Mavzu: Pedagogik innovatsiya va uning o’ziga xosliklari. Reja
Download 35.51 Kb.
|
P va I 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Innovatsion jarayonning mohiyati va tuzilishi.
- Birinchi turi
- Ikkinchi turi
Mavzu: Pedagogik innovatsiya va uning o’ziga xosliklari. Reja: Innovatsion jarayonning mohiyati va tuzilishi. Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillari. Yangiliklar kiritishning umumiy texnologiyasi. 1.Innovatsion jarayonning mohiyati va tuzilishi. 1. Innovatikaning tayanch tushunchasi – bu innovatsion jarayondir. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy – ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik –pedagogik va tashkiliy–boshqaruvga doir jihat bilan bog’liqlikda ko’rib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil bo’ladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy o’zgarishlar jarayonini boshqarish funktsiyasi. SHuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi o’zgarishlarni boshqarish jarayoni. Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari o’z ichiga ko’plab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat sub’ektlarini qamrab oladi. Innovatsiyalarning yuzaga kelishi sabablariga munosabatiga ko’ra innovatsion jarayonlar ikki turga bo’linadi: Birinchi turi – innovatsion jarayonni amalga oshirishning shart-sharoitlari, vosita va yo’llarini innovatsiya ishtirokchilarini to’liq anglab yetmagan holatida ma’lum darajada stixiyali tarzda yuzaga keladi. Bunday holatda innovatsiyalar yetarlicha ilmiy asoslanmaydi va vaziyat bilan bog’liq shart-sharoitlar yoki tasodifiy talablar ta’siri ostida empirik asosda yuzaga keladi. Ikkinchi turi – ta’lim tizimidagi innovatsiyalar fanlararo xarakterga ega ilmiy asoslangan, maqsadga yo’naltirilgan faoliyat mahsuli sifatida aks etadi. Bunday innovatsiyalarni yaratuvchilari qoidaga muvofiq, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi turli mutaxassislar – olimlar, ekspertlar, ta’lim muassasasi rahbarlari hisoblanadi. Innovatsiyalarni o’zlashtirish ko’lami nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan innovatsion jarayonlarning barcha xilma-xilligi quyidagi ikki shaklda yuzaga chiqadi: Download 35.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling