Loyihalash malakasi – bu ilmiy izlanishni yoki o„quv-tarbiya jara-
yonini modellashtirishning intellektual malakalaridir. o„qituvchining
loyihalash malakasi Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan.
Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o„quv-
tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida
ko„rinadi. Bu o„qituvchi, o„quvchi va boshqa ota-onalarning o„zaro
aloqador faoliyatidir.
Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o„zini chuqur va
har tomonlama bilish malakasida ko„rinadi. O„qituvchi o„z tadqiqot-
lari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va nati-jalarini
tahlil qiladi.
Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat kasbdoshlari va o„quvchi-
lar bilan maqbul o„zaro muloqot aloqalarni belgilash malakasini
ko„zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: