Mavzu: pedagogik kasbiy faoliyat, uning ob’ektlari. Reja: Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik ob’ektining o‘ziga xosligi


Download 284.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana05.01.2022
Hajmi284.23 Kb.
#221431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
pedagogik kasbiy faoliyat uning obektlari

Biologik  ehtiyojlar  -  bu  -  fiziologik  (tashnalik,  ochlik,  uyku), 

jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 

2.  

Ijtimoiy  ehtiyojlar  -  bu  -  mehnat  qilish,  bilish,  estetik  va 

axloqiy-ma‟naviy ehtiyojlar. 

  Ehtiyojlarni  biologik  hamda  ijtimoiy  turlarga  bo„lganimiz  bilan 

shu  narsani  unutmasligimiz  lozimki,  shaxsdagi  har  qanday  ehtiyojlar 

ham  ijtimoiylashgan  bo„ladi,  ya‟ni,  ular  o„sha  jamiyat  va  muhitdagi 

qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga 




bog„liq bo„ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning 

emishga - ovqatga bo„lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga 

qarab  turlicha  harakatlarni  keltirib  chiqaradi.  YAna  misol  uchun,  tuy 

marosimlari  yoki  juda  to„kin  dasturxon  atrofida  o„tirgan  odam  nima 

uchun shunchalik ko„p ovqat iste‟mol qilib yuborganini bilmay qoladi. 

Agar  bu  tabiat  qo„yni  yoki  paxta  dalasidagi  hashar  bo„lsa-chi,  bir 

burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo„lib, 

ochlikni  bilintirmaydi.  Kamtarona  dasturxondan  ovqat  eb  o„rgangan 

kishi oz-oz eyishga o„rgansa, yoshligidan normadan ortiq eb o„rgangan 

odam  vrach  oldiga  borib,  o„zi  uchun  ozdiruvchi  dori-darmon  so„rasa 

so„raydiki,  lekin  uyda  o„zi  emishini  nazorat  qilishi  kerakligini 

bilmaydi.  Demak,  bu  ham  madaniyatga,  etikaga,  oila  muhitiga 

bevosita bog„liq narsa ekan. 

  Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning 

ikki  tomoni  yoki  elementi  ajratiladi:  harakat  dasturi  va  maqsad. 

Harakat  dasturi  maqsadga  erishishing  vositalariga  aniqlik  kiritadi. 

SHuning  uchun  ham  dasturda  nazarda  tutilgan  vositalar  maqsadga 

erishishni  oqlashi  kerak,  aks  xolda  dastur  hech  narsa  bermaydi. 

Masalan,  ba‟zi  ota-onalar  farzandlarini  yaxshi  tarbiyalash  va  undan 

ideallaridagi shaxs etishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og„ir 

tarbiyaviy  shartlarni  qo„yadilar,  bola  erkinligi  bo„g„iladi,  u  qat‟iy 

nazorat  muhitida  ushlanadi.  Oqibatda  bola  keyinchalik  boshqarib 

bo„lmaydigan,  qaysar,  uncha-muncha  tashqi  ta‟sirga  berilmaydigan 

bo„lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo„lib 

qoladi.  SHuning  uchun  ham  motiv  har  doim  anglangan,  ehtiyojlar 

muvofiqlashtirilgan,  maqsadlar  va  unga  etish  vositalari  aniq  bo„lishi 

kerak. SHundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo„ladi. 




Download 284.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling