1-ilova
«Aqliy hujum»
Aqliy hujum (brеynstorming – miya bqroni) – amaliy yoki ilmiy
muammolarni hal etish fikrlarni jamoali gеnеratsiya qilish usuli.
Aqliy hujum vaqtida ishtirokchilar murakkab muammoni birgalikda hal
etishga intilishadi: ularni hal etish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradi (gеnеratsiya
qiladi) va bu fikrlar tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofiqi, samaralisi,
maqbuli va shu kabi fikrlar tanlab olinib, muhokama qilinadi va rivojlantiriladi,
ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o’quv-o’rganish faoliyatini
faollashtirish, muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni
rivojlantirish, muloqat madaniyati, kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish,
fikrlash inеrsiyasidan qutilish va ijodiy masalani hal etishda fikrlashning oddiy
borishini yеngish.
Do'stlaringiz bilan baham: |