangan sohasida kasbiy-ekzistensial namoyon qilishi sifatida insonga ijtimoiy ta’lim berishning ijtimoiy-madaniy maydoni xizmat qiladi. Aynan yaratuvchi, madaniy-tafakkur qilingan mehnat toifasi akmeologining faoliyat, kasbiy mahorat, tashkillashtirish va bosharuv kabi asosiy tushunchalarini ifodalashning turli ijtimoiy jihatlarini belgilab bergan holda ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro munosabatlarining asosi hisoblanadi. Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling